Ziyonet Iqtisodiy islohotlarni shakllantitirshda soliq siyosatining ustivor yo



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə10/15
tarix22.03.2024
ölçüsü0,71 Mb.
#183573
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
iqtisodiy islohotlarni shakllantirishda soliq siyosatining ustuvor

O’rta muddatli byudjet ko’rsatkichlari ijtimoiy iqtisodiy rivojlanish prognozlaridan, soliq islohoti amalga oshirish davrida davlat xarajatlarining o’sishiga yo’l qo’ymaslik, shuningdek, tashqi qarzning cheklangan miqdorini belgilash qoidalari asosida tuzilgan. 2019 yilgi Davlat byudjeti taqchillik bilan rejalashtirilgan bo’lib, bu davlatning rejalashtirilgan xarajatlari kutilayotgan daromadlaridan oshishini anglatadi. Etishmayotgan daromadlar respublika byudjetining yil boshidagi bo’sh turgan qoldiq mablag’lari, xalqaro moliya institutlarining tashqi qarzlari, ichki g’aznachilik
obligatsiyalari chiqarish va inflyatsiyaga olib kelmaydigan boshqa manbalar hisobiga qoplanadi.


2.2.2-diagramma

2019-2021 yillarga mo’ljallangan makroiqtisodiy ko’rsatkichlar prognozi19


Ushbu diagrammada davlat budjetining kelajakda ishonchli profisitni ta’minlashini ko’rsatib turibdi. Umuman olganda budjet prognozida daromad va xarajatlar o’rtasidagi farq sezilarli darajada kamayib borishini bildirib turibdi.


Byudjet tizimi byudjetlarining barcha tushumlari va xarajatlari hisobini yuritish maqsadida konsolidatsiyalashgan byudjet tuziladi. O’zbekiston Respublikasining Konsolidatsiyalashgan byudjeti tarkibida Davlat byudjeti va Davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarini ko’rish mumkin. (2.2.4-diagrammaga qarang)
2.2.4-diagrmma

Konsolidasiyalashgan budjet daromadlari, xarajatlari va taqchilligi20






2.2.5-diagramma


Konsolidasiyalashgan budjet daromadlari, xarajatlari va taqchilligi21









20 www.mf.uz ma’lumotlar asosida muallif ishlanmasi.
Konsalidasiyalashgan budjet kiyingi moliyaviy yillarda musbat budjet holatiga o’tish imkoniyati borligidan dalolat beradi. (2.2.5-diagrammaga qarang)
O’zbekiston Respublikasi Soliq siyosatini takomillashtirish kontseptsiyasida belgilangan maqsadlarga erishish quyidagi rasmda ko'rsatilgan. (2.2.4-rasmga qarang)
Soliq yukini izchillik bilan kamaytirish, soliq solish tizimini soddalashtirish va soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish iqtisodiyotni jadal rivojlantirish hamda mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini yaxshilashning eng muhim shartlari hisoblanadi.
Shu bilan birga, o’rganishlar natijalari mazkur sohada bir maromda iqtisodiy o’sishga, ishbilarmonlik va investitsiyaviy faollikni oshirishga, sog’lom raqobat muhitini shakllantirishga, shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar yig’iluvchanligining zarur darajasini ta’minlashga to’sqinlik qilayotgan bir qator tizimli muammolarni bartaraf etish ko’ndalang masala bo’lib qoladi.



    1. Yüklə 0,71 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə