Зиёдулла Давронов


taqsimlash borasidagi xo‘jalik faoliyatini o‘rganuvchi sohadir



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/104
tarix26.06.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#90114
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   104
Çè¸äóëëà Äàâðîíîâ

taqsimlash borasidagi xo‘jalik faoliyatini o‘rganuvchi sohadir.
Nemis sotsiolog olimlaridan
Georg Zimmel
(1858-1918) «Ijtimoiy
tabaqalanish to‘g‘risida» hamda «Pul falsafasi» asarlarini yozib qoldirgan.
«Pul falsafasi» asarida jamiyat taraqqiyotida pulning o‘rnini ko‘rsatib berar
ekan, zamonaviy hayotda fikriy tajribaning o‘rnini mukammalashtirib
tushuntiradi. U ushbu holatni «maqsad-vosita» so‘zlari orqali ifodalaydi.
Ijtimoiy munosabatlarda pul xarajati mohiyatini ochib beradi. Demak, pul
iqtisodiyotning harakatlantiruvchi kuchidir.
Iqtisodiy tajribalar asosida
Jon Meynard Keyns
XX asr boshlaridagi
iqtisodiy krizislarni tahlildan o‘tkazib «Bandlik, foiz va pul umumiy
nazariyasi» nomli asarida iqtisodiy hayotga davlatning faol aralashuvi orqali
iqtisodiy inqirozdan chiqish uchun bozor iqtisodiyotini safarbar etish
yo‘llarini taklif etgan. Uning fikricha, davlat iste’mol va investitsiyalarni –
hatto sun’iy yo‘l bilan bo‘lsa ham rag‘batlantirishi kerak. Odamlar
mahsulotlarni sotib olishi va pullarini sarflashlari lozim, shunda talab ishlab
chiqarishning o‘sishiga, bu esa o‘z navbatida ishsizlikning kamayishiga olib
keladi. Bu g‘oyalar iqtisodiy tajriba bo‘ldi. Bu tajribani Amerika Qo‘shma


134
Shtatlari Prezidenti F.D. Ruzvelt XX asrning 30-40 - yillarida ro‘yobga
chiqarib, Amerikani inqirozdan olib chiqdi.
Hozirgi zamon iqtisodchi olimlaridan biri
Fridrik Fon Xayek
boshqacharoq g‘oyalarni o‘rtaga tashladi. Uning g‘oyasi bo‘yicha davlat
iqtisodni nazorat qilishdan mutlaqo bosh tortishi, bozor munosabatlarining
ishiga aralashmasligi kerak. Bozor munosabatlarida mustaqil qarorlar qabul
qilinishi muhim ahamiyatga ega. Huquqiy javobgarlikni tadbirkor yoki
biznesmenga berish kerak. Iqtisodiy tajribaning mohiyati shundadir. Mazkur
iqtisodiy tajriba asosida tadbirkorning tahlili, uning his-tuyg‘usi, irodasi,
bilim va malaka ko‘nikmalari, yutuqlarga erishish ishonchi yotadi.
Binobarin, bozor munosabatlarida tadbirkor o‘z ishini o‘z manfaatidan kelib
chiqib yuritadi. Albatta, u zarar ko‘rishni istamaydi. Aks holda, bankrotga
uchraydi. Shu sababli, u kerakli ma’lumotlarga e’tiborni qaratadi, o‘z bilimi,
malakasini, qobiliyatini ishga soladi. Raqobatda g‘olib chiqishni, ravnaq
topishni ko‘zlaydi. Bu esa boshqa tadbirkorlar faoliyati uchun amaliy tajriba
maydonidir.
Iqtisodiy tajribada mahsulotlarning qiymatini hisoblashda pragmatik
(harakat) yondashuv yaxshi natija beradi. Qiymat - bu qarama-qarshiliklar
birligidan tashkil topadi. Sotuvchi bilan oluvchi o‘rtasida hamisha tafovut
bor. Shu sababli ham mahsulot qiymati tajriba mohiyatiga bog‘liq.
Iqtisodiy tajribalardan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston Respublikasi
o‘zining tajriba tamoyillariga ega bo‘ldi. Bu tajribaning ijobiy natijalar
berayotganligi bizga ma’lum. Bu tajriba ijodkori I.A.Karimovdir.
I.A.Karimov, Oliy majlisning IX sessiyasidagi ma’ruzasida quyidagi
iqtisodiy tajribaga taalluqli bo‘lgan mulohazalarni o‘rtaga tashladi: «O‘tgan
davrda hayotning muhim tomonlarini erkinlashtirishning qonunchilik
negizini mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklari sohasida zarur
kafolatlarni muvofiq ravishda ta’minlash, davlat tizimini demokratlashtirish,
bozor islohotlarini chuqurlashtirish, shaxsiy mulkni va tadbirkorlarning
manfaatlarini, o‘rta va kichik biznesni himoya qilish bo‘yicha muayyan
chora-tadbirlar amalga oshirildi» («Xalq so‘zi», 2002 yil, 30 avgust).
O‘zbekistonda iqtisodiyotni bozor munosabatlariga asta-sekin, bosqichma-


135
bosqich, tadrijiy yo‘l bilan o‘tkazish bo‘yicha iqtisodiy tajriba inson
ehtiyojini qondirishga qaratilgan tajribadir. Jamiyatda yashovchi kishilarning
turmush tarzini ko‘tarishga yo‘naltirilgan sinovdir. Iqtisodiy tajribalar va
iqtisodiy islohotlar maxsus tizimi, maxsus unsurlardan tashkil topadi. Bular
quyidagilardir:
1. Fermer xo‘jaliklarini tashkil etish va ularning faoliyatini hisobga
olish; 2. Ishlab chiqarish korxonalarini xususiylashtirish; 3. Og‘ir va yengil
sanoat talab va takliflarini inobatga olish, ularning istiqbollarini hisobga
olish; 4. Islohotlar natijalarini hisob-kitob qilib borish va xulosalar chiqarish;
5. Iqtisodiyotni ko‘tarish uchun izchil harakat qilayotgan korxonalarning
faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan banklar faoliyatini hisobga olish; 6.
Iqtisodiyotni rivojlantirishga muhim hissa qo‘shadigan sarmoyalarni (chet-
el) jalb etish va qo‘shma korxonalar tashkil etishdagi faoliyatlarni
unutmaslik; 7. Aksiyadorlik jarayonlariga e’tiborni qaratish; 8. O‘z
mamlakati aholisi talab va ehtiyojlarini unutmagan holda dunyo bozoriga
chiqish sohalari kabilar.
Bularni biz iqtisodiy tajribalarning unsurlari desakda, ularning har biri
o‘z o‘rnida tajriba uchun qimmatli bo‘lgan mustaqil sohalardir.
Bu sohalarning barchasi har bir iqtisodiyot sohasida izlanayotganlardan
ma’lum bilimni talab etadi. Iqtisodiyot sohasidagi bilim o‘ta muhim bo‘lib,
insonning turmush tarzi, ijtimoiy faoliyati bilan bog‘langan. Bilish
insonlarning ijtimoiy ishlab chiqarish faoliyatlarini qamrab oladi. Bilish
jarayonida amaliyot birinchi o‘ringa chiqadi. Natijada amaliyot ta’sirida
iqtisodiy sohalarda yangiliklar miqdori oshib boradi. Iqtisodiy sohalarni
inson ongida to‘g‘ri aks etishi ziddiyatlarning oldini olishga yordam beradi.
Iqtisodiy nazariya bilan amaliyotning birligini tushunish ham
tadqiqotchining bilimga bog‘liq. Bilimlar tajribada, amaliyot asosida
tekshirilgan taqdirdagina ob’yektiv haqiqatga aylanadi. Tadqiqotchi
iqtisodiyotni o‘z bilimi va ma’lum sohada tajriba o‘tkazish bilan baholaydi,
uning rivojini ifodalaydigan takliflarni beradi. O‘z tajribasi bilan iqtisodiy
sohalarni faqat bilibgina qolmasdan, ularni o‘zgartirish choralarini ham
belgilaydi. Iqtisodiy sohalarda bilimning yuzaga kelishi va rivojlanishining


136
barcha jarayonlari insonlarning aniq tarixiy-ijtimoiy ishlab chiqarish
faoliyatlari asosida amalga oshadi. Iqtisodiy bilimlar insonlar faoliyatining
ajralmas qismidir. Insonlarda iqtisodiy tushunchalarning paydo bo‘lishi
iqtisodiy bilishga, tajribaga bog‘liq. Iqtisodiy bilim va nazariyalar boshqa
sohalarda bo‘lgani kabi insonlarning amaliy faoliyatida tajribalar yordamida
tasdiqlanganda turmush tarzidan o‘rin oladi. Iqtisodiy bilimlar
taraqqiyotining sababi - insonlar faoliyatidir. Insonlar iqtisodiy amaliyotdan
kelib chiqib, o‘z bilimlarini boyitadilar. Natijada bilimlar takomillashadi,
yangi tushunchalar paydo bo‘ladi, nazariyalar yaratiladi, kashfiyotlar bo‘ladi.
Iqtisodiyotni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochiladi.
Iqtisodiy tajriba tadqiqotchidan yuksak mas’uliyatni bo‘yniga olishni
talab etadi. Chunki uning faoliyati jamiyatda yashovchi insonlar turmush
tarzini aks ettirish bilan bog‘liq. Shu sababli, iqtisodiy tajriba o‘tkazuvchidan
halollik va vijdonlilik, xolislik talab qilinadi.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə