Зиёдулла Давронов


sifatida Fanda bashorat tushunchasi. Bashorat va hozirgi zamon



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/104
tarix26.06.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#90114
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   104
Çè¸äóëëà Äàâðîíîâ

sifatida
Fanda bashorat tushunchasi. Bashorat va hozirgi zamon
iqtisodiyoti
Bashorat – u yoki bu voqealarni oldindan aytish, mavjud bo‘lgan,
lekin hali tajribada qayd etilmagan voqealar yoki hodisalar haqidagi
bilimdir.
Bashorat ham inson faoliyati bilan bog‘langan. Masalan, 1503
yilda tug‘ilgan Mikayel Nostradamusning bashorati 2240 yilni qamrab olgan
bo‘lib, 1557 yildan 3797 yilgacha davom etadi.
Nostradamus
ning bashorat
kitobi «Sentruya» deb atalgan. Yuz misradan iborat bu kitob she’riy uslubda
yozilgan. Uning bashorati butun Yevropani va hayotning barcha sohalarini
qamrab olgan.
Nostradamus
bashoratining bir qismi hayotligida hamda
keyingi yillarda amalga oshgan.
Masalan, 1582 yilda Grigoriy taqvimi joriy qilinganligi, 1597 yilda
chaqmoqtoshdan miltiqning kashf etilishi, 1609 yilda Galiley ta’limotining
paydo bo‘lishi, 1536 yilda Kanadaning kashf etilishi, 1546 yilda
Portugallarning Yaponiyaga yetib borishi, 1618 yilda termometrning ixtiro
qilinishi, 1642 yilda Avstraliyaning kashf etilishi, 1769 yilda Angliyada bug‘
mashinasining kashf etilishi, 1812 yilda Napoleonning Rossiyaga hujumi,
1841 yilda telegrafning ixtiro qilinishi, 1876 yilda telefonning vujudga
kelishi, 1895 yilda rentgen qurilmasining yaratilishi kabilar. Bulardan
tashqari, Nostradamus ko‘plab boshqa voqealarni, halokatlar, kasalliklar,
zilzila, ochliklar bo‘lishini bashorat qilgan. Ta’kidlash lozimki, Nostradamus
o‘z vaqtida Bibliya va ko‘plab donishmandlarning asarlarini chuqur
o‘rgangan. Uning bashorati shularning natijasi bo‘lsa kerak. Demak,
bashorat ham insonning bilimiga bog‘liqdir. Nostradamus yulduzlar
faoliyatini ham chuqur tahlil qilgan. Bu ilmiy bashoratdir. Chunki oldindan
aytib berishni ob’yektiv qonunlari bashoratchining nazaridan chetda
qolmagan. Oldindan aytib berish u yoki bu shaxsning iste’dodiga ham
bog‘liq.


103
Fan taraqqiyoti qanchalik ilgarilasa, oldindan aytish jarayoni shunchalik
tezlashadi. Bashorat qilish deganda yana shunday jarayonlar tushuniladiki,
biron-bir hodisaning rivojlanish istiqbollari maxsus ilmiy ravishda o‘rganilib
xulosalar chiqariladi. Bashorat qilishga misol qilib oyning va quyoshning
tutilishi, kunlik, oylik, yillik ob-havo o‘zgarishlarini, jamoada bo‘ladigan
ba’zi hodisalarni olish mumkin.
Hozirgi zamonda iqtisodiy sohalarni bashorat qilishga jiddiy e’tibor
qaratilmoqda. Iqtisodiy bashoratda turli usullardan foydalaniladi. Iqtisodiy
rivojlanishni o‘rganishda bilishning maxsus uslublari zarur bo‘ladi.
Usullardan ekstropolyatsiya, tarixiy analogiya, tarixiylik-mantiqiylik,
modellashtirish, induksiya va deduksiya kabilar iqtisodiy rivojlanishni
belgilashda foydalaniladigan usullardir. Iqtisodiy nazariyalarni ishlab
chiqishda futurologiya, ekologiya va boshqa fan usullaridan ham
foydalaniladi. Iqtisodchi olimlardan J. Gelbreyt uzoq muddatli iqtisodiy
bashorat asosida yangi industrial jamiyat nazariyasini ishlab chiqqan bo‘lsa,
D. Bell shunday yondashish natijasida postindustrial jamiyat nazariyasini, R.
Aron esa, yagona industrial jamiyat nazariyasini, U. Rostou esa o‘sish
bosqichlari nazariyalarini yaratdilar.
Bashorat qilish uchun voqelikni mukammal bilish talab etiladi.
Bashoratni paydo qiluvchi qonuniyatlar mavjud bo‘lib, bu qonuniyatlarning
o‘rni to‘g‘ri belgilanganda bashorat natijali bo‘ladi. Ma’lumki, hozirgi inson
o‘ta ziddiyatlarga boy davrni boshidan o‘tkazmoqda. Shunga qaramasdan,
XXI asr jamiyatlarida iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotni aniq va ravshan
bashorat qilish talab etiladi. Bu joyda iqtisodiyot universitetida tayyorlangan
«Ilmiy ijod metodologiyasi» qo‘llanmasidan quyidagi mulohazalarni olish
kifoyadir: “Ilmiy ijod va prognoz qilish metodologiyasidan iqtisod,
demografiya, sotsiologiyada bozor iqtisodining rivojlanish tendensiyalarini
hamda hozirgi kun jarayonlari va bo‘lajak jarayonlarni iqtisodiy
o‘rganishning muayyan metodlariga tatbiqan foydalaniladi. Masalan, D.
Medouz iqtisodiy prognoz qilish yordamida insoniyatning global
muammolarini analizdan o‘tkazdi, xuddi shunday tadqiqotlarni J.Forrester
ham o‘tkazdi, amerikalik taniqli siyosat arbobi Z. Bjezinskiy ilmiy prognoz


104
qilish asosida demokratiya, siyosat institutlari, erkin bozor iqtisodi, hozirgi
zamon axborot, kompyuter texnologiyalariga asoslangan hozirgi zamon va
kelajak texnotron jamiyati nazariyasini yaratadi.
E. Tofflerning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning uchinchi to‘lqiniga
mansub yuksak darajada sanoatlashgan jamiyatni shakllantirish borasidagi
tadqiqotlari, F.Fukuyamaning «tarix yakuni» va taraqqiyotning tarixdan
keyingi bosqichiga butun insoniyatning o‘tishi konsepsiyasi asosiga qurilgan
prognozlari, S. Xantingtonning G‘arb (xristianlik) va Sharq (islom, buddizm,
lamaizm va boshqalar) qadriyatlari bir-biriga to‘la nomuvofiqligi negizida
kelajakda ikki sivilizatsiya – G‘arb va Sharqning muqarrar to‘qnashuvi sodir
bo‘lishi haqidagi prognozi katta ijodiy va prognostik qiziqish uyg‘otadi.
Rim klubining yaqin tarixiy istiqbolda butun insoniyatning global
rivojlanishi jarayonlarini prognoz qilish borasidagi faoliyatini alohida qayd
etib o‘tish kerak. Italiyalik iqtisodchi va tadbirkor A.Pechcheining tashabbusi
bilan 1968 yilda tashkil etilgan Rim klubi olimlar, iqtisodchilar,
biznesmenlar va siyosatchilarni birlashtirgan xalqaro nohukumat tashkilotdir.
Rim klubining faoliyati hozirgi davrning global muammolarini muttasil
kuzatib borish va prognoz qilish, ijtimoiy taraqqiyotning iqtisodiy, ijtimoiy-
siyosiy, ekologik, oziq-ovqat, xom ashyo, demografik va boshqa
komponentlarining rivojlanish yo‘llari va tendensiyalarini aniqlashga
yo‘naltirilgan. Rim klubi XX asrning oxiridayoq o‘z ilmiy prognozlari
asosida iqtisod, aholi va hokazolar o‘sishining «eng yuqori chegarasi» haqida
global xulosalar chiqardi va shu bilan bir vaqtda, bu iqtisodiy, ijtimoiy-
siyosiy va demografik muammoning yechimini topishga harakat qildi.
Iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotni ilmiy prognoz qilishning ulkan evristik
va prognostik ahamiyatini qayd etgan holda, ilmiy prognoz qilishning real
imkoniyatlaridan kelib chiqish kerakligini uqtirib o‘tmoqchimiz, zero, har
qanday, hatto juda aniq va ishonchli prognoz ham haqqoniy emas, balki
ehtimol tutilgan bilimdir. Ehtimol darajasi juda baland bo‘lgan taqdirda ham
prognoz amalda ruyobga chiqishi yoki qog‘ozda amalga oshirilmay qolib
ketishi mumkin.


105
Masalan, prognoz qilishning turlaridan biri – ekstrapolyatsiya qilishning
afzal jihatlari bilan bir qatorda quyidagi jiddiy kamchiliklarga ega: kelajak
sari harakatlanishga qarab ekstrapolyatsiyaning aniqlik darajasi pasayib
boradi. Binobarin, o‘tmish va kelajak o‘rtasida analogiya o‘tkazishning
prognostik qimmati juda kam, zero, kelajakning asosiy jihatlarini o‘tmishni
takrorlash bilan bog‘lash mumkin emas. Buni yaxshi tushungan Gegel
shunday deb yozgan edi: «Hukmdorlar, davlat arboblari va xalqlarga tarix
tajribasidan ibrat olishni maslahat beradilar. Ammo tajriba va tarix xalqlar va
hukumatlar tarixdan hech narsani o‘rganmaganliklarini ko‘rsatadi. Har bir
davrda shunday alohida shart-sharoitlar vujudga keladi, har bir davr shunday
individual holatga ega bo‘ladiki, bu davrda faqat mana shu holatdan kelib
chiqib qarorlar qabul qilish zarur va mumkindir».
Iqtisodiy ilmiy tadqiqot faoliyatida modellashtirish haqida ikki og‘iz
gapirib o‘tmoqchimiz. Prognostik model – bu prognoz ob’yektining iqtisodiy
modeli (yoki sxemasi) bo‘lib, uni o‘rganish ob’yektning kelajakdagi
(iqtisodiy) holatlari, shuningdek, bu holatlarga erishish yo‘llari haqida
axborot olish imkonini beradi.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə