Зиёдулла Давронов


bilishning boshlanishi sezgidir



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/104
tarix26.06.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#90114
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   104
Çè¸äóëëà Äàâðîíîâ

bilishning boshlanishi sezgidir.
Chunki u inson ongini tashqi olam bilan
bog‘lab turuvchi yagona vositadir. Insonlar sezgi orqali ob’yektiv olamdan
birinchi taassurotni oladilar. Tashqi olam sezgilar orqali insonning o‘ziga
ham ta’sir etadi. Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, sezgilarning o‘zi ham olam
to‘g‘risidagi bilimimizning boshlanishidir. Shunday ekan, bilish jarayonida
sezgilar ham beqiyos ahamiyatga egadir. Sezgilar orqali inson tashqi
olamdagi narsa va hodisalar haqidagi xususiyat va belgilarni, mazmun va
mohiyatni, tafovutlarni biladilar.
Binobarin, ko‘z bilan narsalarning, hodisalarning rangi, shakli, katta-
kichikligi ko‘riladi. Teri sezgisi orqali narsalarning egiluvchanligi, qattiq-
yumshoqligi, tekisligi yoki g‘adir-budirligi haqida ma’lumot olinadi. Eshitish
vositasi orqali tovushlarning xilma-xilligini, hid sezish orqali narsalardagi
ba’zi holatlar bilinadi. Ko‘rdikki, har bir sezgi organining ham alohida
xususiyati bor. Bu xususiyatlar idrok qilish uchun xizmat qiladi. Idrok
sezishning murakkabroq shaklidir. Idrokda siymolar bir-biri bilan bog‘lanib
yagona siymo qiyofasiga kiradi. Sezgida alohidalik, idrokda esa mujassamlik
taqozo etiladi. Xulosa qilganda, sezgi, idrok, tasavvurlar bilishning birinchi
bosqichini tashkil etadi. Bu o‘rinda faylasuf Omonulla Fayzullayevning
diniy ilm va bilimlar haqidagi fikrlari diqqatga sazovordir. Jumladan: “Ilm-
bilimdan chuqur va yuqori. Tasavvuf ilmiy bilimni oddiy bilimdan ajratadi.
Har bir narsa haqidagi egallangan axborot bilim bo‘lishi mumkin, lekin
Xudo haqidagi bilim ilmdir, ya’ni keng ko‘lamda chuqur mulohazalar
yuritish natijasida vujudga kelgan bilimdir. Ollohni chuqur tushunish, ya’ni
avvalgi vaqtdagiga qaraganda ko‘proq, yaqinroq bilish mumkin, lekin uni
mutlaq, to‘la-to‘kis, butkul bilib bo‘lmaydi. Hozirgi zamon tili bilan
aytganda bilish asimptotik ravishda rivojlanib boradi. Nega? Chunki, avvalo,
odam, biluvchi mutlaq yetuk darajaga ko‘tarilmaydi. Darhaqiqat, aql esa
doirasi chegaralangan bilimda ongning ham ayrim jihatlari namoyon
bo‘lganini bildiradi?!


88
Shu ma’noda tasavvuf quyidagi xulosa – o‘xshatishga keladi: bilim – bu
bir gilam, to‘la to‘qilgan gilam. Lekin, u gilam payg‘ambar zamonidan keyin
shunday taxlanganki, biz faqat uning xoshiyalaridagi ko‘rinib turadigan
bilimlarni egallayapmiz, xolos.
Tasavvufcha, “Bilim - Olloh tomonidan qalblarga in’om qilingan
jumlalardir. Bilim – shu jumlalarni bir-biridan ajratish qobiliyati. To‘g‘ri
yo‘l – buni qalb bilan sezish qobiliyati”. Bilim – bilishning natijasi ekan, u
mantiqqa bo‘ysunadigan jumla yoki jumlalar tizimidir. Bilimni nobilim
axborotdan ajratish, ya’ni adekvatlikni noadekvatlikdan ajratish jarayoni
bilish vazifasiga kiradi. Shuning uchun ta’kidlanadi: bilimning til bilimi
qismi bor. Shu bilan birga “til bilimi” dan, “qalb bilimi” ajratiladi. Qalb
bilimi, avvalo, qalbning o‘zini bilishdan boshlanadi. Qalbni bilish asosida
“voris bilimi” yotadi.
“Voris bilimi” dunyo haqidagi tushunchalardir. Shunday qilib dinni
tushunish – dastlabki qadam, shundan boshlanadi “to‘g‘ri yo‘l”.
Bilim haqida gapirilar ekan, sufiy oddiy odamdan farq qiladi. Har bir
odam bilimdon bo‘lishi shart emas. Oddiy sufiy bo‘lishi uchun maxsus
tayyorgarlikka ega bo‘lmog‘i shart. Sufiylar qo‘yilgan maqsadni – odamni
mukammal o‘rganish uchun Ollohga ishonish lozimligini tushinganidan
keyin bilishga o‘tadilar, bilganlaridan keyin xatti-harakat qiladilar, undan
keyin bilishni egallaydilar, bilishni egallaganlaridan keyin to‘g‘ri yo‘lga
chiqib oladilar. Undan keyin jamiyatda faol qatnashadilar.
Ana shundan keyin, odam o‘z-o‘zini bila boshlaydi. Demak, odam
o‘zini bilishi uchun Ollohni bilishi kerak, Ollohni bilishi uchun o‘zini bilishi
kerak. Bu jarayon cheksiz davom etadi.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə