Зиёдулла Давронов


Tayanch tushuncha va iboralar



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/104
tarix26.06.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#90114
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   104
Çè¸äóëëà Äàâðîíîâ

Tayanch tushuncha va iboralar:
Tajriba, iqtisodiyot, jamiyat, bilim, aqliy faoliyat, iqtisodiy tajriba
turlari, mas’uliyat, ishlab chiqarish usuli, iqtisodiy tajriba, empirik va
ratsionallik, amaliyot.
Mavzuga doir savollar:
1.
Tajribada bilish usuli. Tajribani bilish va ijoddagi o‘rni nimada?
2.
Tajribaning turlarini tushuntiring.
3.
Tajribaning iqtisodiy bilish va ijoddagi o‘rni qanday bo‘ladi?


137
IX bob. Farazning (gipoteza) fan va ijoddagi xususiyatlari.
Farazning nazariyalar tuzishdagi o‘rni
Faraz tushunchasining mohiyati
Farazda hisobga olingan taxminlarni tasdiqlash juda katta mehnatni
talab etadi. Farazda har tomonlamalik mavjud. Demak, har tomonning o‘zi
ko‘plab izlanishlarga majbur qiladi.
Faraz – bilish uchun ob’yekt va sub’yektning holati, rivojlanishi,
voqelikdagi o‘rni haqida u yoki bu fikrning taxmin qilinishidir.
Faraz bilish jarayonida turlicha xususiyatlarini namoyish qiladi. Chunki,
biror-bir narsa yoki hodisa haqida har xil fikrlarni bildirish mumkin. Sababi,
uning barcha holatlarini bir paytning o‘zida zamonda ham, makonda ham
qamrab olish qiyin. Uning bo‘laklari haqida alohida-alohida fikr yuritish
talab qilinadi. Binobarin, faraz ana shu alohida-alohidalikdan kelib chiqib
turli holatlar haqida paydo bo‘ladi. Narsa yoki hodisalarning xususiyatiga
qarab bir necha farazlar paydo bo‘ladi.
Faraz qilinishi umumiy bilim va dalillarga, narsa va hodisalarning
rivojlanish qonuniyatlariga zid kelmasligi lozim. Farazlar oddiy yoki
murakkab jarayonlarni qamrab olishi mumkin. Shunday bo‘lsa-da, ko‘proq
ob’yektiga nisbatan yaqinroq, uning ichki va tashqi xususiyatlaridan
uzoqlashmasligi talab etiladi. Ushbu xususiyatlar hisobga olinganda narsa va
hodisani tadqiq etishda farazning o‘rni ahamiyatli bo‘ladi. Shu jarayonda
farazning hayotiyligi uchun zarur bo‘lgan holatlarni hisobga olish kerak.
Jumladan, faraz ma’lum ob’yektga mos tushadigan mazmun va mohiyatga
ega bo‘lgan holda fikr qilinishi; tadqiq qilinayotgan narsa yoki hodisaning
ma’lum bir qismiga nisbatan farazlanishi; ilmiy, umuman bilish jarayoniga
zid kelmasligi (haqiqatga); tekshirish yoki tafakkurlash jarayonida murakkab
holatlardan xoli bo‘lishi; faraz qiluvchi ilmiy ijoddan xabardorligi, bashorat
qilish, o‘z fikrlarini asoslash qobiliyatiga ega bo‘lishi kabilar.
Faraz taraqqiyotida ushbu ko‘rsatilgan xislatlar hisobga olinganda ijodiy
faoliyat samarali bo‘ladi. O‘z navbatida, mazkur ko‘rsatilgan jarayonlarni
hisobga olmaslik ilmiy ijod jarayonida chalkashlikka olib keladi. Tadqiqot


138
uchun zararli bo‘lishi mumkin. Aniq faraz qilish uchun ob’yektivlik va
sub’yektivlikning birlashishi yanada muvaffaqiyat keltiradi. Ular tavsifi mos
tushgan holatda natija ko‘ngildagidek chiqishi mumkin. Barcha jarayonlarda
bo‘lgani singari farazda ham oddiylikdan murakkablikka, bilmaslikdan
bilishlikka qarab borish, pastdan yuqoriga chiqish talab etiladi. Bu faraz
uchun ham umumiy qoidadir.
Farazda asosiy xususiyat shundan iboratki, unda noma’lumdan
ma’lumga, ehtimol tutilgan bilimdan haqiqiy bilimga, nisbiylikdan
mutlaqlikka borish yo‘li hisobga olinadi. Ilmiy jarayonda faraz, ba’zida,
tasavvurga sig‘maydigan holatlarni hisobga olib amalga oshirilmasa fan ham
taraqqiy qilmaydi. Yangilik yaratilmaydi. Turg‘unlik yuz beradi. Farazda
taxminiylik, ehtimollik, tasodifiylik, intuitsiya xususiyatlari mujassamlashsa,
u yaxshi natija beradi. Tadqiq qilinayotgan narsa va hodisa haqida faqat bitta
yoki ikkita faraz kifoya qilmaydi. Qachonki, shu narsa yoki hodisa haqida bir
nechta faraz bo‘lsa, o‘zaro ziddiyatli fikrlar mavjud bo‘lsa, qarama-
qarshiliklar paydo bo‘lsa, o‘shanda haqiqiy ijodiy muhit paydo bo‘ladi. Ilmiy
bilish uchun sharoit yaratiladi. Bilimlar chegarasi kengayadi. O‘zaro zid
bo‘lgan ilmiy farazlarni ijodiy tahlildan o‘tkazish, o‘xshashligini aniqlash,
haqiqiyligini tekshirish aynan shu tadqiq ob’yektiga nisbatan muhim
metodologik xulosani chiqarishga yordam beradi. O‘z navbatida
metodologik xulosa inson bilimini ob’yektiv ekanligini tasdiqlashga yordam
beradi. Hodisalar, narsalar rivojlanishi haqida ob’yektiv bilim olishga
ko‘maklashadi. Ma’lumki, olim yoki tadqiqotchining maqsadi farazning
haqiqiyligini tekshirib berishdir. Tadqiqotchi buning uchun ma’lum
malakaga, dalillarga, fikrlash xislatlariga ega bo‘lishi talab etiladi. Bu
xislatlarga ega bo‘lgandagina taqqoslash, g‘oyalarni tushunib ilgari surish
osonroq kechadi. Natijada yangi ijodiy imkoniyatlar paydo bo‘ladi.
Farazlar to‘xtab qolmaydi. Eskisi o‘rniga yangisi paydo bo‘ladi. Shu
tariqa fanning rivojlanishi uchun ham imkoniyat yaratiladi.
Farazlar ilmiy bilishda turlicha xususiyatlarni bajarar ekan, ular bir-
biridan farq qiladi. Farazlar ham falsafiy xususiyatga ega bo‘lganligi uchun,
har bir fanda xususiylik, umumiylik, eng umumiylik xislatlarini namoyon


139
qiladi. Demak, fanda: a)

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə