Зиёдулла Давронов



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/104
tarix26.06.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#90114
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   104
Çè¸äóëëà Äàâðîíîâ

xususiy farazlar
, b)
umumiy farazlar
, v)
falsafiy
farazlar
bo‘lishi mumkin.
Farazlar qilish namoyon bo‘ladigan narsa va hodisalardagi o‘zining
hajmi va tizimi, holatiga qarab ham farqlanadi. Ko‘zga ko‘rinmaydigan faraz
ob’yektlari, yirik ob’yektlar farazlari, o‘ta yirik faraz ob’yektlari,
metagallaktika haqidagi farazlar va boshqalar. Bu ob’yektlar haqida
tadqiqotchi faraz qilishi uchun, avvalo, u ma’lum tasavvurga, bilimga ega
bo‘lishi talab etiladi. Masalan, daladagi dehqondan metagallaktika haqida
farazni talab qilish yoki bog‘cha bolasidan atom zarrasi haqida faraz qilishni
talab qilish o‘rinsizdir. Xalqimizda «chumchuq so‘ysa ham, qassob so‘ysin»
degan hikmat bejiz aytilmagan. Aks holda, aytilgan faraz mevasiz daraxtdir.
Farazlarni faqat qanday makonda tutgan o‘rniga qarab emas, balki vaqt
nuqtai nazaridan ham yondashib o‘rtaga tashlash mumkin.
Ya’ni, tarixiy hodisalarni
o‘tmishga bog‘lab faraz qilish;
ma’lumotlarga ega bo‘lmagan holatlarda zamonaviy jarayonlarni
hisobga olgan holda farazlar qilish; kelajak narsa va hodisalari haqida
farazlar qilish va boshqalar.
Farazning ilmiy bilish va ilmiy ijoddagi turlicha xususiyatlari yana
shunda ko‘rinadiki, narsa va hodisalarning tuzilishi, amaliyotda o‘zini
namoyon qilishi, qaysi tizimga mos kelishi jihatlarini ham qamrab oladi.
Jumladan,
narsa va hodisaning tuzilishi haqida; narsa va hodisalarning
maqsad va vazifalari haqida; narsa va hodisalarning bo‘lak va
xususiyatlari haqida; narsa va hodisalarning umumiy bog‘lanish va
aloqadorliklari, munosabatlari haqidagi farazlar.
Shu bilan bir qatorda, narsa va hodisalarning mazmun va mohiyatini
ochish maqsadida ham farazlar qilinadi:
tavsifiy farazlar, tushuntiruvchi
va tushuntiriluvchi farazlar, tizimli farazlar.
Narsa va hodisalarni bayon
etish usuliga qarab ham, farazlar qilinadi:

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə