Geografiya ta'lim metodlari o'qitishning og'izaki metodlari reja


Geografiya ta’limida hikoya va tushuntirish usulidan foydalanish



Yüklə 35,43 Kb.
səhifə2/4
tarix23.09.2023
ölçüsü35,43 Kb.
#123383
1   2   3   4
GEOGRAFIYA TA\'LIM METODLARI O\'QITISHNING OG\'IZAKI METODLARI

Geografiya ta’limida hikoya va tushuntirish usulidan foydalanish

Hikoya-o‘quv materialini bayon qilish shakli bo‘lib, asosan tasvirlash xarakteriga ega. Hikoyada (ma’ruzaga karaganda) o‘qituvchi o‘quvchilar bilan ko‘proq muloqotda bo‘ladi. Hikoya yordamida o‘quvchilar bilan savol-javob qilib bo‘lmaydigan mavzularni o‘qitishda bu metod keng qo‘llaniladi. Masalan, vulqonlar otilishi, Yer qimirlashlar, okeandagi oqimlar, kashfiyotlar, ekvatorial urmonlar va boshqalarda bu metodning afzalligi yorkin syoziladi. Hikoya, ob’ekt va hodisalarni,tabiat va jamiatda hamda xalqlar hayot idagi voqea hodisalarning nutqda ifodalanishidir.
O‘qituvchi biron narsani tasvirlash orqali unga xos bo‘lgan belgilarni ajratadi va shu bilan ularda tushuncha va tasavvurlar hosil qiladi. Hikoya o‘quvchilarda materialni o‘zlashtirishni engillashtiradi. Hikoyaning ta’lim tarbiyaviy ahamiyati faktlarni to‘g‘ri tanlanishga bog‘liq. Ba’zan o‘qituvchi asosiy bilimlarni o‘zlashtirilishini qiyinlashtiradigan bir qator qo‘shimcha, ikkinchi darajali ma’lumotlarni bayon qiladi. Ayrim hollarda o‘quvchi ekskursiyada olgan taassurotlarini aytayotganda asosiy narsani ajrata olmasdan, ko‘rgan narsalarning hammasi haqida gapiraveradi. Ma’lumotlar, faktlar, voqealar, misollar bitta umumiy mavzu, yagona vazifaga birlashtirilib shu vazifa izchil va muntazam tarzda ochib berilsa, hikoya ijobiy natija beradi va oson o‘zlashtiriladi. Hikoya mazmuni o‘quvchining shaxsiy tajribasi bilan, maxalliy tabiat bilan bog‘lanishi uni maroqli qiladi, kechinma va xis-tuyg‘ularni vujudga keltiradi. O‘qituvchi konkret vaziyatni va o‘quvchilarning psixologik xususiyatlarini e’tiborga olib, bevosita dars mazmuniga mos keladigan hikoyalarni tanlashi kerak. Eng muhimi hikoya aniq tuzilishiga ega bo‘lishi, ya’ni uning boshlanishi, voqea larning rivojlanishi, ko‘lminatsion nuqtasi va xotima qismi albatta bo‘lishi kerak.
Agar o‘qituvchi hikoya metodini oldindan tanlamasa hikoya qiziqarsiz chiqadi. Maktab geografiyasida hikoyaning quyidagi ikki turi keng qo‘llaniladi;
1. O‘rganilayotgan kursda faktlarga asoslangan bilimlar tizimini bayon qilishdan iborat bo‘lgan hikoyalar. Bularga sayohatchilar xotiralari, materiklar va okeanlar tabiati xalqlari hayot i O‘zbekiston geografiyasida kishilarning xo‘jalik, turmushi, madaniyati haqidagi hikoyalari kiradi.
2. Tasviriy yoki ko‘rgazmali-hikoyalar. Bu turdagi hikoyaning asosiy maqsadi geografik ob’ekt va hodisalar haqida o‘quvchilarda aniq tasavvurlar hosil qilishdan iborat.
Birinchi turdagi hikoyalar meaterialni o‘rganishda asosiy metod sifatida qo‘llanilsa, illyustrativ hikoyalar metodlarni to‘ldiruvchi qo‘shimcha material sifatida ishlatiladi. Ko‘pchilik hollarda har ikki turdagi hikoyalar bitta mavzuni bayon qilishda ham qo‘llanilishi mumkin. Tasviriy hikoya mazmunini badiiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar, o‘qituvchining sayohat va kinofilmlardan olgan shaxsiy kechinmalari tashkil qiladi. Tasvirli hikoya geografik talablarga javob berishi bilan birga ob’ekt va hodisalar, dars mazmuni bilan uygunlashgan ham bo‘lishi lozim. Geografiya ta’limida karta, rasmlar asosidagi uyushtirilgan hikoyalar ham keng qo‘llaniladi.
Hikoyada ob’ektning umumiy belgilaridan asosiy beligilar ajratib ko‘rsatilishi yaxshi natijalar beradi. Masalan, Materiklar geografiyasida o‘qituvchi Uzoq sharq tabiiy rayonidagi janubiy urmonlarni hikoya kilmoqchi deylik. O‘quvchilarda bu urmonlar haqida yaxshi tasavvur hosil qilish uchun bu urmonlarning asosiy o‘simlik turlarini va ularning joylashishi haqida gapirishi kerak. Keyin o‘qituvchi bu urmonlarga xos bo‘lgan umumiy belgilarni ajratadi. (qalinlik, ko‘p yaruslik, keyin shu urmonlargagina xos bo‘lgan o‘simliklarni ta’riflaydi). Masalan, Manjuriya yongogini tasvirlab uning barglari kattaligini, barglari asosan shoxlari uchida bo‘lishligini, mevasi qalin etli qobiq bilan uralganligini hikoya qiladi.
Hikoyadan darsning turli bosqichlarida foydalanish zarur. Hikoya qo‘shimcha bilimlarni xabar qilish vositasi ham bo‘lishi mumkin. Hikoya darsda mustaqil o‘rin egallab, uning turli bosqichlariga tushuntirish jarayoniga ham kiritilishi mumkin. Hikoya darsning boshida yangi materialni o‘zlashtirishga tayyorlaydi, oxirida qo‘llanilsa o‘rganilgan materialni umumlashtiradi va darsga xotima yasaydi.
Hikoyaga yuqori sinflarda 20-25 minut, kuyi sinflarda 5 minutdan 15 minutgacha vaqt ajratish mumkin. Hikoyaning salbiy tomonlari ham bor. Hikoya paytida o‘quvchilar faqat diqqat bilan tinglovchi bo‘lib, darsga faol jalb qilinmaydilar. Hikoya anchaga cho‘zilib ketsa ular diqqati pasayishi mumkin.O‘qituvchi hikoya vaqtida o‘quvchi yoshiga mos keladigan, dars mazmuniga to‘g‘ri keluvchi materiallar to‘plashi kerak. Hikoyada ortiqcha faktlar, raqamlar, uzuq-yuluq tasvirlar bo‘lmasligi kerak.O‘qituvchi faqat o‘zi bilgan narsalarni gapirmasdan, balki mavzuga oid bo‘lgan materiallarni hikoya kilmogi zarur. Hikoya juda soddalashtirib yuborilmasligi, unda tushunchalar, atamalar albatta aks etgan bo‘lishi kerak. Qisqasi hikoya geografik ko‘nikma shakllanishida muhim omil bo‘lishi maqsadga muvofiq. Hikoya paytida ayrim mavxum narsalar, raqamlar, doskaga yozib borilishi zarur. Hikoya davomida o‘qituvchi nazorat savollar berib borishi materialning puxta o‘zlashtirilishini ta’minlashga yordam beradi.

Yüklə 35,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə