Зиёдулла Давронов


Navro‘zi Olam yakshanba kuni



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/104
tarix26.06.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#90114
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   104
Çè¸äóëëà Äàâðîíîâ

Navro‘zi Olam yakshanba kuni
dohil bo‘lsa (kirsa), Shams
(Quyosh)ga taalluqli bo‘lur. Ul sol (yil) ne’matlar ko‘p bo‘lib, to‘qliq
bo‘lg‘ay, fitna va yomonlik oz bo‘lgay, g‘o‘zalarga yaxshi bo‘lg‘ay,
tog‘lardagi polizlar va ekinlar yaxshi bo‘lg‘ay va dehqonlarning ekinlari
bitkay. Yilni avvalinda arzoni (arzonchilik) bo‘lg‘ay, oxirinda andak
qimmatli (qimmatchilik) bo‘lg‘ay, ammo tez o‘tgay. Xalq orasida
muholafatchilik (qarama-qarshilik) bisyor bo‘lg‘ay. Xaloyiq orasida vabo
bo‘lg‘ay. Va mashriq tarafidin andak fitna va xovfi xunrezi (qon to‘kish)
bo‘lgay va og‘irlik oxiri baxayr bo‘lg‘ay. Ekinlarni ertaroq ekmoq kerak.
Vallohu a’lam bissavob.
Agar
Navro‘zi Olam dushanba kuni
dohil bo‘lsa, Qamar (Oy)ga
taalluqli bo‘lg‘ay. Ul yil to‘qliq bo‘lg‘ay, ne’matlar ko‘p bo‘lg‘ay, yomg‘ir
ko‘p yoqg‘ay. Podshohlarga andak xavflik bo‘lgay va ba’zi savdogarlar holi
zaif bo‘lg‘ay. G‘o‘za ekin yaxshi bo‘lgay. Kunjut, tariq qo‘noq miyona
(o‘rtacha) bo‘lg‘ay, qor-yomg‘ir yilning avvalinda bo‘lgay. Tog‘larda va
Iroqda zilzila bo‘lgay. Va ba’zi polizlarga ofat yetgay. Va ba’ziga davlat
bo‘lur. Ammo bug‘doy shirin bo‘lur, tez o‘tgay, savdogarlik basta (yomon)
bo‘lgay. Bu yil zaiflarning ahvoli xo‘b bo‘lg‘ay. Ammo kattalarga bisyor
mansabdorlik bo‘lgaylar. Vallohu a’lam bissavob.


112
Agar
Navro‘zi Olam seshanba kuni
dohil bo‘lsa, Mirrihga (Marsga)
taalluqli bo‘lur. Ul yil farah (shodlik)lik bo‘lgay va kundan-kun taomlar ko‘p
bo‘lgay, chahorpolar (hayvonlar)ga ma’murchilik bo‘lgay. Ammo odamlar
orasida janjal ko‘p bo‘lgay. Mashriq tarafning podshohiga tashvish ko‘p
yetkay. Ul yil ekinlarni erta eksa, yaxshi bo‘lgay, kechiga ofat tekgay va
mevalar oz bo‘lgay. Yil oxirida sel ko‘p bo‘lgay, ul yil yomg‘ir kam bo‘lgay.
Bu yilda ham ne’mat ko‘p bo‘lgay va narxlar arzon bo‘lgay, va giyohlar
bisyor bo‘lgay. Ammo bu yilda uzum ko‘p bo‘lg‘ay va zaiflarning ahvoni
tang bo‘lgay. Vallohu a’lam bissavob.
Agar

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə