Genetikadan masalalar to‘plami va ularni echish usullari


Kodominantlik holatda belgilarning irsiylanishi



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə12/79
tarix13.10.2023
ölçüsü1,27 Mb.
#127387
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   79
Genetika masala ishlash usullari

Kodominantlik holatda belgilarning irsiylanishi.
Kodominantlik irsiylanishda odatdagi dominant-retsessiv tarzidagi o‘zaro ta’sir kuzatilmaydi. Genotipdagi har xil ikki allel o‘zaro faoliyat ko‘rsatib, o‘ziga xos belgining irsiylanishini ta’minlaydi. Kodominantlikka misol qilib ABO tizimiga kiruvchi odamlarda qon gruppasining irsiylanishini ko‘rsatish mumkin. Odamlarda to‘rt xil qon gruppalari mavjud: O (I), A (II), B (III), AB (IV). Qon gruppalari I genining uch tipdagi allellari - IA, IB, IO tomonidan boshqariladi. I qon gruppasiga ega odamlarning genotipi - OO; II qon gruppasiga ega odamlarning genotipi - AA yoki AO; III qon gruppasiga ega odamlarning genotipi - BB yoki BO. Dominant A va B allellariga ega bo‘lgan odamlarda A va B allellari o‘zaro birgalikda IV (AB) qon gruppasini belgilaydi.


39-masala*. Onasi uchinchi va otasi birinchi qon gruppasiga ega bo‘lgan bola ota-onasidan birining qon gruppasiga ega bo‘lishi mumkinmi? Onasi to‘rtinchi, otasi birinchi qon gruppasiga ega bo‘lsa-chi?
Masalaning echilishi:
Belgi Gen
I qon gruppasi OO
III qon gruppasi BB, BO
IV qon gruppasi AB

Masalaning birinchi punktida ko‘rsatilishicha, ona III qon gruppasiga ega bo‘lgan holda BB yoki BO genotipli, ota birinchi qon gruppasiga ega bo‘lganligi sababli genotipi - OO. Ikki variantni ham ko‘rib chiqamiz:


III qon gruppa I qon gruppa III qon gruppa I qon gruppa
P ♀ BB X ♂ OO P ♀ BO X ♂ OO
g B O g B, O O
F1 BO - III qon gruppa F1 BO - III qon gruppa
OO - I qon gruppa
Agar ota-ona BO va OO ko‘rinishdagi genotiplarga ega bo‘lsa, farzand ota-onadan birining qon gruppasiga ega bo‘ladi.
Masalaning ikkinchi punktiga ko‘ra, ota-onaning qon gruppalari bo‘yicha genotiplari aniq:
IV qon gruppa I qon gruppa
P ♀ AB X ♂ OO
g A, B O
F1 AO - II qon gruppa, BO - III qon gruppa
Farzand ota-onadan birining qon gruppasiga ega bo‘lmaydi. Farzand II- yoki III- qon gruppasiga ega bo‘ladi.


40-masala. Tug‘ruqxonada ikkita chaqaloqni almashtirib qo‘yishdi. Ulardan birining ota-onasi birinchi va ikkinchi qon gruppasiga, ikkinchisiniki esa ikkinchi va to‘rtinchi qon gruppasiga ega bo‘lgan. Bolalarning qon gruppasi tekshirilganda, ulardan birining qon gruppasi birinchi va ikkinchisiniki esa ikkinchi ekanligi aniqlandi. Bolalarning qaysi ota-onaga tegishli ekanligini aniqlang. Bolalarning qon gruppasini aniqlamasdan ham ularning ota-onasini to‘g‘ri belgilash mumkinmi?


41-masala. Onasi ikkinchi gruppa va otasi birinchi gruppa qonga ega bo‘lgan bolalarning qon gruppalari qanday bo‘ladi? Onasi birinchi qon gruppasiga va otasi ikkinchi qon gruppasiga ega bo‘lgan oiladagi bolalar faqat onasining qon gruppasiga ega bo‘lishi mumkinmi? Qay vaqtda faqat otasining qon gruppasiga ega bo‘ladi?



Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə