Зиёдулла Давронов



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/104
tarix26.06.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#90114
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   104
Çè¸äóëëà Äàâðîíîâ

Bashoratning turlari
: 1. Oddiy, 2. Induktiv, 3. Diniy, 4. Ilmiy
bashoratlardir.
Oddiy bashorat bu kundalik hayotda uchrab turadigan, turmush
tarzidan kelib chiqadigan bashoratdir
. Oddiy bashoratlarda tafakkur
orqali isbot talab qilmaydigan oddiy jarayonlar haqida fikr yuritiladi.
Masalan, bahorning kelishi, kelajakda meva-chevalarning mo‘l bo‘lishidan
dalolatdir. Demak, inson o‘z tafakkuri orqali kelajakni o‘z zamoni bilan
bog‘lab xulosa qiladi. Bu xulosa to‘g‘ri chiqadi. Bashorat turlari ehtiyojga
bog‘liq.
Induktiv bashorat ko‘proq faraz qilish bilan bog‘liqdir.
Ammo
faraz ham insonning aql-zakovati, idrok qilishi bilan bog‘liq. Aql esa, inson
ruhining yuksak darajada takomillashuvi va uning namoyon bo‘lishidir. Aql
inson miyasining mahsuli. Ana shu aql barchada bo‘lsa-da, ammo bir-
biridan farq qiladi. Ba’zilar aqllarini amaliyotda charxlasalar, boshqalar fan
orqali rivojlantiradilar. Ayrimlar turmush tarzidan foydalanadilar.
Aql ham
o‘ektiv olam to‘g‘risidagi bilimdir.
Demak, intuitsiyada aql va farosat
yetakchi o‘ringa ega.
Diniy bashorat esa insonlar va butun olam faoliyatiga bag‘ishlangan. U
kelajakni aytib berishga qaratilgandir. Diniy bashorat payg‘ambarlar va
1
О. Fayzullayev.Falsafa va fanlar metodologiyasi. Т., 2006 y. 50-bet.


110
Olloh nomi bilan bog‘langan. To‘g‘ri, payg‘ambarlar Ollohdan kelgan
vahiylar orqali bashorat qilsalarda, ular ham bashoratlarni voqelik bilan
bog‘laganlar. Masalan, Imom Ismoil Buxoriyning hadisi shariflarida shunday
voqea haqida fikr yuritiladi: «Anas Ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat
qiladilar: «Makka ahli Rasulullohu alayhi va sallamdan (payg‘ambar
ekanliklarining isboti uchun) mo‘’jiza ko‘rsatmoqliklarini talab qildi. Shunda
ul zot oyni ikkiga bo‘lib ko‘rsatdilar, hatto odamlar Hiro‘ tog‘ini oyning ikki
bo‘lagi orasida ko‘rishdi (ya’ni, bir bo‘lagi tog‘ning u tomonida va ikkinchi
bo‘lagi tog‘ning bu tomonida turdi) ». Ko‘rib turibmizki, bu diniy bashorat
talab asosida zaruriyatdan kelib chiqqan holda, amalga oshirilgan. Qiyomat
kunlari haqidagi fikrlar ham diniy bashoratdir.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə