Ziyonet Iqtisodiy islohotlarni shakllantitirshda soliq siyosatining ustivor yo


O’zbekiston Respublikasida soliq siyosatini tashkil etishning asosiy



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə11/15
tarix22.03.2024
ölçüsü0,71 Mb.
#183573
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
iqtisodiy islohotlarni shakllantirishda soliq siyosatining ustuvor

O’zbekiston Respublikasida soliq siyosatini tashkil etishning asosiy


yo’nalishlari va istiqbollari.
Jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh qilish borasidagi choralar samaradorligi mamlakat soliq siyosatida ham o‘zgarishlar bo‘lishini taqozo etadi. Soliq, siyosatini takomillashtirish mamlakatda olib borilayotgan islohotlarning chuqurlashuvi, mulkchilik shaklidagi o‘zgarishlar, mahsulotlarga baho belgilash, bank tizimi, pul-kredit siyosatidagi islohotlar bilan uzviy bog‘liqlikda olib boriladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan soliq siyosati takomillashtirilishiga joylarda alohida e’tibor qaratilishi kun tartibidagi muhim masalalardan biri bo'lmoqda.
Davlat budjeti, uning daromad va xarajatlari jamiyatning iqtisodiy kategoriyalari bilan chambarchas bog’liq bo’lib, chunki davlat budjeti jamiyatda yaratilgan ijtimoiy mahsulot qiymatining taqsimlanish jarayonida o’zining moddiy shakliga ega bo’ladi.
Davlat budjeti barqarorligini ta’minlashning o’ziga xos xususiyatlari, eng
avvalo, iqtisodiyotning barqarorligi va muvozanatlashtirilgan o’sishni ta’minlash, eng muhimi tarmoqlarni yanada tarkibiy jihatdan o’zgartirish, texnik va texnologik jixatdan yangilashni faol davom ettirish, shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’eklarini xar tomonlama qo’llab quvvatlash, diversifikatsiyalangan va raqobatbardoshli iqtisodiyotni shakllantirish xamda bank - moliya tizimida bir qancha imtiyoz va qulayliklar yaratishdir.
Bilamizki, davlat budjeti daromadlari davlat budjeti barqarorligini ta’minlashning asosiy manbai xisoblanadi. Davlat budjetining daromadlari o’zining manbalari, ijtimoiy - iqtisodiy xarakteri, mulkchilik shakli, soliq va to’lovlarning turlari, mablag’larning tushish shakli va ularni budjetga undirish metodlariga muvofiq klassifikatsiya qilinishi mumkin.
2019 yilga mo’ljallangan Davlat byudjeti daromadlari 102.6 trln. so’m yoki YaIM ga nisbatan 24.2 foiz miqdorida rejalashtirilgan, bu 2018 yil ko’rsatkichidan
37.7 foizga ko’pdir.
Davlat budjeti barqarorligini ta’minlash hamda budjet daromadlarini shakllantirishda soliqlar ulushini yanada oshirish quyidagi tamoyillarga asoslanishi maqsadga muvofiqdir:

  • Soliqlarning budjetga olinishi mamlakat milliy boyligi manbalarining tugashiga olib kelmasligi kerak;

  • Soliqlar ularni to’lovchilar o’rtasida teng taqsimlanishi lozim;

  • Soliqlarni ishlab chiqaruvchilarning aylanma fondlari xajmiga ta’sir ko’rsatmasligi lozim;

  • Soliqlarning sof daromadga nisbatan xisoblanishi;

  • Davlat uchun soliqlarning undirilishi iloji boricha arzonroq bo’lishi lozim;

  • Soliqlarning undirilish jarayoni xususiy sektorni siqib chiqarmasligi kerak;

  • Sub’ektlarning mustaqil faoliyat ko’rsatishiga sharoitlar yaratish;

  • Budjet daromadlarini shakllantirishda ulushli ishtirok etish.

Bu tamoyillar budjet daromadlarini aholi mablag’lari hisobidan shakllantirishda qo’llanilib, uning natijasida aholi daromadlari darajasiga bog’liq ravishda bir qismi budjetga o’tkaziladi.
Milliy iqtisodiyotning o’sishi, narx omili va qo’shimcha daromad manbalarini aniqlash 2019 yilda Davlat byudjeti daromadlari o’sishining asosiy omillari hisoblanadi.
Egri soliqlarning asosiy tushumlari QQS hisobiga (74 foizi) ta’minlanadi. Yillik aylanmasi (tushumi) 1 mlrd. so’mga etgan korxonalar umumiy belgilanadigan soliqlar to’lashga o’tkazilishi munosabati bilan soliq to’lovchilar sonini oshirish hisobiga QQS ni oshirish rejalashtirilmoqda. Aktsiz solig’i tushumining oshishi alkogolli va tamaki mahsulotlari uchun aktsiz solig’i stavkalari indeksatsiyasi bilan bog’liq. (2.3.1- diagrammaga qarang)
Moliyaviy rag’batlantirish tizimini rivojlantirish va yuridik hamda jismoniy shaxslar daromadlarini jadal sur’atlar bilan o‘sishini ta’minlash uchun sharoit yaratish soliq siyosatining ustuvor yo‘nalishi bo’lib hisoblanadi.Bu maqsadlarni amalga oshirishning eng maqbul yo'li iqtisodiyotda soliq imtiyozlarining faol amal qilinishini ta'minlashdir.Mustaqillikka erishganimizdan beri muntazam ravishda yuridik va jismoniy shaxslar uchun soliq imtiyozlari berilib borilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 4 dekabr PQ 2270-qaroriga asosan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i stavkasi 7.5 % ga kamaytirilishi natijasida yuridik shaxslardan olingan foyda solig’i summasi 1180.5 mlrd. so’mni tashkil qildi. Bu yuridik shaxslardan olingan foyda solig’i summasining Respublika budjeti umumiy daromadidagi ulishi 3.23 % ni tashkil qilganligini bildiradi. Ma’lumotlarga qaraydigan bo’lsak, 2016 yilga kelib yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i stavkasi o’zgarmagan xolda minimal qiymatidagi summa 1215.1 mlrd. ga oshdi va bu daromad yuridik shaxslardan olingan foyda solig’i summasining Respublika budjeti umumiy daromadining 2.96 % ga kamaytirdi. 2017 yilda esa yuridik shaxslardan olingan foyda solig’i summasining Respublika budjeti umumiy daromadidagi ulushi 2016 yilning Respublika budjeti umumiy daromadidagi ulishi bilan bir xil bo’lib, lekin minimal qiymati 260.4 mlrd so’mga oshdi va 1475.5 mlrd. so’mga yetdi. Diagrammada 2016 - 2017 yillarda yuridik shaxslardan olingan foyda solig’i summasining Respublika budjetining umumiy daromadidagi ulushi o’zgarmagan xolda minimal qiymatini oshganligini ko’rsatgan.
O’zbekiston Respulikasi Prezidentining 2017 yil 29 dekabr PQ 3454-qaroriga asosan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i stavkasi 7.5 % dan 14% ga oshirilganligi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining soliq kodeksiga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi. Buning natijasini siz ushbu diagramma orqali ko’rishingiz mumkin, bunda ko’rinadiki yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ining budjet daromadidagi ulushining minimal qiymati joriy yilda o’tgan yilga nisbatan ikki barobar oshgan.
2018 yilda yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’inig budjet daromadidagi ulushi 2510.9 mlrd, so’mni tashkil qilgan. Shuni ta’kidlab o’tish joizki, 2018 yildagi yuridik shaxslardan olingan foyda solig’i summasining Respublika budjeti umumiy daromadidagi ulishi 4.03% ni tashkil qildi va o’tgan yilning minimal qiymatiga nisbatan 35.7 % ga oshganligini ko’rishimiz mumkin.
2019 yilda yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i tushumida jiddiy o’sish kutilayotgan bo’lib, bu yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i stavkasi kamaytirilishi munosabati bilan yuridik shaxslar daromadlarini legallashtirish bilan bog’liq. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i bo’yicha tushum oshishi (181,0 foizga) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i bo’yicha yassi shkala joriy etilishi hisobiga tadbirkorlik sub’ektlarida xodimlar soni va mehnatga haq to’lash fondi legallashtirilishi va fuqarolarning sug’urta badallari bekor qilinishi bilan izohlanadi.
Amaldagi soliqqa tortish tizimining yana bir muhim muammolaridan biri mulkchilik huquqi asosida soliq to'lovchiga tegishli bo'lgan mulkning bozor bahosini aniqlashdir. Amaliyotda qo'llanilayotgan qonunchilik va me'yoriy hujjatlarga ko'ra, soliqqa tortish obyektlarining bozor bahosini aniqlash mexanizmi belgilanmagan. Shuning uchun ham bu narsa amaliyotda soliq inspektori zimmasiga yuklatilganki, u bozor konyukturasini aniqlashi, mulkning bahosi to'g'risidagi barcha xulosalarni to'plashi, ularni tahlil qilishi va soliqqa tortiladigan summani aniqlashi kerak. Bundan tashqari shu mexanizm bo'lmaganligi sababli soliqqa tortish maqsadlari uchun obyektlarni baholovchi organlar tomonidan aholini uy-joy fondini xususiylashtirishga jalb etish, ko’chmas mulk ikkilamchi bozorini kengaytirishga noqonuniy urinishlarga
sabab bo’lmoqda.
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda soliqqa tortish obyektlarining real bozor qiymatini aniqlash va shunga mos ravishda soliqlardan yo’qotmalarni qisqartirish maqsadida hamda xorijdagi bu ishlarga tegishli bo’lgan tajribalarini inobatga olgan holda soliq organlari tarkibida soliqqa tortish maqsadlari uchun mulkning bozor bahosini aniqlash bo’yicha mutaxassis-baholovchilar institutini tashkil etish maqsadga muvofiq bo’lgan.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə