Toshkent davlat transport universiteti



Yüklə 1,99 Mb.
səhifə1/9
tarix11.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#109727
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Ekspluatatsiya .Izzatjon y(2) (2)

TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI


Qurilish muhandisligi fakulteti


“Temir yo’l muhandisligi” kafedrasi
EKSPLUATATSIYADAGI TEMIR YO’LLARNI TA’MIRLASHNI LOYIHALASH fanidan
Amaliy mashg’ulotlar hisoboti
Mavzu: Tortish hisoblari




Bajardi: YMTY-4 guruhi talabasi


Murodov I
Tekshirdi: Begmatov N
Toshkent 2023

Mundarija :


Boshlangich ma’lumotlar



  1. Loyihalanayotgan yangi temir yo‘lning mahalliy tortish xududi chegarasini aniqlash……………………………………………………………………………

  2. Mahalliy yuk tashishlar xajmi…………………………………………………..

  3. Tranzit yuk tashish xajmi……………………………………………………….

  4. Temir yo‘lda yuk aylanishi. Yangi temir yo‘l toifasini belgilash………………..

5. Harakat vositalarininig ta’rifi………………………………………………….
6.Sostav harakatiga bo’lgan asosiy о’rtacha solishtirma qarshiliklar…………….
7. Sostav og'irligi va uzunligini aniqlash
8. Lokomotiv tortish kuchining egriliklari.
9. Poyezdni sekinlashtiruvchi kuchlarni aniqlash
10. Teng ta’sir etuvchi solishtima kuchlar diagrammasi
11.Poyezdning harakat tezligi va yurish vaqti egriliklarini chizish ……………..
12.Poyezdning yurish vaqtini barqaror tezliklar usuli bilan aniqlash……………………
13. Qiyalikdan tushishda poyezdning ruxsat etilgan maksimal tezligini aniqlash…
14.Inertsional ko’tarilishning uzunligi………………………………………….

1- amaliy mashg’ulot mavzusi:
Loyihalanayotgan yangi temir yo‘lning mahalliy tortish xududi chegarasini aniqlash
Mashg’ulotning maqsadi: Mahalliy tortish xududi chegarasini aniqlashni o’rganish.
Mashg’ulotning vazifalari: Mahalliy tortish xududi chegarasini aniqlash
Mahalliy tortish hududining chegarasi temir yo’l loyihalanayotgan hududdagi mavjud temir yo’l poligonining shakliga bog’liq holda turli usullar bilan aniqlanishi mumkin.
Mavjud temir yo’l poligoni berk (tutashgan) bo’lsa, analitik, tutashmagan bo’lsa, - bissektrisalar yoki perpendikulyar usuli qo’llaniladi. Analitik usulning mohiyati quyidagidan iborat: mavjud va loyihalanayotgan temir yo’ldan kelayotgan yuk oqimlari tutashadigan stansiyagacha 1,0 t yukni tashish tannarxi teng bo’ladigan nuqtani topishdir.
Yangi temir yo’l yo’nalishini belgilash hudud kartasida amalga oshiriladi. Belgilangan stansiyalar oralig’ida yuk ortish-tushirish operatsiyalarini amalga oshiradigan stansiyalar holati belgilanadi. Bunda barcha stansiyalar orasidagi masofa tahminan bir xil bo’lishini ta’minlash lozim.
Belgilangan barcha stansiyalar siniq chiziq bilan tutashtiriladi. Ushbu siniq chiziq loyihalanayotgan yangi temir yo’lning tahminiy yo’nalishi deb qabul qilinishi mumkin. Loyihalanayotgan stansiyalarga aholi punktlarining nomini berish maqsadga muvofiqdir.


1-rasm. Yangi temir yo’lni loyihalash hududining umumiy sxemasi
Mahaliy tortish hududi chegarasini belgilashda mavjud va loyihalanayotgan temir yo’ldagi qarama qarshi yotgan stansiyalar juftligi ko’rib chiqiladi. Yuklarni mavjud va loyihalanayotgan temir yo’ldan yuk oqimlari tutashadigan stansiyagacha o’tqazish marshruti tuziladi va tashish masofasi aniqlanadi.
Yangi temir yo’ning umumiy uzunligi 189 km. Mavjud va loyihalanayotgan stansiyalar orasidagi masofalar 70 km, 55 km va 64 km tashkil etadi.
Yuklarni mavjud va loyihalanayotgan temir yo’ldan tashish tannarxi teng bo’ladigan nuqtani holati quyidagi tenglamalar sistemasidan foydalanib topiladi:

Bu yerda:
, – 1,0 t yukni mavjud va loyihalanayotgan temir yo’ldan tashish tannarxi so’m/tkm;
– yuklarni loyihalanayotgan temir yo‘l bo‘ylab tashish masofasi, km;

km,kl– mavjud va loyihalanayotgan temir yo’l bo’ylab tashish 1,0 t yukni I km ga tashish narxi, so’m/km;


Lm – yuklarni mavjud temir yo‘l bo‘ylab tashish masofasi, km;
Lm1 – yuklarni yangi temir yo’l stansiyasidan yuk oqimlari tutashadigan stansiyagacha mavjud temir yo’l bo’ylab tashish masofasi, km;
a1,am – mavjud va loyihalanayotgan temir yo‘ldagi stansiyalargacha 1,0 t yukni avtotransport bilan I km ga tashish tannarxi, so’m/tkm;
l – mavjud va loyihalanayotgan temir yo‘ldagi stansiyalar orasidagi masofa, km;
x – loyihalanayotgan temir yo‘ldagi stansiyadan tortish hududi chegarasidagi yotgan qidirilayotgan nuqtagacha bo’lgan masofa, km.







l,km

Ll,km

Lm,km

L1l,km

kl,so’m/km

km,so’m/km

al,so’m/km

am,so’m/km

X,km

93

70

105

0

0.26

0.46

6.6

7.6

49.4



6,6x+32,2=706,8-7,6x+27,3
14,2x=701,9
x=49.4 km



Qishloq aholisining o’rtacha zichligi 1 km2 ga 88 kishini tashkil etadi. Bu holda qishloq aholisining umumiy soni quyidagiga teng:


Mevazor stansiyasining tortish hududida 88x1600=140 800 ming kishi
Tutzor stansiyasining tortish hududida 88x2175=191 400 ming kishi
Aholining o’sish suratlari inobatga olinib, hisoblangan yillar uchun qishloq aholisining soni quyidagi ifoda bo’yicha aniqlanadi:

Bunda
At - hisoblangan yilga aholi soni;


Ah - hisobot yilida aholi soni;
O’ - aholi sonining yillik o’sish surati, ulush yoki foizlarda ifoda etiladi;
t - hisobot yilidan hisoblangan yilgacha bo’lgan muddat (5 yil).
Masalan aholining yillik o’sish surati 2,6 % ni tashkil etadi.
Mevazor stansiyasining tortish hududida

Tutzor stansiyasining tortish hududida






Qishloq aholisining o'rtacha zichligi
kishi

Tortish hududi yuzalari
km2

Aholining yillik o'sish surati
%

5-yilga hisoblangan aholisoni
mingkishi

Mevazor

Tutzor

Mevazor

Tutzor




Mevazor

Tutzor

0

88

88

1600

2175

0,026

160 080

217 610



Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə