Geoaxborot texnologiyalari nima? Ularning asosiy vazifalari nima?


Geoaxborot texnologiyalari taʼrifini tushuntirishingiz mumkinmi?



Yüklə 54,61 Kb.
səhifə2/48
tarix26.10.2023
ölçüsü54,61 Kb.
#131152
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
geo yakuniy

Geoaxborot texnologiyalari taʼrifini tushuntirishingiz mumkinmi?

Hozirgi paytga kelib GISning 20 dan ortiq ta’rifi mavjud bo’lib, ularning xar biri o’zicha e’tiborga loyiq. Internet va davriy ravishda chop etilayotgan ilmiy jurnal va adabiyotlarda GISning qo’yidagicha ta’riflari keltirilgan:


1. Albyer R. GIS - bu geografik ma’lumotlarini saqlash, ularga ishlov berish va natijalarni tasvirlay oladigan apparat-dasturli vosita va inson faoliyatidan iborat bo’lgan majmuadir.
2. Byerry J. GIS - bu ichki pozistionirlangan avtomatik fazoviy axborot tizimi bo’lib, malumotlami kartografik tasvirlash, taxrir qilish va boshqarish uchun yaratiladi.
3. Clarce K.C. GIS - bu fazoviy taqsimlangan xodisalar, jarayonlar va voqealarni kuzatishda nuqtalar, chiziqlar va maydonlar ko’rinishida bo’lgan manbalarning malumotlar bazasidan iborat bo’lgan axborot tizimining maxsus xolatidir.
4. Degani A. GIS - bu foydalanuvchilarning maxsus talablarini aniq konstepstiya va texnologiyalar tarkibi doirasida qoniqtirish maqsadida EXMlarda malumotlarni fazoviy qayta xisoblash, grafikli va kartografik o’zgartirish uchun qo’llaniladigan ko’pgina modellar birlashmasini o’zida mujassamlagan dinamik uyushgan ma’lumotlar tizimi dir.
5. Konecny M. GIS - bu geografik tadqiqotlar va ularning natijalaridan amaliyotda foydalanish uchun qulay bo’lgan malumotlarni to’plashni, EXM xotirasiga kiritishni, ishlov berishni va uzatishni amalga oshiruvchi shaxslar, texnika va tashkillashtirish vositalaridan iborat bo’lgan tizimdir.
6. Koshkarev A V. GIS - bu fazoviy ma’lumotlarni yig’ish, ularga ishlov berish, tasvirlash, tarqatish, atrof muhit ob’ektlarini ro’yxatga olish, natijani taxlil qilish, modellashtirish, bashoratlash va boshqarish bilan bog’liq ilmiy va amaliy geografik masalalami echishda samarali foydalanish uchun joy haqidagi malumotlar va bilimlarni birlashtirishni ta’minlaydigan apparat-dasturli inson-mashina majmuasidir.
7. Langeforce B. GIS - bu tarkibida xudud haqidagi komponentlar ma’lumotlariga ega bo’lgan, yig’ish, uzatish, saqlash, ishlov berish va axborot berishdan iborat tizimdir.
8. Lillecand P. GIS - bu ma’lumotlar bazasini kengaytirishga, ma’lumotga ishlov berishga, ularni karta va jadval ko’rinishida tasvirlashga, xo’jalik faoliyatining u yoki bu masalasi echimi to’g’risida qaror qabul qilishga moslashgan ma’lumotlar bazasi, apparalura, ixtisoslashgan matematik ta’minot va dasturlar to’plamidan iborat bo’lgan tizimdir.
9. Mas.Donald C.L., Grain I.K. GIS - bu geografik aniq ma’lumotlarni yig’ish, saqlash, murakkablashtirish, qidirish va tasvirlash uchun loyixalashtirilgan tizim. Kartografik asosga nisbatan geografik aniqlangan, mavzuli qatlamlar ko’rinishida saqlanayotgan ma’lumotlar ustida ishlashga va ularni boshqarishga moslashgan tizimdir.
10. Simonov.A V. GIS - bu geografik koordinatali ma’lumotlarni raqamli tasvirlash, to’ldirish, boshqarish, ko’paytirish, taxlil qilish, matematik-kartografik modellashtirish va obrazli tasvirlash uchun yaratilgan apparat-dasturli vositalar va algoritmik muolajalar tizimdir.
11. Star J.I., Cosentino M.J., Foresman T.W. GIS - bu malumotlami yig’ish, saqlash, izlash va ular ustida ishlash uchun yaratilgan aniq fazoviy tizimdir. GIS - bu aniq fazoviy malumotlami boshqarish va taxrir qilish vositasidir.
12. Tikunov V.S. GIS - bu malumotlarni yig’ish, tizimlash, saqlash, ishlov berish, baxolash, tasvirlash va tarqatishni amalga oshiradigan va ular asosida yangi axborot va bilimlarni olish vositasi sifatida qaraladigan intyeraktiv tizimdir.
13. Trofimov A.M., Panasyuk M.V. GIS - bu avtomatik vositalar yordamida amalga oshirilgan tabiat va jamiyat orasidagi tasvirning tyerritorial soxalari, ularni izlash, ma’lumotlarini kiritish, modellashtirish va boshqa dasturiy ta’minot xaqidagi bilimlar tizimlari omboridir.
14. Vitek J.D., Walsh St. J., Gregory M.S. GIS - bu qaror qabul qilishni quvvatlash uchun geografik jixatdan aniq malumotlarni kiritish, umumlashtirish va taxlilni taminlashga qaratilgan axborot tizimidir.
15. Asosiy iboralarning mа'noli lug’ati: Geoinformatika. GIS - bu fazoviy malumotlarni yig’ish, saqlash, ishlov berish, kiritish, tasvirlash va tarqatishni ta’minlovchi axborot tizimidir.
16. Raklov V.P. GIS - bu fazoviy ob’ektlar haqidagi malumotlarni yig’ish. to’plash, saqlash, ishlov berish, tasvirlash, taxlil qilish va tarqatish uchun mo’ljallangan texnika va dasturiy vositalar, texnologik, tashkiliy-metodik va axborotli ta’minot tizimidir.
Bu ta’riflarning ko’pchiligida GIS xaqida o’xshash so’z va gaplar mavjud bo’lsada, umuman ishlatilmagan iboralar xam bor. Bu esa GISni kundan-kunga murakkablashayotganini bildiradi, uni chuqurroq o’zlashtirmasdan tushunish va tassavur qilish qiyinligini anglatadi



Yüklə 54,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə