110
Olloh nomi bilan bog‘langan. To‘g‘ri, payg‘ambarlar
Ollohdan kelgan
vahiylar orqali bashorat qilsalarda, ular ham bashoratlarni voqelik bilan
bog‘laganlar. Masalan, Imom Ismoil Buxoriyning hadisi
shariflarida shunday
voqea haqida fikr yuritiladi: «Anas Ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat
qiladilar: «Makka ahli Rasulullohu alayhi va sallamdan (payg‘ambar
ekanliklarining isboti uchun) mo‘’jiza ko‘rsatmoqliklarini talab qildi. Shunda
ul zot oyni ikkiga bo‘lib ko‘rsatdilar, hatto odamlar Hiro‘ tog‘ini oyning ikki
bo‘lagi orasida ko‘rishdi (ya’ni, bir bo‘lagi tog‘ning
u tomonida va ikkinchi
bo‘lagi tog‘ning bu tomonida turdi) ». Ko‘rib turibmizki, bu diniy bashorat
talab asosida zaruriyatdan
kelib chiqqan holda, amalga oshirilgan. Qiyomat
kunlari haqidagi fikrlar ham diniy bashoratdir.
Dostları ilə paylaş: