Genetikadan masalalar to‘plami va ularni echish usullari



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə14/79
tarix13.10.2023
ölçüsü1,27 Mb.
#127387
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   79
Genetika masala ishlash usullari

51-masala*. Gomozigotali sariq, silliq donli no‘xat o‘simliklari yashil, burishgan donli o‘simliklar bilan chatishtirilganda, F1 va F2 da olingan o‘simliklarning genotipini, fenotipini hamda genotipik va fenotipik sinflarning sonini va nisbatini aniqlang. F1 o‘simliklari chatishtirish uchun olingan sariq, silliq donli va yashil, burishgan donli o‘simliklar bilan qayta chatishtirilsa, keyingi avlodda genotip va fenotip bo‘yicha qanday natija olish mumkin?
Masalaning echilishi:

bundan oldingi masalada ko‘rilganidek, donning sariq, silliq bo‘lishi dominant A va B genlariga hamda donning yashil, burishgan bo‘lishi retsessiv a va b genlariga bog‘liq. SHunga ko‘ra, bu masala quyidagicha echiladi:


sariq, silliq yashil, burishgan
P ♀ AABB X ♂ aabb
g AB ab
F1 AaBb - sariq, silliq
sariq, silliq sariq, silliq
P ♀ AaBb X ♂ AaBb
g AB, Ab, aB, ab AB, Ab, aB, ab
F2




AB



Ab


aB


ab


AB



AABB
sariq,
silliq
1

AABb
sariq,
silliq
2

AaBB
sariq,
silliq
3

AaBb
sariq,
silliq
4

Ab



AABb
sariq,
silliq
2

AAbb
sariq,
burishgan
5

AaBb
sariq,
silliq
4

Aabb
sariq,
burishgan
6

aB


AaBB
sariq,
silliq
3

AaBb
sariq,
silliq
4

aaBB
yashil,
silliq
7

aaBb
yashil,
silliq
8

ab


AaBb
sariq,
silliq
4

Aabb
sariq,
burishgan
6

aaBb
yashil,
silliq
8

aabb
yashil, burishgan
9



Jadvalda keltirilgan genotipik va fenotipik sinflarni, ularning takrorlanishi hamda nisbatlarini quyidagicha yozib chiqamiz:


F2 da olingan F2 da olingan Fenotipik


genotipik sinflar fenotipik sinflar sinflar nisbati
1 . AABB = 1 sariq, silliq
2. AABb = 2 sariq, silliq 9/16 sariq, silliq
3. AaBB = 2 sariq, silliq ( 9 AˍBˍ)
4. AaBb = 4 sariq, silliq
5 . AAbb = 1 sariq, burishgan 3/16 sariq, burishgan
6. Aabb = 2 sariq, burishgan ( 3 Aˍbb)
7 . aaBB = 1 yashil, silliq 3/16 yashil, silliq
8. aaBb = 2 yashil, silliq ( 3 aaBˍ)
9 . aabb = 1 yashil, burishgan 1/16 yashil, burishgan
jami = 16 ( 1 aabb)
Masalaning javobi:
1) gomozigotali sariq, silliq donli no‘xat o‘simliklari yashil, burishgan donli o‘simliklar bilan chatishtirilganda Mendelning birinchi qonuniga ko‘ra F1 da faqat sariq, silliq donli o‘simliklar hosil bo‘ladi. Ular genotip bo‘yicha digeterozigotali bo‘lib, AaBb genotipga ega.
2) F1 o‘simliklari o‘zaro chatishtirilganda F2 da 9 ta genotipik va
9 : 3 : 3 : 1 nisbatda 4 ta fenotipik sinflar hosil bo‘ladi. YA’ni, Mendelning ikkinchi qonuniga binoan ajralish ketib, 9/16 qism sariq, silliq (A-B-); 3/16 qism sariq, burishgan (A-bb); 3/16 qism yashil, silliq (aaB-) va 1/16 qism yashil, burishgan (aabb) donli o‘simliklar hosil bo‘ladi.
3) F1 o‘simliklari chatishtirish uchun olingan sariq, silliq donli o‘simliklar bilan qayta chatishtirilsa, keyingi avlodda FB da yana sariq, silliq donli o‘simliklar hosil bo‘ladi.
sariq, silliq sariq, silliq
P ♀ AaBb X ♂ AABB
g AB, Ab, aB, ab AB
FB AABB - sariq, silliq
AABb - sariq, silliq
AaBB - sariq, silliq
AaBb - sariq, silliq
4) F1 o‘simliklari chatishtirish uchun olingan yashil, burishgan donli o‘simliklar bilan qayta chatishtirilganda, keyingi avlodda FB da 1 : 1 : 1 : 1 nisbatda to‘rtta fenotipik sinfga mansub o‘simliklar hosil bo‘ladi.
sariq, silliq yashil, burishgan
P ♀ AaBb X ♂ aabb
g AB, Ab, aB, ab ab
FB AaBb - sariq, silliq
Aabb - sariq, burishgan
aaBb - yashil, silliq
aabb - yashil, burishgan

Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə