Zoologiya uzb 2017. indd



Yüklə 3,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/64
tarix23.01.2018
ölçüsü3,87 Kb.
#21848
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   64

122
8.2. Suvda hamda quruqlikda yashovchilar sinfi
suzgich pardasi bor. Orqa oyoqlari ol 
dingi oyoqlariga nisbatan uzun 
va baquvvat bo‘ladi. Quruqlikda baqa orqa oyoqlariga tayanib sakray-
di, suvda esa orqa oyoqlarini dam-badam bukib va yozib suzadi.
Baqaning terisida shilimshiq suyuqlik ishlab chiqaruvchi bez 
lar 
uning terisini  namlab, qurib qolishdan saqlaydi.
Skeleti va muskullari. Baqa skeletining asosiy bo‘limlari zog‘ora-
baliqnikiga o‘xshash suyaklardan iborat (70-rasm). Biroq quruqlikda 
hayot kechirishga moslashishi va oyoqlarining paydo bo‘lishi tufayli 
skeleti tuzilishida qator o‘ziga xos xususiyatlar yuzaga kelgan. Xusu-
san, umurtqa pog‘onasi bo‘yin umurtqasi orqali kalla suyagi bilan 
harakatchan qo‘shilgan. Baqaning qovurg‘alari rivojlanmaganidan 
ko‘krak qafasi ham bo‘lmaydi. Dum umurtqalari birlashib, bitta 
uzun dum suyagini hosil qiladi.
Baqaning oldingi va orqa oyoqlari skeleti kamar suyaklari orqa-
li umurtqa pog‘onasi bilan tutashgan. Oldingi oyoqlar skeleti bitta 
yelka, ikkita bilak va bir qancha panja suyak 
laridan iborat. Ular 
yelka kamari: ikkitadan ko‘krak tirgak, o‘mrov va kurak suyaklari 
orqali umurtqa pog‘onasiga birikadi. Kamar suyaklarining ikkinchi 
uchi to‘sh suyagiga tutashgan. Orqa oyoq 
lar son, boldir, tovon, 
panja  suyaklaridan iborat. Orqa oyoqlar kamarini o‘zaro harakatsiz 
birikkan uchta chanoq suyaklari hosil qiladi. Chanoq suyaklari orqa 
oyoqlar uchun tayanch bo‘ladi. Suvda hamda quruqlikda yashovchi-
lar oldingi va orqa oyoqlarining barcha suyaklari o‘zaro bo‘g‘imlar 
orqali harakatchan birikkan; muskullari nisbatan kuchli rivojlangan. 
70- rasm. Baqa skeleti: 
1 – bosh skeleti; 2 – jag‘; 3 – 
kurak; 4 – o‘mrov; 5 – panja; 
6 – bilak; 7 – yelka; 8 – tovon; 
9 – boldir; 10 – son; 11 – 
chanoq suyaklari; 12 – dum; 
13 – umurtqa pog‘onasi
2
1
6
8
7
13
4
5
3
9
10
11
12


123
36-§. Ko‘l baqasining ichki tuzilishi
Shuning uchun ularning harakati baliqlarnikiga nisbatan xilma-xil va 
murakkab bo‘ladi.
1. Baqa tashqi tuzilishining quruqlikka moslashishi nimadan iborat?
2. Baqaning suvda yashashga moslashish belgilari nimadan iborat?
3. Baqaning umurtqa pog‘onasi qanday tuzilgan?
4. Baqaning oldingi oyoqlari qanday suyaklardan iborat?
5. Baqaning keyingi oyoqlari qanday suyaklardan iborat?
1. Baqaning boshi tanasiga: 
a) harakatchan, 2 ta umurtqa orqali birikkan;
b) harakatsiz birikkan;
d) harakatchan, bitta umurtqa orqali birikkan.
2. Baqaning oldingi oyoqlari skeleti:
a) yelka, bilak, panja suyaklaridan iborat;
b) yelka, boldir, panja suyaklaridan iborat;
d) yelka kamari, o‘mrov, barmoq suyaklaridan iborat.
3. Baqaning orqa oyoqlari skeleti:
a) son, bilak, panja suyaklaridan iborat;
b) son, boldir, tovon, panja suyaklaridan iborat;
d) son, chanoq, boldir, panja suyaklaridan iborat.
Lugat daftaringizga yozib oling.
Ko‘l baqasi, qovoqlar, rezonatorlar, yelka kamari, to‘sh, chanoq, dum suyagi, 
ko‘krak, tirsak, kurak.
Jumboqni yeching. Nima sababdan baqaning burun teshigi og‘iz teshigi bilan 
bog‘langan? Baliqlarning burun teshigi esa og‘iz bo‘shlig‘i bilan bog‘lanmagan?
Topishmoqlarda qaysi hayvonlar tasvirlangan?
36. Boshida bor baqbaqasi,   
37. Kunduz ketib, pusib yotadi.
   Tinim bermas vaq-vaqasi.  
   Shomda chiqib, o‘lja tutadi.`
Tasdiqlovchi javoblar: 1d, 2a, 3b.
36-§.   
Ko‘l baqasining ichki tuzilishi
Hazm qilish sistemasi. Baqaning hazm qilish organlari ba-
liqlarnikiga juda o‘xshash bo‘lib, og‘iz bo‘shlig‘i, halqum, 
qizilo‘ngach, oshqozon va ichakdan iborat (71-rasm). Og‘iz 
bo‘shlig‘ida harakatchan tili va jag‘lari bor. Yuqori jag‘i va tangla-
yida konussimon tishchalari bo‘ladi. Baqa orqa ichagining ke 
yingi 
qismi kengayib, kloakani hosil qiladi.
?!


124
8.2. Suvda hamda quruqlikda yashovchilar sinfi
Nafas olish sistemasi. Baqa o‘pka va terisi yordamida  atmosfera 
havosidan nafas oladi. O‘pkasi sodda tuzilgan bir juft xaltachadan 
iborat. Xaltacha devorida va terida juda ko‘p kapil 
lyarlar bor. Ka-
pillyarlardagi qonga atmosfera havosidan kislorod o‘tib turadi. Na-
fas olayotgan baqaning tomog‘i pastga tortilib va ko‘tarilib turadi. 
Tomoq pastga tortilganida havo  burun teshigi va og‘iz bo‘shlig‘i 
orqali o‘pkaga o‘tadi. Tomoq ko‘tarilganida o‘pkadagi karbonat an-
gidrid gaziga to‘yingan havo yana og‘iz bo‘shlig‘i va burun teshigi 
orqali tashqariga chiqib ketadi.
Qon aylanish sistemasi. Baqaning qon aylanish sistemasi or-
ganlari yurak, arteriya, vena va kapillyar  qon tomirlaridan ibo 
rat 
(72-rasm). Yurak bitta qorincha va ikkita bo‘lmadan iborat. Yurak 
qorinchasi bo‘lmalarning ketma-ket qisqarishi tufayli qon tomirlar 
bo‘ylab harakatlanadi. Qon aylanish sistemasi katta va kichik qon 
aylanish doirasidan iborat. Katta qon aylanish doirasi bo‘ylab qon 
yurak qorinchasidan arteriyalar orqali hamma tana organlariga bora-
di. U yerda qon to‘qimalarga kislorodni berib, karbonat angidrid 
gazi bilan to‘yinadi va yurakning o‘ng bo‘lmachasiga qaytib keladi 
72- rasm. Baqaning qon ay-
lanish sistemasi (A) va yuragi 
(B)ning tuzilishi: 
1 – yurak; 2 – o‘pka; 3 – 
kichik qon ayla nish doi rasi; 
4 – katta qon ayla nish doira-
si; 5 – o‘ng yurak bo‘lmasi; 
6 – chap yurak bo‘lmasi; 7 
– yurak qorin chasi; 8 – arte-
riyalar; 9 – venalar
8
9
7
2
3
1
5
6
4
B
A
9
71-rasm. Baqaning 
hazm qilish sis temasi 
(A) va oziq lanishi (B):
1 – og‘iz; 2 – qi-
zil o‘ngach; 3 – oshqo-
zon; 4 – jigar; 5 
–  osh qozonosti  bezi;     
6 – kloaka; 7 – til
6
5
4
2
3
1
7
B
A


Yüklə 3,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə