Geografiya fanlari tizimi va uning tarkibi


«Geotizim» va «Seysmik mintaqa» atamalarining mazmun-mohiyatini tushuntiring



Yüklə 1,85 Mb.
səhifə15/33
tarix17.04.2023
ölçüsü1,85 Mb.
#105990
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   33
10-sinf geografiya fanidan imtihon javoblari-2021.

«Geotizim» va «Seysmik mintaqa» atamalarining mazmun-mohiyatini tushuntiring.

Javob: Geotizim – boshqariluvchan tizimlarning alohida, o‘ziga xos sinf; Yer yuzasidagi komponentlari bir-biri bilan tizimli aloqada bo‘lgan hamda ma’lum yaxlitlik sifatida fazo qobig‘i va kishilik jamiyati bilan o‘zaro ta’sirda bo‘ladigan barcha o‘lchamdagi makon.
Seysmik mintaqa- tez-tez vulqon va zilzilalar sodir bo‘lib turadigan mintaqa.

  1. O‘zbekiston siyosiy-ma’muriy xaritasidan ham Qozog‘iston, ham Tojikiston bilan chegaradosh bo‘lgan respublikamizning viloyatlarini ko‘rsating. Bu viloyatlar markazlaridan qaysi biri Grinvichga eng yaqin joylashgan? Bu shaharning geografik koordinatalarini aniqlang.

Javob: Toshkent, Sirdaryo, Jizzax. Bular ichida Jizzax viloyatining markazi Jizzax shahri grinvichga eng yaqin hisoblanib, uning koordinatalari: 40°15' shimoliy kenglik, 67°45' sharqiy uzoqlik

15-BILET


1. Zilzila va vulqonlar. Seysmik muntaqalar. 12 ballik seysmik shkala.
Javob: Zilzila – yer po‘stining ichki qismida ro‘y beradigan uzilish, sinish, siljish kabi jarayonlar ta’sirida sodir bo‘ladigan silkinishlar. Sabablariga qarab: tektonik, vulqon va o‘pirilish zilzilalariga bo‘linadi. Zilzila kuchi 10 yoki 12 balli seysmik shkala yordamida aniqlanadi. Respublikamizda 12 balli seysmik shkaladan foydalaniladi.
Vulqonlar – yer po‘stida sodir bo‘ladigan tektonik harakatlar natijasida paydo bo‘lgan yoriqlar orqali lava, issiq gaz, suv bug‘lari va boshqa jinslar chiqib turishidan hosil bo‘lgan konussimon qalqonsimon, gumbazsimon tog‘lar va tepalar. Vulqon og‘zi – krater, tagi – magma o‘chog‘i, mo‘riga o‘xshash tik o‘rta qismi – vulqon kanali deb ataladi. Vulqon krateridan otilib chiqadigan lavaning harorati 1500° C gacha yetadi. Vulqonlar shartli ravishda so‘ngan va harakatdagi vulqonlarga bo‘linadi. Hozirgi paytda sayyoramizda 800 dan ortiq harakatdagi vulqonlar mavjud.
Litosfera plitalari to‘qnashgan joylarda tez-tez vulqon va zilzilalar sodir bo‘ladi. Bunday mintaqalar seysmik mintaqalar deb ataladi. Yer yuzasida ikkita muhim seysmik mintaqa mavjud: 1) Tinch okean “olovli” halqasi; 2) Alp–Himolay seysmik mintaqasi. Tinch okean “olovli” halqasi Tinch okeani qirg‘oqlari va unga tutash orollarni qamrab oladi. Alp – Himolay seysmik mintaqasi Atlantika okeani sohillaridan boshlanib, Pireney yarimoroli, Himolay tog‘lari orqali o‘tib, Tinch okeani sohillarigacha bo‘lgan hududlarni o‘z ichiga oladi.

Yüklə 1,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə