Geografiya fanlari tizimi va uning tarkibi


«Global shahar» va «Madaniy landshaft» atamalarining mazmun-mohiyatini tushuntiring



Yüklə 1,85 Mb.
səhifə32/33
tarix17.04.2023
ölçüsü1,85 Mb.
#105990
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
10-sinf geografiya fanidan imtihon javoblari-2021.

«Global shahar» va «Madaniy landshaft» atamalarining mazmun-mohiyatini tushuntiring.

Javob: Globalal shahar – aholi soni bir necha million kishiga teng bo‘lib, yirik transmilliy korporatsiyalar va xalqaro tashkilotlar qarorgohlari, dunyodagi eng yirik port, sanoat korxonalari, bank, moliyaviy jamg‘arma va birjalar joylashgan shahar. Madaniy landshaft – jamiyat manfaatlarini ko‘zlab, xususiyatlari inson tomonidan ilmiy asosda va oqilona o‘zgartirilgan geotizim.

  1. Dunyoning siyosiy xaritasidan Markaziy Osiyo davlatlarini ko‘rsating. Ulardan maydoni va aholisi jihatidan eng kichiklarini ajrating. Ushbu davlatlar poytaxtlaridan birining geografik koordinatalarini aniqlang.

Javob: Markaziy Osiyo davlatlari: Qozog’iston, Qirg’iziston, O’zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston. Ular ichida Tojikiston (142 ming km2) maydoniga ko’ra eng kichigi bo’lsa, Turkmaniston (5,9 mln kishi) aholi soniga ko’ra eng kam davlat hisoblanadi. Tojikistonning poytaxti-Dushanbening geografik koordinatalari: 38°38' shimoliy kenglik, 68°51' sharqiy uzoqlik.

30-BILET


1. Osiyoning subregionlarga bo‘linishi. Sharqiy Osiyo siyosiy xaritasi, davlatlarining iqtisodiy rivojlanishi.
Javob: Osiyo jahondagi eng yirik qit’a hisoblanib, uning maydoni 43,4 mln km2 (jahon quruqlik yuzasining 29,2 %)ni, aholisi soni esa 4,4 mlrd kishiga yaqin (jahon aholisining 59,5% ni tashkil etadi). Zamonaviy Osiyo siyosiy xaritasida 47 ta mustaqil davlat mavjud. Bu davlatlarning 13 tasi monarxiya boshqaruv shakliga, 7 tasi federativ ma’muriyhudu diy tuzilishga ega. Qit’a hududi 5 ta subregionga – Janubi-g‘arbiy, Janubiy, Sharqiy, Janubi-sharqiy va Markaziy Osiyoga ajratiladi.
Mazkur subregionlarni madaniy-tarixiy mintaqalar sifatida ham ko‘rish mumkin. Ularni ajratishda tarixiy, etnik, diniy omillar bilan bir qatorda, tabiiy belgilarga ham e’tibor qaratilgan.
Sharqiy Osiyo davlatlari. Osiyoning sharqiy qismida joylashgan hududlari Sharqiy
Osiyo subregioni hisoblanadi. Shimoliy, g‘arbiy, janubiy qismlaridan mintaqaning quruqlik chegaralari o‘tsa, sharqi Yapon, Sariq, Sharqiy Xitoy, Janubiy Xitoy dengizlari zanjiri bilan o‘ralgan. Uning umumiy maydoni 11,8 mln km2, aholisi soni esa 1,5 mlrd.dan ortiq. Mazkur mintaqa Yer shari quruqlik maydoning deyarli 8% ini egallaydi; dunyo aholisining 22,2% ni o‘z ichiga oladi; dunyo bo‘yicha YMM ning 1/4 qismidan ortiq shu mintaqa hissasiga to‘g‘ri keladi. Subregion hududida 5 ta mustaqil davlat joylashgan. Subregionda o‘rtacha urbanizatsiya darajasi 58% bo‘lgan holda, uning davlatlari orasida iqtisodiyoti rivojlangan Yaponiya (93%), Koreya
Respublikasida (82%) baland, KXDRda esa past (60%) ko‘rsatkichlar kuzatiladi. Sanoatida konchilik (Xitoy, Mongoliya, KXDR), yoqilg‘i-energetika (Xitoy, Koreya Respublikasi, Yaponiya), qora va rangli metallurgiya (Xitoy, Yaponiya, Koreya
Respublikasi), mashinasozlik (Xitoy, Yaponiya, Koreya Respublikasi), kimyo (Xitoy, Yaponiya, Koreya Respublikasi, KXDR), o‘rmon va yog‘ochsozlik (Xitoy, Koreya Respublikasi), yengil va oziq-ovqat (subregionning barcha davlatlari) tarmoqlari muhim ahamiyatga ega. Turli tarmoqlarda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha Xitoy, Yaponiya, Koreya Respublikasi davlatlari jahonda yetakchi davlatlardan hisoblanadilar. Ayniqsa, ushbu davlatlarning qora metallurgiya, kemasozlik, avtomobilsozlik, elektronika va elektrotexnika, kimyo sanoatlaridagi ulushi katta. Sharqiy Osiyo davlatlari iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligi katta ahamiyatga ega. Mongoliya va Yaponiya qishloq xo‘jaligida chorvachilikning, qolgan davlatlarda esa dehqonchilikning hissasi yuqori. Dehqonchilik tarmoqlaridan donchilik (bug‘doy, sholi, makkajo‘xori), texnik ekinlar yetishtirish (paxta, tamaki, choy, kartoshka, soya), bog‘dorchilik yaxshi rivojlangan.


  1. Yüklə 1,85 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə