Geologiya va tuproqlar geografiyasi fanidan oraliq nazorat javoblari


“Tuproqlar geografiyasi”ning boshqa fanlar bilan o‘zaro aloqadorligi va tadqiqot usullari



Yüklə 1,67 Mb.
səhifə3/33
tarix08.05.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#109012
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
geologiya edu print (1)

3. “Tuproqlar geografiyasi”ning boshqa fanlar bilan o‘zaro aloqadorligi va tadqiqot usullari
Tuproqlar geografiyasi keng qamrovli tabiiy - ilmiy fan sifa­ tida ko‘plab boshqa fanlar bilan o‘zaro aloqada rivojlanadi. Xususan, qaysiki ulaming yutuqlari hamda tadqiqot usullaridan bevosita foydalanadigan fundamental fanlar (fizika, kimyo, matematika), tabiiy, qishloq xojalik, iqtisodiyot, shuningdek, biologik-geologik- geografik fanlar (geologiya, tabiiy geografiya, geobotanika, biolo- giya, mikrobiologiya va b.) shular jumlasidandir.
Tuproqlarning paydo bo’lishi, rivojlanishi, tarkibi, tuzilishi, xossalari va geografik tarqalishi kabi murakkab jarayonlarni o‘rganishda tuproqlar geografiyasi qator tadqiqot usullari tizimiga tayanadi. Ulardan asosiylari: qiyosiy - geografik, qiyosiy — analitik, kartografik, distansion usullar hisoblanadi.
Qiyosiy — geografik usul tuproqlarni o‘rganishda albatta majmuali yondoshuvni taqozo etadi. A.A.Rode yozganidek, qiyosiy- geografik usul va uning birlamchi ko‘rinishi tuproqshunoslikning rivojlanishida ulkan rol o'ynagan. Bu tuproq hosil boMishida V.V.Dokuchayev tomonidan aniqlangan eng kuchli iqlim omili ham aynan shu usulni qo’llashga tayangan. Shu usul tufayli olim tuproqlaming asosiy guruhlarini ajratishga ham muyassar bo‘lgan.
Shu o‘rinda ushbu usulning asoschisi bobomiz Zaxiriddin Muxammad Bobur bo‘lganliklarini ham eslatib o'tmoq lozim.
XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab tuproq qoplamini o‘rga- nishda distansion usulning ahamiyati orta boshladi. Koinotdan olin- gan va aerofotosuratlar tuproq xaritalarini tuzishda va yer resurslarini baholashda keng qoTlaniladigan boMdi. Bunda tuzilgan xaritalaming aniqlik darajasi ortishi bilan birga avvalgi an’anaviy usulda bajari- lishiga nisbatan tuproq-xaritashunoslik ishlaming narxi pasaydi.
Koinotdan olingan suratlar bir vaqtning o‘zida tuproq qoplamining juda katta hududlarini qamraganligini ko‘rish mumkin hamda bu o‘z o‘mida tuproq qoplami tuzilmasini tizimlash va tuproq-geografik rayonlashtirish maqsadlarida tuproqning tarkibi va tuzilishining xolisonaligini ta’minlaydi.
Tuproq qoplamini o‘rganishda o‘ziga xos tadqiqot tamoyillari, usullari yetarli bo‘lsa-da, ular materialistik dialektikaning muhim tamoyillari va tizimli yondoshuvga asoslanadi.
Tuproq qoplami barcha quruqlik ekotizimlari va biosferada mu­ him ekologik rol o‘ynaydi. Yeming yupqa organik - mineral qobig4i - tuproq orqali modda va energiya almashinuvining turli jarayoniari ro‘y bcradi. Ushbu jarayonlaming buzilishi makonda turli jiddiy sal- biy oqibatlar: tuproq eroziyasi va ifloslanishi, tuproq unumdorligining yo'qotilishi, cho‘llashish, ichimlik suvi va havoning ifloslanishi, piravordida kishilaming yashash sharoitlarining yomonlashishiga sabab boMadi. Shu bilan bog‘liq tarzda yer resurslari muammolari keskinlashadi va tuproqlarni muhofaza qilishning ahamiyati ortadi.
Tuproqlar geografiyasi nazariyasini rivojlantirishda tuproq qoplami bilan joyning quruqlik yuzasining geologik tarixini evolyutsion-genetik aloqadorlikda o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu yo'nalishning mohiyati V.V.Dokuchayevning mashhur „Rus qora tuprog‘i” asarida yetarlicha asoslangan. XX asrning
ikkinchi yarmida tog4 jinslari va tuproqlarning yoshini aniqlashda yangi usullarning paydo boTishi, paleotuproqshunoslik va paleo- geografiya, to'rtlamchi davr geologiyasi hamda paleobotanika, geokimyo va litologiyadagi yutuqlar tufayli evolyutsion - genetik aloqadorlikning mohiyati sezilarli darajada kengaydi.

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə