Genetikadan masalalar to‘plami va ularni echish usullari



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə17/79
tarix13.10.2023
ölçüsü1,27 Mb.
#127387
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   79
Genetika masala ishlash usullari

62-masala. Pomidor o‘simligida meva rangi qizil va sariq bo‘ladi. Mevasining shakli esa yumaloq va noksimon bo‘ladi.Mevaning qizil va yumaloq bo‘lishi uning sariq va noksimon bo‘lishiga nisbatan dominant belgi hisoblanadi. Har ikkala belgilarni ta’minlovchi genlar boshqa-boshqa xromosomalarda joylashgan.
1) Digeterozigotali qizil va yumaloq mevali pomidor o‘simliklari har ikkala belgi bo‘yicha retsessiv - sariq va noksimon mevali o‘simliklar bilan chatishtirilsa, keyingi avlodda qanday nisbatda genotipik va fenotipik sinflarga mansub o‘simliklar hosil bo‘ladi?
2) Xo‘jalikda pomidor o‘simliklari mevasi yig‘ishtirib olinganda, hamma hosilning 36 tonnasi qizil va yumaloq, 12 tonnasi qizil va noksimon bo‘lgan. Buning sababini tushuntiring.
Agar xo‘jalikda ekilgan o‘simliklar o‘rganilayotgan belgilar bo‘yicha digeterozigotali bo‘lgan bo‘lsa, hosilning qancha qismi sariq va noksimon bo‘lar edi?
63-masala*. Drozofila pashshasida tananing kulrang bo‘lishini B geni, qora bo‘lishini b geni va qanotning uzun bo‘lishini A geni, kalta bo‘lishini esa a geni belgilaydi.
Gomozigotali kulrang va uzun qanotli urg‘ochi pashshalar qora tanali, kalta qanotli erkak pashshalar bilan chatishtirilganida, F1 va F2 da o‘rganilayotgan belgilarning irsiylanishi bo‘yicha qanday genotipik va fenotipik sinflarga mansub pashshalar olish mumkin? F1 pashshalari qora tanali, kalta qanotli pashshalar bilan qayta chatishtirilsa-chi?
Masalaning echilishi:
Belgi Gen
Kulrang tana B
Qora tana b
Uzun qanot A
Kalta qanot a

kulrang tanali, qora tanali,


uzun qanotli kalta qanotli
P ♀ BBAA X ♂ bbaa
g BA ba
F1 BbAa - kulrang tanali, uzun qanotli

kulrang tanali, kulrang tanali,


uzun qanotli uzun qanotli
P ♀ BbAa X ♂ BbAa
g BA, Ba, bA, ba BA, Ba, bA, ba
F 2 1. BBAA = 1
2. BBAa = 2 9 BˍAˍ kulrang tanali, uzun qanotli
3. BbAA = 2
4. BbAa = 4
5. BBaa = 1 3 Bˍaa kulrang tanali, kalta qanotli
6. Bbaa = 2
7. bbAA = 1 3 bbAˍ qora tanali, uzun qanotli
8. bbAa = 2
9. bbaa = 1 1 bbaa qora tanali, kalta qanotli
Har ikki belgi bo‘yicha to‘liq dominantlik hodisasi kuzatilgan vaqtda
F2 da to‘rtta fenotipik sinflar hosil bo‘ladi, ularning nisbati 9 : 3 : 3 : 1. 9 ta genotipik sinflar hosil bo‘ladi, ularning nisbati 1 : 2 : 2 : 4 : 1 : 2 : 1 : 2 : 1
kulrang tanali, qora tanali,
uzun qanotli kalta qanotli
P ♀ BbAa X ♂ bbaa
g BA, Ba, bA, ba ba
FB BbAa - kulrang tanali, uzun qanotli
Bbaa - kulrang tanali, kalta qanotli
bbAa - qora tanali, uzun qanotli
bbaa - qora tanali, kalta qanotli Nisbat 1 : 1 : 1 : 1



Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə