Geologiya va tuproqlar geografiyasi fanidan oraliq nazorat javoblari


V.V.Dokuchayev-tuproqlar geografiyasining asoschisi



Yüklə 1,67 Mb.
səhifə5/33
tarix08.05.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#109012
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
geologiya edu print (1)

5.V.V.Dokuchayev-tuproqlar geografiyasining asoschisi
V.V.Dokuchayev 1846-yil 1-mart- da Smolensk Gubemasining Milyukovo Sichevek qishlog‘ida tug‘ilgan. Otasi uni 11 yoshida Vyazma diniy bilim yur- tiga o‘qishga bergan. O‘qishni muvaffa- qiyatli davom ettira borib, Vyazmadan Smolenskka ko‘chadilar. 1861 yilda di­ niy bilim yurtini tamomlab, diniy semi- nariyaga o‘qishga kiradi. Keyinchalik butunlay boshqa yo‘lni tanlab, Peter- burg universitetiga o‘qishga qabul qili- nadi. G‘oyat kambag‘alligidan, o‘zining iborasi bilan aytganda, uchinchi kursga- cha „hatto paypoq nimaligini ham bil- magan” ekan.
Vasiliy Vasilyevich o‘qishning oxirgi yilida o‘ziga diplom ishi mavzusini tanlashi hamda shu bilan birga geologiyadan professor P.A.Puzirevskiyga imtihon topshirishi kerak edi. Olim V.V.Doku- chayevga geologiya bilan shug'ullanishni taklif etadi.
Uning dala tadqiqotlarining geologiyaga oid natijalari hamda bajarilgan ishining mavqeyi jihatidan fan nomzodi ilmiy darajasiga loyiq topiladi va u Universitet Kengashining 1871-yil 20-sentabr- dagi qarori bilan tasdiqlanadi. 1872-yilning kuzida V.V.Dokuchayevning olim sifatida obro‘- yi orta boradi, 1873-yilda Peterburg mineralogiya jamiyatining ha- qiqiy a’zosi, keyingi yili esa Peterburg tabiatshunoslar jamiyatining geologiya va mineralogiya boTimi kotibligiga saylanadi. 1874-yil oxirida o'zining „Smolensk gubernasi podzoli to‘g‘risida”gi tup- roqlarga oid birinchi ilmiy axborotini bajaradi. 1879-yil V.V.Dokuchayev Peterburg universiteti mineralogiya kafedrasi mudirligiga tayinlanadi, avval dotsent, 1883-yilda esa unga professor lavozimi beriladi.
V.V.Dokuchayev fan bilan shug‘ullanishning dastlabki o‘n yilliklarida geolog, mineralog, kristallograf, botqoqshunos, arxeolog sifatida namoyon boTgan bo‘lsa-da, u keyinchalik hammasidan ко Ta ko‘proq tuproqlarni oTganishga qiziqib qoladi. 1877-yili Vasiliy Vasil’yevich qora tuproqlarni oTganish maq- sadida Tula gubernasi, Ukraina va Moldoviyani kezadi. 1878-yilda qora tuproq zonasining janubi - sharqiy qismlarida, Qrim va Shimo- 1 iy Kavkazga tashrif buyuradi. Ushbu ekspeditsiyalar mahsuli sifa­ tida 1883-yilda tuproqshunoslikning asosiy nazariy jihatlari yoritil- gan fundamental asar „Rus qora tuprogi’ chop etildi. Bu asarda qora tuproqlar zonasining tabiiy sharoiti, uning paydo bo‘lishi, tar- . kibi, morfologik tuzilishi va boshqa bir qancha xususiyatlari ochib beriladi. Olim tadqiqotlari natijasiga tayangan holda tuproqlarning paydo bo‘lishida iqlim sharoitining hal qiluvchi ahamiyatga ega > ekanligi to‘g‘risidagi xulosaga keladi. Bir so‘z bilan aytganda V.V.Dokuchayev genetik tuproqshunoslikning va tuproq to‘g‘risi- dagi ta’limotning asoschisi sifatida tan olindi. V.I.Vernadskiyning oqilona fikricha: „kalsiy kristallografiyada, qurbaqa fiziologiyada va benzol organik kimyoda qanday rol o‘ynagan bo‘lsa, qora tuproq tuproqshunoslikning rivojlanishida shunday rol o:ynagan”.
V.V.Dokuchayev 1880-yilning bahoridayoq kelajakda ro‘y beradigan qurg‘oqchilikka tayyorgarlik ко’rish lozimligi to‘g‘risida ogohlantirgan edi. 1891-yiIda ro‘y bergan qurg‘oqchilikning sabab- larini aniqlash va uni bartaraf etishga oid fikrlari bayon etilgan.
Dashtlarimizning o‘tmishi va hozirgi ahvoli” (1892) nomli
asarini chop etadi. Unda qurg'oqchilikka qarshi kurashda dasht hududlarining iqlimini o‘zgartirish, tuproqning suv tartibini yax- shilash va dasht dehqonchiligini qurog‘oqchilikka bardoshli tarzda tashkil etishga oid tadbirlar ко Tib chiqilgan.
V.V.Dokuchayev 1895-yilda kasallikka chalinadi, 1896-yilda turmush o‘rtog‘i Anna Yegorovna og‘ir dardga uchraydi va 1896- yilning 2 fevralida vafot etadi. „Tabiat zonalari to‘g ‘risidagi ta’Iiniotga” (1899) asarini nashr ettiradi. 1900-yilning oxiriga kelib V.V.Dokuchayevning dardi og‘irlashib, ishga yaroqsiz holga tushadi va 1903-yilning 23-oktabrida bu dunyoni tark etadi. -p V.V.Dokuchayevning tuproqshunoslik hamda tuproqlar geog- rafiyasi va boshqa fanlar taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi quyidagilar:



Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə