Зиёдулла Давронов


Dalilning ilmiy tadqiqotdagi o‘rni va ahamiyati



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/104
tarix26.06.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#90114
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   104
Çè¸äóëëà Äàâðîíîâ

Dalilning ilmiy tadqiqotdagi o‘rni va ahamiyati
Jamiyatdagi ba’zi muaamolarni ayrim ijtimoiy gumanitar fanlarda,
dalillar orqali tasdiqlab bo‘lmasa-da, ular mantiqiy dalillarga asoslanadi.
Mantiqiy dalillar haqiqatga yaqin dalillardir. Masalan, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov mafkuramiz haqida fikr yuritganida
quyidagi muhim jarayonlarni ta’kidlaydi: “... jamiyatimiz mafkurasi,
odamlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning ma’no-mazmunini belgilab
beradi.
Endigi eng dolzarb vazifamiz – bu jarayonlarning ilmiy-nazariy
asoslarini, ularning yangi-yangi qirralarini mukammal ochib berish,
o‘quvchilarimiz, talabalarimizga, keng jamoatchilikka sodda, lo‘nda qilib
tushuntirib berish va ularni yangi hayot, zamon talablariga javob beradigan
jamiyat qurilishining faol va jo‘shqin ishtirokchilariga aylantirishdan iborat.
Buning uchun birinchi galda taraqqiyotimizning har bir yo‘nalishi–
jamiyatimizdagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy munosabatlarning
rivoji haqida maxsus darsliklar, qo‘llanmalar, ommabop adabiyotlar
yaratilishi zarur”.
Bu vazifalar real imkoniyatlardan kelib chiqqan holda qo‘yilgan.
Mazkur vazifa ko‘proq gumanitar sohalarga taalluqlidir. Ularni amalga
oshirish uchun mantiqiy dalillar asosida ish yuritib, darsliklar, qo‘llanmalar,
ommabop adabiyotlarning ta’sirchanligiga e’tiborni qaratish dolzarbdir.
Tasdiqdan o‘tkazib hayotga tatbiq etish mumkin bo‘lmagan jamiyat
taraqqiyotini faqat izchil tushuntirish, ularning haqiqat ekanligini targ‘ib
qilish yo‘li bilan hayotiyligini ta’minlash mumkin. Tushuntirish natijasida
har bir inson o‘zi yashayotgan jamiyat yoki davlatning maqsadini teran
anglaydi va uni amalga oshirishga harakat qiladi.
Ilmiy tadqiqotda dalil to‘plash bir qancha usullar orqali amalga
oshiriladi. Bu usullarga: kuzatish, tajriba o‘tkazish, qiyoslash, analiz va
sintez qilish, umumlashtirish, formallashtirish, bahs qilish va boshqalar
kiradi. Ana shu usullar orqali dalillar to‘planganda ob’yekt ob’yektiv holda
tavsiflanadi. Ob’yektiv holda to‘plangan dalil ilmiy ijodda yuqori


119
baholanadi. Ilmiy bilimda yoki ilmiy tadqiqotda dalilning quyidagi
vazifalarini e’tiborga olish lozim:
1. Oldingi bilimlar asosida yangi bilimlarni hosil qilish;
2. Narsa va hodisalar taraqqiyotini to‘g‘ri aks ettirish;
3. Ob’yektlarning faoliyatini to‘g‘ri tavsiflash uchun asos shart ekanligini
hisobga olish;
4. Ob’yektiv voqelikni to‘g‘ri tushuntirishdagi ishtirokini e’tirof etish va
boshqalar.
Ilmiy ijodda yuqorida ta’kidlangan dalil turlari ishtirok etishi mumkin.
Albatta, ularning barchasi haqida tadqiqotchi to‘la tasavvurga ega bo‘lishi,
ularni bir-biridan ajratishi zarurdir. Aks holda dalillar samara bermasligi
mumkin. Ilmiy dalillar qudratli kuchga ega. Ular oldindan aytib berishni ham
qurollantiradi. Masalan: “ Qushlar va hashoratlar, ya’ni havodan og‘ir
ob’yektlar fazo muhitida uchishga qodirligi buyuk mexanik N.E.Jukovskiy
tomonidan hozirgi zamon aerodinamikasining negizini tashkil etuvchi
ko‘tarma kuch nazariyasining yaratilishiga olib keldi. Barcha eng yangi
aviatsiya va kosmonavtika vositalari – raketalar, samolyotlar, vertolyotlar,
dirijabllarni loyihalash Jukovskiy kashf etgan aerodinamika asosida amalga
oshirildi.” (misol “Ilmiy ijod metodologiyasi”. 73-74 bet).
Dalillar ilmiy tadqiqotning turli metodlarini ongli ravishda hamda
ijodiy qo‘llanilishi natijasida olinadi. Ijodiy faoliyat murakkabligi sababli, bu
murakkablik dalillar olishda ham namoyon bo‘ladi. Ta’kidlash lozimki,
dalillar mavhum bo‘la olmaydi. Har qanday dalil aniqdir. Bu aniqlik dalillar
natijasidir. Fanlarda dalillar o‘z holicha ko‘zga tashlanavermaydi. Ob’yektiv
real narsa va hodisalarni o‘nlab, yuzlab chig‘iriqdan o‘tkazish natijasida
paydo bo‘ladi.
Dalillarni nisbiy hamda mutlaq dalillarga bo‘lish yo‘li bilan farqlash
kerak. Ular bir xil emas. Masalan, O‘zbekistonning mustaqil bo‘lganligi
Birlashgan Millatlar Tashkiloti uchun mutlaq dalildir. O‘zbekistonning bozor
munosabatlariga o‘tishi, yangi jamiyatning paydo bo‘lishi nisbiydir. Chunki
yangi jamiyatning paydo bo‘lishi jarayonida bozor munosabatlariga
o‘tishning mazmun mohiyati davr talabidan kelib chiqib, yangi dalillar bilan


120
to‘ldirilishi mumkin. Bu jarayonlar ma’lum fanlardagi hozirgacha ma’lum
bo‘lgan dalillarni to‘ldiraveradi va tarmoqlarini kengaytiradi.
Dalillar to‘plashda uslublarni to‘g‘ri tanlay bilish katta ahamiyatga ega
bo‘lib, to‘g‘ri uslub tanlanganda xatolardan xoli bo‘lishi mumkin. Aniqrog‘i,
ilmiy tadqiqotning ravnaqi, kelajagi uslub tanlashda mujassamlashgan. Ilmiy
tadqiqotga dalillar hayot baxsh etadi. Natijada fan taraqqiyoti ham
jadallashadi. Uning tizimida yangi sohalar paydo bo‘ladi.
Dalillar to‘plash fan nuqtai nazarida cheksizdir. Sababi, bilishning o‘zi
ham cheksizdir. Bu cheksizlik olamdagi narsa va hodisalarning bitmas-
tuganmasligiga olib boradi. Ana shu tariqa dalillar to‘plash inson
faoliyatidan doimiy o‘rin olgan.
Ilmiy tadqiqot olib borayotgan izlanuvchi o‘z ijodida dalil aytmasligini
sezgan holat ijobiy holatdir. Ushbu yetishmaslik olimning ilmiy salohiyatini,
dunyoqarashini oshirishga majbur qiladi. Bundan har qanday fan ham,
izlanuvchining o‘zi ham foyda ko‘radi, xolos. Dalillarni izlash jarayonida
yangi dalillarga duch kelinadi. Bu esa o‘z navbatida yanada yangi dalillarni
ochishga imkon yaratadi. Shunday ekan, tadqiqotda dalillar uzluksizlikni
taqozo etadi. Ushbu qonuniyatlar ta’sirida yangi kashfiyotlar paydo bo‘ladi.
Bu esa ijodiy izlanuvchi tafakkurining yorqin faoliyatini keltirib chiqaradi.
Yangi dalillarni o‘z doirasida o‘rganish ta’sirida, ya’ni ularni tahlil qilish,
o‘xshashligini bilish, aloqa va munosabatlarga e’tiborni qaratish, foyda va
zararini baholash yo‘li bilan hayotga tatbiq etish jarayoni hal etiladi. Ilmiy
tadqiqotda ilmiy dalillarni to‘plashdan maqsad undan kundalik hayotda izchil
foydalanishdir. Hayot, turmush tarzi uchun foydali bo‘lmagan dalillar
to‘plashdan uzoq bo‘lish har bir tadqiqotchining muhim vazifasidir.
Ilmiy tadqiqotda dalillar ijodiy izlanuvchining ilmiy olamini yaratadi.
Dalillar ijodkorga havo va suvdek zarurdir. Tadqiqotchi yaratayotgan
yangilik, kashfiyot mantiqiy dalillar, farazlar, nazariyalar, mantiqiy xulosalar
jarayonida paydo bo‘ladi. Natijada eski dalillar inkor etilib yangilari paydo
bo‘ladi.
Demak, ilmiy tadqiqotda ilmiy dalillar nisbiy va mutlaq haqiqatni qaror
toptirishda asosiy quroldir. Ilmiy tadqiqotda dalil to‘plash izlanuvchidan


121
mahorat va mehnatni, izlanuvchanlikni va sezgirlikni, tadbirkorlik va
hushyorlikni, mutlaqo soflikni, ob’yektiv xulosa chiqarishni talab etadi.
Tadqiqotchi esdan chiqarmasligi lozimki, izlanish natijasida olgan
yangiliklar, tavsiyalar, xulosalar faqat o‘ziniki bo‘lib qolmaydi, balki ular
jamiyat mulkiga aylanadi. Ushbu jarayonlarni o‘z faoliyatida
mujassamlashtirgan shaxslar fan tarixida oz emas. Ular o‘z dalillarining
haqligini isbotlash yo‘lida o‘z jonlarini fido etganlar. Bularga misol
inkivizatsiya davridagi olimlar (Galiley, Kopernik, Jordano Bruno)
faoliyatidir. Shunday ekan, dalillar ilmiy ijodning tarkibiy qismlarini tashkil
etadi. Bu jarayonsiz izlanuvchi faoliyat ko‘rsata olmaydi.
Ilmiy tadqiqotlarda dalillarni tasdiqlash ham o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi.
Sababi, tadqiqotchining erishgan dalillari ba’zi boshqa izlanuvchilarni
shubhaga tushirishi mumkin. Bu shubha izlanuvchini sarosimaga olib keladi.
Shu sababli tadqiqotchi o‘zi erishgan dalilni oxirgi nuqta deb bilmasligi
kerak. Oldindagi qarama-qarshiliklarga ruhan tayyor turishi, matonatli
bo‘lish talab etiladi. Dalillar turli jarayonlardan muvaffaqiyatli o‘tgandan
so‘ng, natijasi ko‘rinadi. U o‘zini amaliyotda tasdiqlasa, bu dalilning kelajagi
porloqdir.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə