Genetikadan masalalar to‘plami va ularni echish usullari



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə16/79
tarix13.10.2023
ölçüsü1,27 Mb.
#127387
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   79
Genetika masala ishlash usullari

57-masala. Bangidevonaning qizil gulli, tikansiz ko‘sakli o‘simliklari oq gulli, tikanli ko‘sakka ega o‘simliklar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan o‘simliklarning 320 tasi qizil gulli, tikanli ko‘sakka va 312 tasi qizil gulli va tikansiz ko‘sakli bo‘lgan. CHatishtirish uchun olingan o‘simliklarning genotipini aniqlang.


58-masala. CHeklanmagan shoxli, to‘q sariq gulli g‘o‘za o‘simliklari cheklangan shoxli, och sariq gulli o‘simliklar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan o‘simliklarning 27 tasi cheklanmagan shoxli, to‘q sariq gulli; 31 tasi cheklanmagan shoxli, och sariq gulli; 29 tasi cheklangan shoxli, sariq gulli va 26 tasi cheklangan shoxli, och sariq gulli bo‘lgan. Ota-ona va F1 o‘simliklarining genotipini hamda o‘rganilayotgan belgilarning irsiylanish qonuniyatlarini aniqlang.


59-masala. To‘q sariq gulli, tuksiz chigitli g‘o‘za o‘simliklari och sariq gulli, chigiti tukli o‘simliklar bilan chatishtirilganda, F1 o‘simliklari to‘q sariq gulli, tuksiz chigitli bo‘lgan. F2 , FB avlodlarda o‘rganilayotgan belgilarning genotipi va fenotipi bo‘yicha qanday natijalar olish mumkin?


60-masala. Boshog‘i qiltanoqsiz va qizil bo‘lgan bug‘doy o‘simliklari boshog‘i qiltanoqli va oq rangli bo‘lgan o‘simliklar bilan chatishtirilganda, F1 da olingan o‘simliklar qiltanoqsiz va qizil boshoqli bo‘lgan. F2 da esa quyidagicha ajralish ketgan:
159 ta qiltanoqsiz, qizil; 48 ta qiltanoqsiz, oq; 57 ta qiltanoqli, qizil; 16 ta qiltanoqli, oq boshoqli qsimliklar.
O‘rganilayotgan belgi qanday irsiylanadi? F2 o‘simliklarining necha foizi geterozigotali? Tahliliy chatishtirish o‘tkazish uchun F1 o‘simliklarini qanday fenotipga ega bo‘lgan o‘simliklar bilan chatishtirish kerak?


61-masala. YUmaloq, chipor tarvuz o‘simliklari uzunchoq, yashil mevali o‘simliklar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan o‘simliklarning hammasi yumaloq, yashil mevali bo‘lgan. Ikkinchi bir tajribada ham xuddi shunday chatishtirish o‘tkazilganda, keyingi avlodda olingan o‘simliklarni quyidagi fenotipik sinflarga ajratish mumkin bo‘lgan:
20 ta o‘simliklar yumaloq, yashil mevali; 18 ta o‘simliklar yumaloq, chipor mevali; 19 ta o‘simliklar uzunchoq, yashil mevali va 21 ta o‘simliklar uzunchoq, chipor mevali.
CHatishtirish uchun olingan barcha o‘simliklarning genotipini aniqlang. O‘rganilayotgan belgilarning qanday irsiylanishini tushuntirib bering.



Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə