Genetikadan masalalar to‘plami va ularni echish usullari



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə13/79
tarix13.10.2023
ölçüsü1,27 Mb.
#127387
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   79
Genetika masala ishlash usullari

42-masala. Ota-ona ikkinchi qon gruppasiga ega bo‘lsa, shu oilada tug‘ilgan bolalarning qanday qon gruppasiga ega bo‘lish ehtimoli bor?


43-masala. Onasi birinchi gruppa va otasi to‘rtinchi gruppa qonga ega bo‘lgan oiladagi ettita bolaning birortasi ham ota-onaning qon gruppasiga ega bo‘lmagan. Sababini tushuntiring.


44-masala. Oilada o‘g‘il bola birinchi qon gruppasiga va qiz bolalar esa to‘rtinchi qon gruppasiga ega bo‘lgan. Ota-onaning genotipi haqida nima deyish mumkin?
45-masala. Oilada to‘rtta farzand tug‘ilgan bo‘lib, ulardan ikkitasi birinchi qon gruppasiga, bittasi uchinchi qon gruppasiga va bittasi to‘rtinchi qon gruppasiga ega bo‘lgan. Ota-onaning qon gruppasi qanday? SHu oilada ikkinchi qon gruppasiga ega bo‘lgan bolalarning tug‘ilish ehtimoli qanday?


46-masala. Ota-ona to‘rtinchi qon gruppasiga ega bo‘lsa, shu oilada tug‘iladigan bolalar qanday qon gruppasiga ega bo‘ladi? SHu oilada birinchi qon gruppasiga ega bo‘lgan bola tug‘ilishi mumkinmi?


47-masala. Ota-ona ikkinchi qon gruppasiga ega. Oilada bitta bola tug‘ilgan bo‘lib, uning qon gruppasi birinchi bo‘lgan. Ota-ona o‘zlarining qon gruppalarini bilganlari holda bolaning o‘zlariniki ekanligiga shubha qilishgan.Ularning shubhasi to‘g‘rimi?


48-masala. Ota-ona uchinchi qon gruppasiga ega bo‘lgan. Oilada bitta bola tug‘ilgan bo‘lib, uning qon gruppasi birinchi bo‘lgan. Ota-ona o‘z qon gruppalarini bilganlari holda bolaning o‘zlariniki ekanligiga shubha qilishgan. Ular haqlimi?


Diduragay chatishtirish.
Har ikki belgi bo‘yicha to‘liq dominantlik holatida belgilarning irsiylanishi.
49-masala. Quyidagi genotipga ega bo‘lgan organizmlar qanday tipdagi gametalarni hosil qiladi?
a) CCDD b) CcDD v) Ccdd g) CcDd d) ccdd
50-masala*. No‘xat o‘simligida donning sariq rangli bo‘lishini dominant A geni, yashil rangli bo‘lishini retsessiv a geni, donning silliq shaklda bo‘lishini dominant B geni va donning burishgan bo‘lishini retsessiv b geni belgilaydi. Quyidagi genotipga ega bo‘lgan no‘xat o‘simliklarini chatishtirishdan olingan keyingi avlod o‘simliklarning genotipini va fenotipini aniqlang.
1) AABB x aabb 2) AABb x aabb 3) AaBB x aabb
4) AaBb x aabb 5) AaBb x AaBb
Masalaning echilishi:

1) P ♀ AABB X ♂ aabb 2) P ♀ AABb X ♂ aabb


g AB ab g AB, Ab ab
F1 AaBb - sariq, silliq F1 AaBb - sariq, silliq
Aabb - sariq, burishgan
3) P ♀ AaBB X ♂ aabb 4) P ♀ AaBb X ♂ aabb
g AB, aB ab g AB, Ab, aB, ab ab
F1 AaBb - sariq, silliq F1 AaBb - sariq, silliq
aaBb - yashil, silliq Aabb - sariq, burishgan
aaBb - yashil, silliq
aabb - yashil, burishgan
5) P ♀ AaBb X ♂ AaBb
g AB, Ab, aB, ab AB, Ab, aB, ab
F1




AB



Ab


aB


Ab


AB



AABB
s.s. 1

AABb
s.s. 2

AaBB
s.s. 3

AaBb
s.s. 4

Ab



AABb
s.s. 2

AAbb
s.b. 5

AaBb
s.s. 4

Aabb
s.b. 6

aB


AaBB
s.s. 3

AaBb
s.s. 4

aaBB
ya.s. 7

aaBb
ya.s. 8



ab


AaBb
s.s. 4

Aabb
s.b. 6

aaBb
ya.s. 8

aabb
ya.b. 9



F1 da olingan genotipik F1 da olingan fenotipik Fenotipik


sinflar sinflar sinflar
nisbati
1 . AABB = 1 sariq, silliq (s.s.)
2. AABb = 2 sariq, silliq (s.s.) s.s. AˍBˍ = 9
3. AaBB = 2 sariq, silliq (s.s.)
4. AaBb = 4 sariq, silliq (s.s.)
5 . AAbb = 1 sariq, burishgan (s.b.) s.b. Aˍbb = 3
6. Aabb = 2 sariq, burishgan (s.b.)
7 . aaBB = 1 yashil, silliq (ya.s.) ya.s. aaBˍ = 3
8. aaBb = 2 yashil, silliq (ya.s.)
9 . aabb = 1 yashil, burishgan (ya.b.) ya.b. aabb = 1
Genotipik sinflar nisbati 1 : 2 : 2 : 4 : 1 : 2 : 1 : 2 : 1
Fenotipik sinflar nisbati 9 : 3 : 3 : 1

Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə