Geologiya va tuproqlar geografiyasi fanidan oraliq nazorat javoblari


Hayvonot olamining tuproqlar geografiyasidagi ahamiyati va tuproqlaming organik qismi



Yüklə 1,67 Mb.
səhifə14/33
tarix08.05.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#109012
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   33
geologiya edu print (1)

12.Hayvonot olamining tuproqlar geografiyasidagi ahamiyati va tuproqlaming organik qismi

Tuproqlarning zonal tarqalishiga hayvonlaming ta’siri o‘sim- liklamikiga qaraganda kam darajadaligi ma’lum bo‘lsa-da, biroq ulaming indikatsion ahamiyati juda yuqori. Tuproq turli - tuman hayvonlari uchun yashash muhiti hisoblanadi, ba‘zilari unda bir umr yashasa, boshqalari hayot maTomining ma’lum qismini unda o‘tka- zadi. Tirik organizmlar biomassasi o‘simliklar biomassasiga qara­ ganda ancha kam va 5 % dan ko‘p boTmagan fitomassani tashkil etadi. Nisbatan eng ko‘p hayvon biomassasi o‘tloq-dashtlarga to‘g‘ri keladi.


Zoomassaning asosiy qismi juda mayda va o‘z o‘rnida hayvonot dunyosining eng ko‘p sonli vakillari - umurtqasizlar hissasiga to‘g‘ri keladi (97-99 %). 1 ga maydondagi tuproqda 200 ming dan 5 mln gacha yomg‘ir chuvalchanglari uchrashi mumkin.
Umurtqalilarning massasi umurtqasiz hayvonlarga taqqosla- ganda ancha kam. O‘tloq-dashtlarda u taxminan umumiy biomassa- ning taxminan 1 % ini, emanzorlarda - 0,12 %, aralash o‘rmonlar va taygada - 1,6 dan 4 % gacha, tundrada — 5 % gachani tashkil etadi.
Tuproq hosil bo‘lishida hayvonlarning ahamiyati juda katta.
Ular organik moddalarning to‘planishi va parchalanishida qatna- shadi, tuproqning fizik va kimyoviy xossalariga, eroziya jarayon- larining rivojlanishiga, tuproq qoplamining tuzilmasiga ta’sir ko‘r- satadi. Tuproq hayvonlari tuproq yuzasi va qatlamlaridagi organik qoldiqlami taqsimlash, maydalash hamda tuproqning mineral qismi bilan aralashtirish qobiliyatiga ega.
Tuproq hosil bo‘lishida yomg‘ir chuvalchangining ahamiyati qadimdan ma’him. Chuvalchang sutka mobaynida o‘z og‘irligidan 176-192 % ko‘p miqdordagi tuproqni ichagidan o‘tkazishi mumkin.
Och sur o‘rmon tuproqlarida chuvalchanglar yiliga 40 s/ga yer osti o‘simlik qoldiqlarini qayta ishlashga qodir ekan, o‘rmon-dasht qora tuprcfqlarda bu ko‘rsatkich - 35 s/ga va undan ortiq, janubiy kam gumusli qora tuproqlarda esa - 10 s/ga gacha yetadi.
Umuman har bir tabiat zonasi unda yashashga moslashgan ko‘plab turli tuproq faunasi uchun makon hisoblanadi. Kenglik bo‘ylab qaralganda ayrim turlaming dominantligi ortadi yoki aksin- cha kamayadi.
Hayvonot olami ichida suv eroziyasini rivojlantirish, shuningdek, qumliklarda deflyatsiya jarayonlarini tezlanishiga ta’sir etadiganlari ham uchraydi.

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə