Зиёдулла Давронов


Dalil sub’yekt va ob’yektning faolligi



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/104
tarix26.06.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#90114
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   104
Çè¸äóëëà Äàâðîíîâ

Dalil sub’yekt va ob’yektning faolligi
 natijasi sifatida
Ilmiy ijod jarayoni sub’yekt(ega) va ob’yekt(narsa) faoliyatiga bog‘liq.
Sub’yekt va ob’yekt dalilning ikki qanotidir.
Sub’yekt va ob’yekt ham falsafiy kategoriyalardir
. Sub’yekt – bu
ob’yektiv olamdagi narsa va hodisalarning mohiyatini bilish va ularni
nisbatan o‘zgartirishga ta’sir etadigan faoliyat egasidir. Ob’yekt – bu
sub’yektning izlanish manbai bo‘lib, sub’yektga bilim beradigan
voqelikdir.
Sub’yekt deganda, ko‘proq shaxs, inson faoliyati tushuniladi. Shu
bilan birga ilmiy izlanishda ishtirok etadigan zamonaviy texnik vositalarni
ham, insonning o‘zini ham sub’yekt qatoriga kiritish mumkin. Asosiy


122
sub’yekt boshqa jonli mavjudotdan o‘zining amaliy faoliyati bilan farq
qiladi.
U voqelikni bilibgina qolmaydi, balki uni nisbatan o‘zgartiradi. Tabiat
va jamiyat bilan o‘zaro muloqotda bo‘ladi. Ushbu jarayonda sub’yekt faol,
ob’yekt esa passivdir. Xuddi shu faollik insonni sub’yektga aylantiradi va
sub’yekt tabiiy hamda sun’iy vositalar yordamida tabiat, jamiyat
hodisalariga, narsa hamda jarayonlarga, ya’ni o‘z faoliyatining ob’yektiga
ta’sirini o‘tkazadi. Bu esa ilmiy dalil to‘plashning muhim jihatlaridir.
Sub’yekt faoliyati haqida I. Kant, I. G. Fixte, G. Gegellar to‘xtalib, uning
faolligini ko‘p marotaba ta’kidlaganlar. Ob’yekt faoliyatini o‘zgartirish
sub’yektga bog‘liqligini isbotlashga harakat qilganlar. Ob’yektni tadqiq
qilish sub’yektning ongiga, tafakkuriga joizdir, deb tushuntirganlar. Ongning
faolligi ob’yektga nisbatan birlamchidir. Sub’yekt tadqiqot jarayonida
dalillar asosida ish yuritib ob’yektga nisbatan amaliy, hissiy, moddiy
jihatdan ta’sir ko‘rsatadi, uni o‘zgartiradi.
Har bir ob’yektda dalillar alohida-alohida bo‘lishi mumkin. Ob’yekt
o‘z faoliyatida jiddiy e’tibor berishni talab etadi. Bunda sub’yekt ob’yektga
nisbatan aniq yondashadi. Ya’ni, tabiat va jamiyat hodisalarini
inson(sub’yekt) o‘z hayotiga yaroqli shaklda o‘zlashtirib olish uchun turli
vositalardan, qo‘l va oyoq, ong va ko‘z, quloq va hid bilish organlari, harakat
hamda boshqa jarayonlardan foydalanadi, ularni ishga soladi. Shu sababli
sub’yekt ob’yektga nisbatan tubdan farq qiladi. Demak, sub’yektning
faoliyati tadqiqot dalillariga nisbatan ham ta’sirchandir. Sub’yektning
faoliyati ob’yektga nisbatan payqab olgan qonuniyatlarga ham bog‘liqdir.
Sub’yekt va ob’yektning o‘zaro ta’siri dalilning zaruriy tomonlaridir.
Ta’kidlash lozimki, sub’yekt ob’yektning o‘rni, aloqalari, munosabatlari,
qonuniyatlari haqida tegishli bilimga ega bo‘lmasa dalil to‘play olmaydi.
Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, yakkalangan ayirim shaxs olamni bilish
va o‘zgartirishga qaratilgan faoliyatning sub’yekti bo‘la olmaydi. Shaxs
jamiyat yaratgan mehnat qurollaridan, tildan, jamg‘arilgan bilimlardan,
manbalardan foydalanganligi uchun sub’yekt bo‘lib qoladi. Binobarin,
doimo ma’lum bir ishlab chiqarish usuliga, ma’naviy - madaniy


123
taraqqiyotning ma’lum sub’yekti sifatida maydonga chiqishi mumkin.
Unutmaslik kerakki, dalillar egasi bo‘lgan sub’yekt va ob’yekt qarama-
qarshi tomonlarni tashkil etadi. Qarama-qarshi tomonlar dalilning ichki va
tashqi tomonidir, dialektikasidir. Dalillar o‘z faoliyati paydo bo‘lishi bilan
ham qarama-qarshi fikrlar majmuasidan iboratdir.
Qarama-qarshi tomonlar hal etilsa, sub’yekt tomonidan dalillarga
erishiladi. Sub’yektning ijodiy harakatining natijasi dalillarning paydo
bo‘lishidir. Sub’yekt va ob’yekt hodisa va narsalar umumiy harakatining,
tomonlarining bir qismidir. Narsalar sub’yektsiz, jonsiz tabiatlidir. Tabiat va
jamiyatni o‘zgartirish sub’yekt dalillariga bog‘liqdir. Ma’lumki, jamiyat o‘z
qonunlariga muvofiq rivojlanadi. Unga: ongga, irodaga ega bo‘lgan, o‘z
oldiga dalillar to‘playdigan insonlar kiradi. Ba’zi ob’yektlarda esa iroda ham,
ong ham, maqsad ham yo‘q. Demak, sub’yekt bilan ob’yekt o‘rtasida
ziddiyatlar dalillar asosida hal etiladi, bartaraf qilinadi. Natijada ob’yektlar
ilmiy izlanish, ijod jarayonida sub’yekt faoliyatining dalil to‘plash
qurollariga aylanadilar. Shu asosda sub’yekt faoliyatiga kirib boradi. Demak,
sub’yekt va ob’yekt ilmiy izlanish, dalil to‘plash jarayonida diplomatik
munosabatni tashkil etadilar.
Sub’yektning (insonning) yordamchilarisiz hozirgi zamonni tasavvur
qilish qiyin. Insonning yordamchilarini esa sun’iy jihozlar, komp’yuterlar,
hisoblash mashinalari, turli moslamalar, asbob uskunalar tashkil etadi.
Ikkinchidan, inson faoliyatining mahsullari ob’yektlar sifatida ular bilan
inson o‘zaro ta’sirga kirishishi yordamida muhim dalillarni paydo qiladi.
Oxir oqibat esa sub’yekt ob’yektni dalillar asosida o‘zgartirib, o‘zlashtirib
oladi, o‘z maqsadlariga muvofiqlashtiradi. Shu bilan birga sub’yektning o‘zi
ham bilim bilan boyiydi, nisbatan dunyoqarashini o‘zgartiradi. Yangi
maqsadlarni topadi va uni bajarish uchun yangi dalillar izlaydi.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə