Зиёдулла Давронов


Tayanch tushuncha va iboralar



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/104
tarix26.06.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#90114
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   104
Çè¸äóëëà Äàâðîíîâ

Tayanch tushuncha va iboralar:
Bashorat (ilmiy), postindustrial jamiyat, iqtisodiy bashorat, ssenariy
yozish, prognoz qilish (ilmiy), Rim klubi, ekstropolyatsiya, bashorat turlari,
ilmiy bashorat, induktiv bashorat.
Mavzuga oid savollar:
1. Ilmiy izlanishda prognozni bashorat qilish qanday rol o‘ynaydi?
2. Fundamental ilmiy yoki texnikaviy kashfiyotlarga olib kelgan ilmiy
bashoratlarga misollar keltiring?
3. Iqtisodiy tadqiqotlarda ilmiy ijod va bashorat metodologiyasi qanday rol
o‘ynaydi?
4. I. A. Karimov tomonidan bozor iqtisodiyotiga o‘tishning «O‘zbek
modeli» ishlab chiqilishi ilmiy bashoratning yorqin namunasi sifatidami?


115
VII bob. Ilmiy tadqiqot va ijod tizimida dalil (fakt)
Dalil falsafiy kategoriya sifatida. Dalil turlari.
Ilmiy ijodda dalillar o‘ta muhimdir.
Dalil bu
-
fakt
ma’nosida
ishlatiladi. Biz bu mavzuni yoritar ekanmiz, fakt so‘zini dalil deb qabul
qildik.
Dalil bu - haqiqatni tasdiqlovchi, inkor etib bo‘lmaydigan narsa
va hodisalar haqidagi bilimlar majmuasi.
Dalilning asosan ikkita
xususiyati bor:
1. Hayotiy bo‘lgan real voqealar, xususiyatlar, munosabatlar,
aloqadorliklar, o‘zgarishlar, jarayonlarni o‘zida ifoda etadi.
2. Haqiqatni isbotlovchi fikrlarning to‘laqonliligini, inkor etib
bo‘lmasligini, reallikka mosligini qaror toptiradi.
Tevarak atrofdagi barcha narsa va hodisalarning mavjudligi,
barqarorligi, hodisalarga munosabat kabi jarayonlar dalillarga suyangan
holda tahlil qilinadi, mushohada qilinadi. (Aslida esa dalil bo‘lishi yoki
bo‘lmasligi mumkin). Bu ob’yektga nisbatan shunday xarakterda bo‘ladi.
Sababi, shunday narsa va hodisalar borki, ular dalil va isbotni talab qilmaydi.
Demak, ana shu narsa va hodisani tasvirlash uchun dalilga murojaat qilish
shart emas. Ammo, ilmiy ijodda esa dalil zaruriy talabdir. Fanning ajralmas
qismidir. Chunki fan yangi, haqiqiy bilimlarni berish uchun dalillarga
suyanadi. Har bir ijod namunasi falsafaning kategoriyasi bo‘lmish – sabab va
oqibat, imkoniyat va voqelik, mazmun va shakl, zaruriyat va tasodif, mohiyat
va hodisa butun hamda qismlar orqali, ya’ni ularning metodologik
xususiyatlaridan foydalanib, o‘z xulosalarini chiqaradi. Bu xulosalar dalil
tushunchasi orqali amalga oshirilganda ijodda mustahkam o‘rin oladi. Ijod
natijasi haqiqatga aylanadi.
Dalil falsafiy kategoriyadir. Demak, u universal xarakterga ega bo‘lib,
barcha narsa va hodisalarga taalluqlidir. U haqiqatni to‘ldiruvchidir. Ba’zi
olimlar dalilni haqiqat sinonimidir, deb tushuntiradilar. Bizningcha, bunday
qarash yetarli emas. Bu kategoriyalar o‘zaro yaqin bo‘lsalarda, ular turlicha
vazifalarni bajaradilar. Avvalo, haqiqat tushunchasi dalil tushunchasiga
nisbatan keng ma’nodagi tushuncha bo‘lib, u nisbiy yoki mutlaq xarakterga


116
ega. Haqiqatning nisbiyligini qo‘shimcha dalillar bilan to‘ldirish mumkin va
hokazo. Haqiqatlar dalillarning yig‘indisidir.
Shunday ekan,

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə