Зиёдулла Давронов



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/104
tarix26.06.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#90114
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   104
Çè¸äóëëà Äàâðîíîâ

Fikriy tajriba
usuli maxsus xarakterga ega bo‘lgan tajribadir. Ushbu
tajriba ko‘proq matematika, biologiya, ximiya, texnikaviy, iqtisodiy va
ijtimoiy–gumanitar fanlarda ko‘p foydalaniladi. Fikriy tajriba shart–
sharoitlarni tadqiq etishning maxsus umum ilmiy usulidir. Fikriy tajribada
barcha holatlar inson tafakkurida qayta-qayta ishlanadi. Umumiy holatlar
tahlil etiladi. Narsa yoki hodisaning ob’yektivligi haqida xulosalar mantiqan
miyada ishlanadi. Bunda aql-farosat muhim ahamiyatga egadir. Boshqa
tajribalardagi maqsadlar singari fikriy tajribada ham maqsad tajriba
o‘tkazilayotgan ob’yekt haqida to‘liq ma’lumot olish, uning yangi
xossalarini ochish, kashf etishdir.
Ta’kidlash kerakki, bunday tajriba o‘tkazishda tadqiqotchining talanti,
tasavvuri, ilmiy farazlari muhim rol o‘ynaydi.
XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab fanlar jadal sur’atlar bilan
rivojlandi. Ayniqsa, kosmik fanlarning rivojlanishi bunga misol bo‘la oladi.
Kosmik fanlarda tajriba o‘tkazish davr talabidir. Kosmik stansiyada va yer
sharoitlarida bir xil voqelik ustida bir vaqtni o‘zida olib borilayotgan
tajribalar o‘tkazilishi
parallel tajribalarga
misol bo‘la oladi. Ya’ni, yerdagi
holatlarni sun’iy ravishda kosmik fazodagi holatlar bilan solishtirish
jarayonida yangi xulosalar olinadi, kashfiyotlar qilinadi. Jumladan, kosmik
fazoda turli xil hayvonlarning yashash qobiliyatini o‘rganish tajriba bo‘lsa,
ularni yashashi haqida yerda ham tajribalar o‘tkaziladi. Ularda bo‘ladigan
o‘zgarishlarning mosligi yoki mos kelmasligi haqida ma’lum bir fikrga
kelinadi. Bu parallel o‘tkazilgan tajribalar natijasidir. “Ilmiy ijod
metodologiyasi” mualliflari iqtisodiy tadqiqotlarda fikriy tajribani asoslash
uchun quyidagi fikrlarni o‘rtaga tashlaydilar: «Pul miqdoriy nazariyasi


132
iqtisodiy tadqiqotlarda o‘tkaziladigan fikriy eksperimentga misol bo‘la oladi.
Fikriy eksperiment o‘tkazib, mazkur jamiyatda ma’lum davrda M o‘rtacha
pul miqdori muomalada bo‘lishining har xil ijtimoiy–iqtisodiy shartlarini
modellashtirib va o‘zaro taqqoslab, u quyidagi bog‘liqliklarni keltirib
chiqaradi:
MV=PQ
Bu yerda: M - pulning o‘rtacha miqdori; V-aholining daromadlari
aylanmasida pulning muomalada bo‘lishi tezligi; R- tovar va xizmatlar
narxlarining indeksi; Q- yalpi yoki sof milliy mahsulot jismoniy hajmining
ko‘rsatkichi. Bu fikriy eksperiment iqtisodda ob’yektning ( bu yerda ob’yekt
- butun jamiyat) M, V , P, Q iqtisodiy o‘lchamlari o‘rtasidagi muntazam,
takrorlanuvchi, qonuniy (aynan-chiziqli) bog‘liqlikni aniqlash imkonini
beradi» (89-90 bet).
Ideal tajriba
mantiq qonuniyatlariga asoslanib, har xil sharoitlar
tashkil qilish yo‘li bilan o‘rganilayotgan hodisani tushunishdir. U turli
murakkab holatlarda hodisani bir-biridan ajratish va shu hodisani «sof
ko‘rinishda» o‘rganish imkonini beradi. Natijada o‘ziga xos yangi bilim
olinadi va qonuniyatlar aniqlanadi.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə