8.2. “Semantik differensial metodikasi bilan ishlash” mavzusidagi amaliy mashg‘ulotning texnologik xaritasi
Ish
bosqichlari va vaqti
| Faoliyat mazmuni |
Ta’lim beruvchi
|
Ta’lim oluvchilar
|
Tayyorlov bosqichi
|
Mavzuni aniqlaydi, ta’limiy maqsadni belgilaydi va kutilayotgan natijalarni shakllantiradi.
Belgilangan ta’limiy maqsadlarga mos o‘quv bilish topshirqlarini ishlab chiqadi.
Samarali ichki guruhlar ishini ta’minlovchi guruhlar uchun- yozma yo‘riqnomalarni tayyorlaydi.
Ekspert guruhlar ish natijalarini baholash mezonlarini ishlab chiqadi.
|
|
1. O‘quv mashg‘ulotiga kirish bosqichi
(10 daq)
|
1.1. Mashg‘ulot mavzusi, uning maqsadi va kutilayotgan natijalar bilan tanishtiradi, ularning axamiyatliligi va dolzarlabligini asoslaydi.
1.2. Mavzu bo‘yicha asosiy tushunchalarga ta’rif berishni taklif qiladi va shu asosda tezkor-so‘rov o‘tkazib talabalar bilimlarini faollashtiradi .
1.3. Ish guruhlarda o‘quv topshiriqlarini bajarish orqali amalga oshirilishini e’lon qiladi .
|
Savollarga javob beradilar.
|
2. Asosiy bosqich
(55 daqiqa)
|
2.1. Talabalarni 5-ta kichik guruhga bo‘ladi va guruhlarda hamkorlik asosida ishlash usuli qoidalari bilan tanishtiradi .
2.2.. Har bir guruh alohida metodikalar bilan ishlab so‘ngra bir-birlarining natijalariga ham e’tibor qaratadilar.
2.3. Mavzular asosida berilgan ma’lumotlarni umumlashtiradi va xulosalaydi. Faol ishtirokchi talabalarni rag‘batlantiradi va umumiy baholaydi.
|
Kichik guruhlarga bo‘linadilar.
Topshiriqlar bo‘yicha ishlaydilar.
Tinglaydilar.
|
3–YAkuniy bosqich
(20 daqiqa)
|
3.1.O‘quv faoliyati yuzasidan xulosa bildiradi.
3.2. Mavzular maqsadiga erishishdagi talabalar faoliyatini tahlil qiladi va o‘zlashtira olmagan joylarini qayta o‘qib chiqishni tavsiya etadi.
|
Tinglaydilar.
|
Semantik differensial metodikasi bilan ishlash.
(2 soat)
Ushbu metod individumning ob’ektlarga emotsional munosabatini miqdor va sifat jihatdan aniqlashga mo‘ljallangan. Metodika 1957 yili
CH.Ozgud tomonidan ishlab chiqarilgan. Semantik differensial metodikasining mohiyati quyidagilardan iborat. Sinaluvchi ob’ekt berilagn maydonda kerakli nuqta orqali biror bir so‘zni timsollar orqali baholaydi. Semantik differensial metodikasining baholash mezoni semantik maydrndagi joylashuvga bog‘liq. Nuqtaning joylashuvi ikki ko‘rsatgichga asoslanadi. Kooridinataning bosh nuqtadan yo‘nalishi – shkalaning neytral pozitsiyasi; koordinataning boshidan o‘zoqlashish. Belgilangan nuqta neytral ppozitsiyadan qanchalik o‘zoq bo‘lsa ushbu tushuncha sinaluvchi uchun shunchalik ahamiyatli ekanligini ko‘rsatadi. Semantik differensial metodikasi natijasida olingan sonli ma’lumotlar sinaluvchilar tomonidan kao‘rsatilgan nuqtalar orqali hosil qilingan chiziqlarda aks etadi.
Semantik profil fragmenti:
+3 +2 +1 0 -1 -2 -3
YAxshi YOmon
Kirishimli Odamovi
Tetik Xolsiz
Rostgo‘y YOlg‘onchi
Faol Sust
9.1.Ta’lim berish texnologiyasining modeli
Mashg‘ulot vaqti-2 soat
|
Talabalar soni: 20 -25 ta
|
Mashg‘ulot shakli
|
Amaliy mashg‘ulot
|
Amaliy mashg‘ulot rejasi
|
1. Kasbiy motivlarni o‘rganish metodikasi haqida tushuncha.
2 Kasbiy motivlar metodikasini o‘tkazish tartibi.
3.Metodika natijalarini taxlil qilish.
|
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Semantik differensial metodikasining o‘tkazish usullarini o‘rgatish.
|
Pedagogik vazifalar:
1. Kasbiy motivlar metodikasi testi haqida tushuncha berish.
2. Kasbiy motivlarni o‘rganish metodikasini o‘tkazish tartibi bilan tanishtirish.
3. Metodika natijalarini taxlil qilish.
|
O‘quv faoliyati natijalari:
1. Kasbiy motivlarni o‘rganish metodikasi haqida tushuncha beradilar.
2. Kasbiy motivlarni o‘rganish metodikasini o‘tkazish tartibi bilan tanishadilar.
3.Metodika natijalarini taxlil qiladilar.
|
Ta’lim berish usullari
|
Munozara, suhbat,tezkor-so‘rov
|
Ta’lim berish shakllari
|
Ommaviy, guruhlarda ishlash:
|
Ta’lim berish vositalari
|
O‘quv qo‘llanma, proektor, flipchart, markerlar.
|
Ta’lim berish sharoiti
|
Texnik ta’minlangan, guruhlarda ishlash uchun mo‘ljallangan auditoriya
|
Monitoring va baholash
|
Og‘zaki nazorat: savol-javob
|
Dostları ilə paylaş: |