58
afsah‖ (Men fasih so`zliman) bayrog`ining sohibi, ―Ana amlah‖ (men yumshoq
tilliman) ridosining egasi ―Alayhi minas salovot afzaluha va minat tahiyyoti
akmaluha (Unga salovot va salomlarning afzali va komili bo`lsin) she`rni yaxshi
ko`rardi. ―Kashshof‖da nazm mezonining voze‘i, va‘z aytuvchisi,
asoschisi va
she`r me‘yorining rofe‘i – ko`taruvchisi Xalil bin Ahmaddan aniq va haqiqatga
yaqin rivoyat keltiriladiki, Onhazrat s.a.v mavzun va manzum (she`riy va tartibli)
so`zlarni juda yoqtirardilar. Ularning tillaridan ko`pgina vaznli, me‘yorli, tartibli
so`zlar chiqardi. Sahobai kiromlardan (rizvonullohi taolo alayhim ajma‘iyn) biri
shunday naql qiladi: bir kuni yo`lda avvalu oxirgilarning peshvosi (s.a.v)ning
yonida o`tirib qoldim. Shunda ular avval o`tgan (qadim) shoirlardan birini nomini
aytib, marhamat qildilar: - Uning she`ridan biror bayt yod bilasanmi? Bir bayt
o`qidim. Keyin yana o`qi, dedilar. Yana o`qidim. Yana o`qi dedilar. Yana o`qidim,
shu zaylda 100 bayt o`qidim...‖
Alisher
Navoiy tomonidan, ―tab‘i ham xub ermish va nazm aytur ermish‖
deb ta‘riflangan Pahlavon Mahmud ruboiylaridan birining tarjimasi shunday
yangraydi:
Berdim qalamimga so`z, tilim lol etdim.
Orifmanu, qalbimda ajib hol etdim.
So`z davlati sultonlari taslim bo`ldi,
Bu mulkni tafakkur ila ishg`ol etdim.
(Matnazar Abdulhakim tarjimasi)
Har bir davrning yetakchi shoirlari, aniqrog`i davr adabiy muhitining
zalvorli darg`alari bo`ladi. XX asr ikkinchi yarmi
va XXI asr boshining ana
shunday peshqadam shoirlardan biri Erkin Vohidov edi. Shoir she`r haqida
shunday yozadi:
She`r aziz olam aro,
Menga tiriklik, jon qadar,
Jon nedir oshiq uchun,
Jondin aziz jonon qadar.
She`rdin ayru tonglarim
Yaldo tuniday zim-ziyo,
She`r bilan tunlar charog`on
Xurshidi tobon qadar.
She`r o`zi jonon emasmu,
Yondirar hijronida,
Gohi boqsa bir qiyo,
Boshim bo`lur osmon qadar.
Kimki oshiqdur
jahonda
She`rga bo`lgay mubtalo,
Ishq uchun tengdur gadodan
To buyuk sulton qadar.
Shoh Bobur Hindu sori
Yurdi-yu, shoir va lek
Yig`ladi Farg`onadin to –
59
Mulki Hindiston qadar.
She`r zulolidan simirdim
Bir piyola to`ldirib,
Voh ko`rindi menga har bir
Qatrasi ummon qadar.
Nuqta qo`y nazmingga, Erkin,
Muxtasarlik so`zga zeb,
Yo`qsa, tong otguncha she`ring
Bo`lg`usi doston qadar. (1968 yil)
Darhaqiqat, olam ahli orasida she`r yuksak maqomda. Oliy martabali
shaxslarning ish stolida ham qaysidir shoirning she`rlari bo`lishi
tarixdan ham
zamonamiz qahramonlaridan ham ma‘lum. O`z davrining mashhur siyosatdonlari
ham bo`sh qolgan paytlarida qaysidir shoir ijodiga murojaat etishadi. Xulosada
she`riyat haqida xorijlik adiblarning fikrini keltirsak:
―She`r shunday bir musiqiylik va u har bir kishining zamirida yashaydi.
Shekspir (1564-1616)‖.
―She`r bir naqqoshdirki, o`ziga xos tili bor, shunday bir tildirki, o`ziga xos
naqshi bordir. Mormuntel (1723-1799)‖.
―She`r ta‘rifi va uning tavsifini keltirish shunday mushkil ishki, hozirgacha
bo`lgan deyarli barcha ta‘rif egalari uni hal etishni oxiriga etkazolmaganlar‖. Gegel
(1770 - 1831)
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Vohidov E. Sadoqatnoma., - T.: G‘afur G‘ulom nashriyoti, 1986.
2.Sharafiddinov X. O‗zbek folklori savollar va javoblarda. O‗quv qo‗llanma.
Farg‗ona davlat universiteti. 2003.
Dostları ilə paylaş: