Genetikadan masalalar to‘plami va ularni echish usullari



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə11/79
tarix13.10.2023
ölçüsü1,27 Mb.
#127387
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   79
Genetika masala ishlash usullari

35-masala. Nomozshomgul o‘simligida gul rangi qizil, pushti va oq bo‘ladi. Gulning qizil rangi (A) oq rangi (a) ustidan to‘liqsiz dominantlik qiladi. Qizil gulli o‘simliklar oq gulli o‘simliklar bilan chatishtirilsa, F1 da pushti gulli o‘simliklar olinadi. Pushti gulli F1 o‘simliklari o‘zaro chatishtirilsa, keyingi avlodda olingan o‘simliklarning genotipi va fenotipi qanday bo‘ladi?


36-masala. Mevasi qizil qulupnay o‘simliklari oq mevali o‘simliklar bilan chatishtirilganda F1 o‘simliklarining mevasi och qizil bo‘lgan. F2 o‘simliklarining 25% i qizil, 50% i och qizil va 25% i oq mevali bo‘lgan. O‘rganilayotgan belgining irsiylanishini tushuntirib bering. F1 o‘simliklari qizil mevali va oq mevali o‘simliklar bilan chatishtirilsa, keyingi avlodda olingan o‘simliklarning fenotipi qanday bo‘ladi?


37-masala. Qoramollarda junning qizil rangda bo‘lishi AA genotipga, targ‘il bo‘lishi Aa genotipga va oq bo‘lishi aa genotipga bog‘liq. Targ‘il buqa uch xil: qizil, targ‘il va oq sigirlar bilan chatishtirilsa, har bir chatishtirishda targ‘il buzoqlarning tug‘ilish ehtimoli qanday?


38-masala*. Qora patli tovuqlar oq patli xo‘rozlar bilan chatishtirilganda, F1 jo‘jalari pat rangi bo‘yicha chipor bo‘lgan. F1 da olingan chipor tovuq va xo‘rozlar chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan jo‘jalarni pat rangi bo‘yicha 1 : 2 : 1 nisbatda qora, chipor va oq patli jo‘jalarga ajratish mumkin bo‘lgan. O‘rganilayotgan belgining irsiylanishini tushuntirib bering. CHipor tovuqlar qora va oq xo‘rozlar bilan chatishtirilsa, keyingi avlodda olingan jo‘jalarning fenotipi qanday bo‘ladi?
Masalaning echilishi:
1) qora patli tovuqlar oq patli xo‘rozlar bilan chatishtirilganda, F2 da chipor patli jo‘jalarning olinishi va F2 da 1 : 2 : 1 nisbatda qora, chipor va oq patli jo‘jalarga ajralish berishi bu belgining to‘liqsiz dominantlik qilish qonuniyati asosida irsiylanishidan dalolat beradi.
qora oq chipor chipor
P ♀ AA X ♂ aa P ♀ Aa X ♂ Aa
g A a g A, a A, a
F1 Aa - chipor F2 AA Aa Aa aa
1 qora 2 chipor 1 oq
2) chipor tovuqlar qora patli xo‘rozlar bilan chatishtirilganda FB da quyidagicha natija olish mumkin:
chipor qora
P ♀ Aa X ♂ AA
g A, a A
FB AA - 1 qora, Aa - 1 chipor
3) chipor tovuqlar oq patli xo‘rozlar bilan chatishtirilganda FB da quyidagicha natija olish mumkin:
chipor oq
P ♀ Aa X ♂ aa
g A, a a
FB Aa - 1 chipor , aa - 1 oq
Keyingi har ikki chatishtirishda ham genotip va fenotip bo‘yicha 1 : 1 nisbatda ajralish ketadi. CHunki, A geni a geni ustidan to‘liqsiz (chala) dominantlik qilgani uchun har bir genotip alohida fenotipni belgilaydi.



Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə