Зиёдулла Давронов


mazmun va mohiyatiga qarab



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/104
tarix26.06.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#90114
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   104
Çè¸äóëëà Äàâðîíîâ

mazmun va mohiyatiga qarab;
rasmiylashtirilgan
yoki
rasmiylashtirilmagan,
umuman
rasmiylashtirilmagan; modelli farazlar; farazning yana bir xususiyati
bu ilmiy ijodning o‘rniga qarab ham farqlanadi: badiiylikni
rivojlantiradigan farazlar, texnikaviy sohalarni aks ettiradigan farazlar,


140
ijtimoiy taraqqiyot farazlari va boshqalar.
Demak, farazni evristik yoki
turlicha xususiyatlarini hisobga olish insonning, ayniqsa, fanning ilmiylik
darajasini oshiradi, olingan bilimlarni mustahkamlaydi.
Farazlar nazariyalar tuzishda deduktiv va induktiv xususiyatlari bilan
ko‘maklashadi. Inson olamdagi sir-asrorlarni o‘rganar ekan, u bu jarayonda
osonroq va qisqa yo‘l bilan borishni afzal ko‘radi. Shu sababli faraz orqali
bilim ham hodisa yoki narsaga shunday yondashishni ma’qul ko‘radi.
Natijada bir xil ahamiyatga ega bo‘lgan farazlardan aniqroq, soddaroq,
murakkab bo‘lmagan, kam xarajat qiladigan, zabt etishni yaqinroq qiladigan
farazni tanlab oladi.
Faraz asoslanganidan va uning hayotiyligi
isbotlangandan so‘ng nazariyaga aylanadi.
Tadqiqotchi o‘zi tanlab olgan
farazga befarq bo‘lmaydi, albatta. Uni har tomonlama o‘rganadi, sinovdan
o‘tkazadi, takomillashtiradi, kelajakda mehnati natijasiz ketmasligiga harakat
qiladi. Shu sababli farazning dialektik jihatlariga e’tiborni qaratadi.
Mantiqiy, ichki, tashqi holatlarini tahlil qiladi. Qarama-qarshi va o‘zaro
tafovutlarini aniqlaydi. Farazda mantiqiy ziddiyatlar bo‘lsa, bu faraz natijasiz
bo‘lib, u rivojlanish qonuniyatlariga ega emas.
Nazariya tuzishda gipotetik-deduktiv usul
Bu usul ham ijodiy jarayonda qo‘llaniladi. Tanlangan narsa yoki
hodisani, aniqrog‘i muammoni ilmiy dalillar va ular asosida erishilgan natija
yordamida, ilmiy farazni shakllantirish uchun ijodkor, mantiqdagi abduktiv
(lotincha abducere - o‘tkazish) deb nomlangan tafakkur yuritish tizimiga
binoan harakat qiladi.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə