Zbekiston respublikasi oliy va o


Minding ilm narvoniga, chiqding funun osmoniga



Yüklə 4,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/259
tarix05.06.2022
ölçüsü4,25 Mb.
#88919
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   259
id313213

Minding ilm narvoniga, chiqding funun osmoniga, 
Bu jahon ayvoniga arkon o„zing, vayron o„zing
‖ tarzida aks ettiradi. Shoir ilmu 
fan taraqqiyoti tufayli inson jahon ayvoniga «arkon» darajasiga ko‗tarilgani, ayni 
paytda, shu «ustun»ni qulatib «vayron» etadigan ham insonning o‗zi ekanini 
ifodalaydi. So‗ng bu fikr rivojlantirilib yuzaga kelishi mumkin bo‗lgan ayanchli 
holat she`rxon ko‗z o‗ngiga keltiriladi: 
Zarrani ijod etib, dahshat balo bunyod etib,
Oqibatni yod etib, vayron o‗zing, hayron o‗zing. 
«Zarra» bu – atom. Odam uni yaratib, vayron keltiruvchi qudratini sinab 
ko‗rgachgina o‗z qilmishiga «hayronu», o‗z buzg‗unchiligidan ko‗ngli «vayron» 
ekani shoir tomonidan go‗zal ifoda etilgan. G‗azalchi insonning buyuk 
kashfiyotlari nuqul dahshatu balolar keltiradi deb hisoblamaydi, ularni ezgulikka 
xizmat qildirish ham odamning qo‗lida ekanini tasvirlaydi: ―
Bog„i arz obod erur, 
sendin agar imdod erur, Yo„qsa u barbod erur, to„fon o„zing, to„g„on o„zing
‖. 
Agar inson o‗zining yaratuvchilik, ezgulik singari ulug‗ vazifalarini unutmasa
umri mazmun kasb etadi, hayot yashashga arziydigan bo‗ladi. Olamni barbod 
qiladigan to‗fon ham, uni balolardan saqlab qoladigan to‗g‗on ham odamning o‗zi. 
Shuning uchun dunyoni bo‗ston qilishga, jannatga aylantirishga urinmoq kerak: 
Kelding olamga demak, etmas uni so‗rmak, yemak, 
Erni etmog‗ing kerak, bo‗ston o‗zing, rizvon o‗zing. 
Shoir borgan sari tafakkuri kuchayib, aqlu zakovati oshayotgan inson zimmasida 
behad ulkan yuk mavjudligini, bu yuk – olamning taqdiriga javobgarlik ekanini 
g‗azal zamiriga singdiradi. Shuning uchun ham bugun odam kelajagi barbod 
bo‗lmaydigan yo‗lni tutishi, o‗zini doimo «
inson etishi
» kerakligi she`rda 
ta`sirchan ifodasini topgan: ―
Bo„lmasin subhing qaro, bor bo„l mudom borliq aro, 

Yüklə 4,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   259




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə