Geologiya va tuproqlar geografiyasi fanidan oraliq nazorat javoblari



Yüklə 1,67 Mb.
səhifə11/33
tarix08.05.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#109012
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   33
geologiya edu print (1)

Elyuvial jinslar yoki elyuviy - tub jinslar nurash
mahsulotlarining nurash po‘stida - o‘z joyida qolib to‘planishidan hosil bo‘ladi. Magmatik va metamorfik jinslarining elyuviysi asosan tog41 i o‘lkalarda, baland tekisliklar (platolar)da (Kavkaz, Ural, O‘rta Osiyo va boshqa hududlarda) tarqalgan. Ko‘pincha kimyoviy va mineralogik tarkibi hamda xossalariga ko‘ra dastlabki boshlang‘ich jinslardan unchalik farq qilmaydi. G‘ovak mayda zarrali materiallaming asta-sekin zich jinslarga o‘tib borishi elyuviyga xosdir. Tuproq paydo bo‘lishida elyuviyning ahamiyati uning xossasi bilan belgilanadi. Karbonatli jinslar elyuviysida ko‘pincha unumdor (qora tuproq, bo‘z tuproq kabi) tuproqlar hosil bo‘ladi.
Delyuvial jinslar yoki delyuviy deb, nurash mahsulotlarining
yomg‘ir va erigan qor suvlari ta’sirida qiyaliklarning quyi qismlari va tog‘ yonbag‘irlariga keltirilib, to‘planishidan hosil bo‘ladigan yotqiziqlarga aytiladi. Delyuvial jinslar materiallari ancha saralanganligi va yaxshi qatlamli bo‘lib, odatda yonbag‘irga parallel yo‘nalishda joylashuvi bilan farqlanadi.
Allyuvial yotqiziqlar va allyuviy - doimiy oqar suvlar -
daryolar faoliyati bilan bog‘liq yotqiziqlardir. Toshqinlar natijasida daryo sohillari va daryo bo‘ylarida ko‘p to‘planadi.
Allyuvial yotqiziqlar qatlamli va yaxshi saralanganligi bilan, ko‘pincha sohil allyuviysi uchun qatlamli, o‘zan allyuviysiga qing‘ir-qiyshiq qatlamli tuzilish xarakterli. Sohil allyuviysi asosan qumoq va soz jinslardan iborat bo‘lib, qoldiq qayirlarda organik moddalarga boy allyuviy to‘planadi. O‘zan allyuviysi odatda turli o‘lchamli zarrachalardan iborat qumdan tashkil topgan bo‘ladi.
Ko‘l - allyuvial yotqiziqlar - ko‘l va allyuviy jinslardan
tashkil topgan. Bu jinslar bahorda erigan muz suvlarining pastqam tekisliklardagi havzalarida hosil boMadi. Ko‘l - allyuvial yotqiziq- laming mexanik tarkibi xilma-xil, asosan qumli va ko‘ndalang qatlamli tuzilishga ega.
Ko‘l yotqiziqlari qadimgi pastqam joylami to‘ldirib, tarkibining loyli va qatlamli bo‘lishi bilan ajralib turadi. Jumladan, muzliklar oldida hosil boMgan ko‘llardagi muz-ko‘1 yotqiziqlarida lentali loyli qatlam yaxshi ifodalangan.

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə