Geoaxborot texnologiyalari nima? Ularning asosiy vazifalari nima?


Ma'lumotlar bazalari nima va ularning xususiyatlari qanday?



Yüklə 54,61 Kb.
səhifə9/48
tarix26.10.2023
ölçüsü54,61 Kb.
#131152
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   48
geo yakuniy

Ma'lumotlar bazalari nima va ularning xususiyatlari qanday?

MBning iyerarxik, tarmoqli va relyastion modellari farqlanadi. Iyerarxik ma’lumotlar bazasi modelida axborotlar qat’iy qaramlik bo’yicha yoziladi. Bunday tarkibga ega malumotlarni saqlash quyidagi rasmda keltirilgan model yordamida yaxshi tushunilishi mumkin. Malumotlaming tarmoqli bazasidan axborotlaming tarkibi oddiyga nisbatan ancha murakkab bo’lganida foydalaniladi. Malumotlaming tarmoqli va iyerarxik bazalari juda aniq qo’yilgan munosabatlar to’plamidan iborat bo’ladi, shuning uchun ma’lumotlar tarkibini dastlab tanlash zarur. Malumotlar bazasi tarkibiga o’zgarish kiritish malumotlar bazasini qayta qurishni anglatadi. Biror bir zarur savolga javob olish uchun esa maxsus dastur yozishga to’g’ri keladi. Foydalanuvchilarning savollariga javob berish uchun ba’zan haftalab, oylab vaqt talab qilinadi, natijada ma’lumotlar o’z dolzarbligini yo’qotadi. Iyerarxik va tarmoqli modellarining kamchiliklari malumotlaming yangi - relyastion modeli paydo bo’lishiga sabab bo’ldi. Relyastion model MB tarkibini soddalashtirishga qaratilgan. Unda xamma malumotlar qator va ustunlardan iborat bo’lgan sodda jadvallar ko’rinishiga keltiriladi. Ma’lumotlar bazasining xar bir jadvaliga maxsus nom byeriladi. Xar bir gorizontal qatoming aloxida fizik moxiyati mavjud, masalan, biror bir mamuriy xudud. Kartada u aloxidagi maxsus grafikli obekt bo’lishi mumkin. Jadvalning barcha N - qatorlarida viloyatning shuncha M - xududi ifodalanadi, ya’ni jadvalning xar bir qatori ushbu xududga tegishli ma’lumotni o’zida jamlaydi. Xozirgi kunda malumotlaming relyastion bazasi axborotni saqlash uchun ommobop bo’lgan model xisoblanadi, chunki u o’zida tasvimi ko’rgazmali tasvirlashni, ular bilan ishlashni ma’lum darajada soddalashtirishni taminlaydi. Kartografiyada GISdan foydalanishda, ma’lumotlar bazasining relyastion modelida ikki turkum ma’lumotlar saqlanadi - grafikli va atributli (mazmunli). Ma’lumotlaming grafikli bazasida kartaning grafikli yoki o’lchamli asosi raqam ko’rinishida saqlanadi. Ma’lumotlaming mazmunli bazasida esa kartaning mazmuni va kartaga to’g’ridan-to’g’ri kiritilishi mumkin bo’lmagan fazoviy ma’lumotlarga tegishli qo’shimcha axborotlar saqlanadi. Ularga ob’ektning sifati tavsifini ifodalovchi mintaqaning matni kiradi, ob’ekt atributlarini o’z ichiga olgan jadval atributiv jadval deyiladi.





Yüklə 54,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə