Geologiya va tuproqlar geografiyasi fanidan oraliq nazorat javoblari


Tuproqlar geografiyasining rivojlanish tarixi



Yüklə 1,67 Mb.
səhifə6/33
tarix08.05.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#109012
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
geologiya edu print (1)

6.Tuproqlar geografiyasining rivojlanish tarixi
Bundan o‘n ming yiilar oldin dunyoning turli qismlari (Yaqin Sharq, O‘rta Osiyo, Xitoy, Qadimgi Misr. Eron va Yevropaning ayrim mamlakatlari)da kishilar yerga ishlov berishni boshlaboq, o‘z tajribalaridan kelib chiqqan holda yerning ishlov beriladigan ushbu yuqori-yuza qatlami turlicha bo‘lishi, uning unumdorlik kuchi qator sharoitlarga bogcliqligiga iqror bo‘lganlar. Shunday bo‘Isada tadqi- qbt obyekti ajratilgan (tuproq), biroq ilmiy tadqiqot usullari bo‘l- magan. Bundan 2-2,5 ming yillar oldin ham tuproqqa faqat deh- qonchilik obyekti - manbai sifatida qaralgan, unga ishlov berish, foydalanish, o‘g‘itlash to‘g‘risida ma’lumotlar yig'ilgan va umum- lashtirilgan. O‘rta asrda ham shu holat yuz bergan, dehqonchilik to‘g‘risidagi fan - agronomiya rivojlangan.
Tuproq to‘g‘risidagi dastlabki ma’lumotlami qadimgi xitoy- liklar, grek va rimliklar yozib qoldirgan manbalarda ham uchratish mumkin1.
1 “Soil Survey Horizons— 50 Years of Communication/ (Brevik, 2012).
O‘rta asrlarda yashab ijod etgan alloma Abu Rayhon Beruniy
(973-1048) o‘zining „Kitobul jamohir fi ma‘rifatil javohir”
(„Javohimi bilishga oid ma’lumotlar to‘plami”) nomli asari ona jins va tuproq mineral qismining fizik xossalarini o‘rganishda muhim manba hisoblanadi. Undagi tog‘ jinslarini yemirilishining ahamiyati, nurashi to‘g‘risidagi xuiosalar tuproqlar geografiyasi uchun katta ahamiyatga egadir- bu fikrlar o‘sha davr uchun ilmiy kashfiyot edi.
Buyuk mutafakkir Abu Ali ibn Sino o‘zining 30 dan ortiq asarlarini tabiiy fanlarga bag‘ishlagan. Ibn Sinoning “Kitob-ash- shifo” („Tib qonunlari”) asarida bayon etilgan tog‘ jinslari va yer yuzasida kechadigan nurash jarayonlari to‘g‘risidagi qarashlari tuproqshunoslikda katta ahamiyatga ega. Uning ko‘rsatishicha, „yer yuzasi suv va shamol ta’sirida yemiriladi va bu jarayon joyning relyefiga bog‘liq. Yer jinslari qattiq va yumshoq zarrachalardan iborat. Suv yumshoq jinslarni yuvadi va yoki shamol ulami yalab,
uchirib ketadi” deb ko'rsatadi. Olimning bu fikrlari tuproq eroziyasiga doir masalalami o:rganishda hozirgacha o"z mohiyatini yo‘qotmagan.

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə