Зиёдулла Давронов



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/104
tarix26.06.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#90114
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   104
Çè¸äóëëà Äàâðîíîâ

Tajribaning turlari
Tajriba o‘tkazish ijodkordan katta mas’uliyat va mehnatni talab qiladi.
Uni o‘tkazish uchun maxsus tayyorgarliklar ko‘riladi va taxminan
quyidagilar zarur:
1. Tajriba o‘tkazuvchining o‘zi yoki maxsus tadqiqotchilar guruhi.
2. Tajriba o‘tkazadigan maxsus qurilmaga ega bo‘lgan joy
(labaratoriya).
3. Tajriba o‘tkazish uchun olingan ob’yekt, narsa yoki hodisalar.
4. Tajriba o‘tkazuvchi yoki o‘tkazuvchilarga yordam beradigan texnik
vositalar (Bular tajriba xususiyatiga qarab tanlanadi): mikroskop, teleskop,
kompyuter, elektron hisoblagichlar va boshqalar.
5. Tajriba o‘tkaziladigan vaqtni belgilash. Tajriba o‘tkazish davomida
tasodifiy hodisalarning oldini olish choralarini ko‘rish va boshqalar.
Tajriba o‘tkazishda tadqiqotchi markaziy shaxs “bosh qahramon”
hisoblanadi. Sababi u tajriba uchun javobgardir. Tajriba davomida
tadqiqotchi barcha ma’lumotlarni bo‘yniga oladi. Kerak bo‘lganda o‘z jonini
1
О. Fayzullayev.Falsafa va fanlar metodologiyasi. Т., 2006 y. 41-43 betlar.


130
ham ayamaydilar. Masalan, fanlar tarixidan ma’lumki, buyuk olimlar Mariya
Kyuri, Per Kyurilar radioaktivlik sohasini o‘rganishda o‘ta xavfli tajribalarni
o‘tkazganlar. Falokatni bilsalar ham o‘z hayotlarini xavf ostida qoldirsalar-
da, tajribani o‘tkazganlar yoki rus olimi iqtisodchi, faylasuf, siyosat arbobi,
tabiatshunos A.A. Bogdanov (Dunyoda birinchi qon qo‘yish inistitutini
tashkil qilgan) qon quyishni o‘zida tajriba qilib o‘tkazish paytida vafot etgan.
Bu kabi holatlar fan tarixida ko‘plab uchraydiki, bu tadqiqotchilarning
beg‘araz faoliyatlaridan darak beradi.
Tajriba u yoki bu narsa va hodisa ustida faqat bir marta o‘tkazilib
qolinmaydi. Tajriba ko‘p martalab o‘tkaziladi. U shundagina haqiqatga
aylanadi. Tadqiqotchining faoliyatini o‘zi haqiqatni topishga qaratilgan
bo‘ladi. Tajriba bunga yordamlashadi. Shu jihatdan bo‘lsa kerak, ko‘pgina
olimlar tajriba usulini boshqa usullardan ustun qo‘yadilar. Masalan: Karl
Popper (1902-1994) ta’limotida tajribani («Ilmiy kashfiyot mantiqi» asarida)
boshqa usullardan (jumladan induktiv usul) ustun qo‘yadi. Uning fikricha,
farazlarni hammasini tekshirishdan, tajribadan o‘tkazish lozim. Tajribadan
o‘tkazilmagan tadqiqotlar insonlarni turli tomonlarga chalg‘itaveradi.
Tajriba o‘tkazish ob’yektiv xususiyatiga qarab tajriba turlarini
tanlashni taqozo etadi. Olinadigan natijalarning kelajagi ham tanlangan
tajriba usuliga bog‘liq. Shu sababli tajriba turlari ham tadqiqotda katta
ahamiyat kasb etadi.
Tajribaning turlari sifatida quyidagilar hisobga olinadi:
1. Tabiiy tajriba;
2. Fikriy tajriba;
3. Real tajriba;
4. Ideal tajriba;
5. Paralel tajriba;
6. Modelli tajriba va boshqalar.
Ma’lumki, rus olimlaridan I.M.Sechenov, I.P.Pavlovlarning bosh miya
faoliyatlari haqida olib borgan tajribalari tabiiy tajribalardir. Ular insonning
bosh miyasi orqali organizimda qanday o‘zgarishlar sodir bo‘lishini, aynan
oshqozon tuzilishidagi o‘zgarishlarni tabiiy tajriba asosida tushuntirib


131
beradilar. Ikkala olim ham hayvonlarda olib borgan tajribalari orqali
reflekslar jarayonini ilmiy asoslaganlar.
Ilmiy tadqiqotda shunday jarayonlar borki, ularni o‘tkazish uchun juda
ko‘p mablag‘, xarajatlar misli ko‘rilmagan harakatlar talab qilinadi. Demak,
bunday sharoitda ob’yekt bilan bevosita munosabatda bo‘lishning imkoniyati
yo‘q. Shu sababli tajriba o‘tkazishda real yoki nazariy jihatdan ishlangan
model ustida tajriba o‘tkaziladi. Asosiy ob’yekt model bilan almashtiriladi.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə