Geologiya va tuproqlar geografiyasi fanidan oraliq nazorat javoblari



Yüklə 1,67 Mb.
səhifə7/33
tarix08.05.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#109012
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   33
geologiya edu print (1)

Maxmud Qoshg‘ariy o‘zining 1074-1077-yillarda yozilgan “Deyon” to‘plamida ekspeditsiyasi davridagi kuzatishlari asosida turli tuproqlarga tavsif beradi. Ushbu tcrplamda qora tuproq, o‘simliklarsiz, sho‘rlangan yerlami - chalang yer; unumdor, yaxshi yerlami - sag‘izli yer; toza tuproq, sog‘Iom tuproqni - sag‘izli tuproq; o‘simliklar kam, unumsiz, kam hosilli yerlami - toza yer; yumshoq yerli tuproqni, tekis yerni, qumli yemi - qayir yer; yuzasi notekis yer, botqoqlangan yerlarni - qazg‘on yer deb tavsif beradi.
Shuningdek, Temuriylar dayrida dehqonchilikka oid to‘plarm- lar yozilgan. Chunonchi „Irshad azziratfi ilm al xarasa” (joylardagi dehqonchilik ekinlari uchun ilmiy qo‘llanma) nomli asaming yozilishi Temuriylar davrida boshlangan va doimiy urushlar tufayli Shayboniylar dayrida (1599) tugallagan. Ushbu to‘plamda to‘qqiz tipdagi tuproqlar haqida ma’lumot keltirilgan. Bunda tuproqlar tarkibidagi qum miqdoriga ko‘ra ikki turga, ya’ni ustki qatlamida qumni ko‘p saqlaydigan va ustki qatlamida qumni kam saqlaydigan turlarga ajratilgan va shunga ko‘ra tuproqqa ishlov berish, sug‘orish usullari va hosil miqdori ko‘rsatilgan.
Ushbu to‘plamda jigarrang (zardxak), qizil (surxxak) tuproqlar haqida, shuningdek, toshloq tuproqlar haqida ma’lumotlar mavjud, ya’ni tuproqlar tavsifi va ularga ishlov berish haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Mazkur to‘plamda tuproqni o4g‘itlashga ham katta ahamiyat berilgan. O‘sha davrlarda tuproqqa o‘g‘it sifatida eski paxsadan qurilgan imoratlar qoldig‘i, ariqlarda to‘planadigan loyqalardan foydalanish keng tarqalgan edi.
XVII asrga kelib tuproqlarning kimyoviy tarkibi va fizik xos- salarini o‘rganish boshlandi.
XVIII asming o'rtalariga kelib shved olimi I.Valleriusning „Dehqonchilikning kimyoviy asoslari haqida” nomli monografiyasi nashrdan chiqadi. Shunda qora tuproq to‘g‘risida birinchi marta yod olinadi.
XIX asr boshlarida tuproq to‘g‘risida ko‘piab ma’lumotlar yig‘ilgan bo‘lsada, ularning aksariyati agronomik tadbirlar bilan bogHiq edi. Nemis olimi T.Teyer o‘zining „Samarali dehqonchilik asoslari” („Основы рационального земледелия”) kitobida: „Sayyo- ramizning ustki, qaysiki biz tuproq deb atovchi g‘ovaksimon mate- riya favqulotda turli xil moddalar qorishmasidan tashkil top- gan”ligini qayd etadi.
Rossiyada tuproq to‘g4risidagi fanga munosib hissa qo‘shgan olim M.V.Lomonosovdir (1711-1765). U tuproqlaming paydo bo‘lishi, xossalari va geografik xilma-xilligini o‘zining 1763 yilda nashr etilgan „Yer qatlamlari haqida” („О слоях земных”) asarida bayon qildi. Tuproq, tog4 jinslariga organizmlar dunyosi ta’siri natijasida vujudga kelishi to‘g‘risidagi tezisni bundan qariyb 250 yil avval shakllantirgan. U tuproqni barcha tabiat jismlari kabi vaqt mobaynida o‘zgarishi va rivojlanishini alohida qayd etadi. Uning asarlarida tundra va botqoq. igna bargli va keng bargli o‘rmon, dasht tuproqlari, cho‘Harming qumli va sho‘rlangan tuproqlari va geogra­ fik jihatdan turli - tuman tuproqlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo'lamiz.
M.V.Lomonosovning tuproqshunoslik tarixidagi faoliyatini buyuk ahamiyati to4g‘risida gapirar ekan, akademik V.I.Vernadskiy * Lomonosovni nafaqat birinchi rus tuproqshunosi, balki umuman birinchi tuproqshunos deb e’tirof etadi.

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə