Geologiya va tuproqlar geografiyasi fanidan oraliq nazorat javoblari



Yüklə 1,67 Mb.
səhifə16/33
tarix08.05.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#109012
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   33
geologiya edu print (1)

14.Tuproqning suv tartibi
Tuproq hosil bo‘lish jarayonida paydo bo‘lish va rivojlanish- ning asosiy sharoitlaridan biri bu suvning mavjudligidir. Tuproqlar geografiyasida namlikning ahamiyati juda katta. Bir xildagi issiqlik mintaqasida namgarchilik sharoiti bilan bog‘liq tarzda keskin farqlanuvchi tuproq turlari shakllanadi. Masalan, subtropik
mintaqaning gumid hududlaridagi nam o‘rmonlarda qizil va sariq tuproqlar, arid mintaqalarda esa - sur - qo‘ng‘ir cho‘l tuproqlari rivojlanadi. Bir tabiat zonasining turlicha relyef elernentlarida tuproqlaming namlanish darajalari farqlanadi.
Tuproq namlanishining asosiy manbalaridan biri atmosfera yog‘inlari hisoblanadi. Yog‘inlarning shakli (yomg‘ir, qor va b.), shuningdek, ularning mavsumlar bo‘yicha taqsimlanish xarakteri ham tuproq qoplami geografiyasiga ta’sir ko‘rsatadi. Tuproq namli- gining ma’lum qismi havodagi suv bug‘larining kondensatsiya- lanishidan vujudga keladi. Tuproqdagi suv zaxirasining to‘Idirilishi grunt suvlari hisobiga, ular bilan tuproq o‘rtasidagi kapillyar aloqalarning mavjudligi tufayli ham ro‘y berishi mumkin.
Tuproqda suvning sarf bo‘lishi asosan bug‘lanish, desuksiya jarayoni va oqim bilan bog‘liq.
Ma’lum vaqtda tuproqqa suv kirishi, aralashishi, yig‘ilishi va sarfi kabi barcha hodisalar mujassamlashuviga tuproqning suv tartibi deyiladi. Tuproqning suv tartibi tuproqda moddalarning migratsiyasining yo‘nalishi va jadalligini belgilaydi hamda shu bilan birga tuproq kesmasining genetik qatlamlarga differensiyalanishiga va tuproq qoplamining vujudga kelishiga ta’sir ko‘rsatadi.
A.A.Rodening tuproqlaming suv tartibi bo‘yicha ajratgan 6 ta guruhi (muzlagan, yuviladigan, davriy yuviladigan, yuvilmaydigan, terlaydigan va irrigatsion-sug‘oriladigan) ham tuproqlaming tabiat zonalari bo'yicha taqsimlanish qonuniyatiga deyarli hamohang ekanligini ko‘rish mumkin.
Atmosfera yog‘inlari va bug‘lanish o‘rtasidagi munosabatlardan namlanish koeffitsiyenti kelib chiqadiki, qaysiki bu tuproqlar geogra- fiyasida muhim ahamiyat kasb etadi (II.2.2.1-jadval).



Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə