Зиёдулла Давронов



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/104
tarix26.06.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#90114
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   104
Çè¸äóëëà Äàâðîíîâ

Bashoratning turlari.
Ilmiy ijod ko‘p qirralidir. Shu sababli ijod jarayoni bashoratni ham
qamrab oladi. Maqsad bashoratlardan unumli foydalanib, ularni hayotga
tatbiq etish insonlar turmush tarzini yuksaltirishga yordam beradi. Kelajakni
bashorat qilish bu - kelajakni oldindan tushunish, ko‘ra bilish, uning
tabiatini, xususiyatlarini aniqlash bilan chegaralanib qolmaydi. Bashoratning
xususiyatlaridan yana biri bu - bashoratning qanday qilib voqelikka o‘tish
jarayonini ham oldindan aytishdir. Buning uchun bashoratda
qo‘llanilayotgan matematik hisob-kitoblar aniq va ravshan bo‘lishi lozim.
Hisob – kitoblar vositasi bilan hali ma’lum bo‘lmagan narsa yoki hodisani
bashorat qilish fan tarixidan ma’lum. Bu haqda O. Fayzullayev
quyidagi dalillarni keltiradi: “Neptun planetasi ham mana shunday yo‘l bilan
kashf etilgan. Gap shundaki, 1846 yilgacha quyosh sistemasida faqat yettita
planeta bor, oxirgisi Uran deb hisoblanar edi. Astronomlar Uran harakatini
kuzatar ekanlar, bu osmoniy jism o‘z orbitasidan sal-pal chetga
chiqayotganini aniqladilar. Matematik Lever’e Uran harakati tenglamalarini
sinchiklab tekshirib, noma’lum bir osmoniy jism uning harakatiga ta’sir
ko‘rsatayotganini aniqladi va bu noma’lum planetaning o‘sha vaqtda
osmonda ishg‘ol etgan o‘rnini, koordinatalarini oldindan aytib berdi.
Astronom Galle osmonning Lever’e ko‘rsatgan tomonida yashirinib yotgan
Neptun planetasini o‘zi yasagan teleskop yordamida kashf etdi. Ana oldindan
ko‘rishning matematik usuli! Bu usuldan hozir keng foydalanilmoqda.
D.I.Mendeleyevning fikr yuritishi – ilmiy bashoratning ajoyib
namunasi bo‘la oladi. Mendeleyev kimyoviy davriy qonunni kashf etganida
(1869), hammasi bo‘lib 63 ta element ma’lum edi. Tabiatda boshqa
elementlar bormi? Bu savolga Mendeleyev «ha, bor» deb javob bergan.
Uning o‘zi uchta elementning jadvaldagi o‘rnini va xossalarini oldindan
aytib berdi. Bu elementlar keyinchalik topildi: galliy (1875), skandiy (1879),
germaniy (1886).
Mendeleyev jadvalida ko‘rsatilgan 92 elementdan to‘rttasining o‘rni
ko‘p vaqt bo‘sh yotdi. Ularning mavjudligi oldindan bilingan edi, lekin qani


109
ular? Ular tabiatda topilmagach, sun’iy usul bilan olishga to‘g‘ri keldi.
Chunonchi, 1937 yili ularning birini olishga muvaffaq bo‘lindi. Bu yangi
element texnika yo‘li bilan topilgani uchun, unga texnetsiy, degan nom
berildi. Shu usul bilan qolgan uchtasi ham topildi. Ular: astat, prometiy va
fransiy. Shunday qilib, 92 elementning hammasi fanga ma’lum bo‘ldi.
Ularning 29 tasi mo‘ljallash, tusmollash, bashorat asosida kashf etildi.
Kimyoviy elementlar yana bormi? Nazariy fizika 92 raqamdan keyingi
elementlarni oldindan ko‘rdi va bu savolga ijobiy javob berdi. Eksperimental
fizika buni tasdiqladi. Kashf etilgan sun’iy kimyoviy element davriy
sistemada 103 katakni to‘ldirib turibdi. 104-elementni G. N. Flyorov o‘z
laboratoriyasida 1964 yili kashf etdi. Olimlar 105-elementni ham topdilar.
">Ilm-fan yana boshqa kimyoviy elementlar borligini oldindan ko‘rayapti”
1
.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə