Geologiya va tuproqlar geografiyasi fanidan oraliq nazorat javoblari



Yüklə 1,67 Mb.
səhifə9/33
tarix08.05.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#109012
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   33
geologiya edu print (1)

Magmatik tog4 jinslari harakatchan moddalar va gazlar bilan to'yingan silikat va alyumo — silikat modda — magmaning o‘z manbaidan ko‘tarilib, yer yuzasiga lava tariqasida chiqib, sovib qotishidan paydo bo‘ladi.
Metamorfik tog4 jinslari boshqa turdagi tog‘ jinslarining Yer po‘stining quyi qismida yuqori harorat va yuqori bosim ta’sirida o‘zgarishdan hosil bo‘ladi.
Cho‘kindi tog4 jinslari yuqoridagi ikki turdagi tog4 jins­ larining tashqi va ichki kuchlar ta’sirida yemirilishidan hosil bo'lgan mahsulotlami suv va shamol yordamida boshqa joylarga yotqi- zilishidan hamda kimyoviy va organogen jarayonlar qoldiqlari aralashmasidan hosil boMadi.
Uchala turdagi tog‘ jinslari ham o‘zning kimyoviy tarkibi, tuzilmasi, tashqi xossalari, joylashuvi, teksturasi va boshqa xusu- siyatlari bilan farqlanadi. Mana shu jihatlar tuproq hosil qiluvchi tog4-ona jinslarining paydo bo‘lishida muhim rol o‘ynaydi.


8. Tog‘ jinslarining nurash jarayonlari
Nurash jarayonlari deb barcha turdagi tog4 jinslari va mine­ rallaming quyosh energiyasi, shamol, muz, o‘simlik va hayvonot dunyosining kimyoviy va mexanik ta’sirida yemirilishi - parcha- lanashiga aytiladi. Ana shu kuchlar ta’sirida yer yuzasi shaklining o‘zgarishiga denudatsiya jarayonlari deyiladi. Bu jarayonning ‘ uzluksiz davom etishidan o‘nqir-cho4nqir -joylar, qoyatoshlar butunlay yo‘q bo4lib, tekislanadi va peneplenlashish jarayoniga o‘tadi. Nurash jarayonlarining yemirish ta’siri litosferaning 0,5 km chuqurliklarigacha borganligi ma’lum (odatda bir necha o‘n metrgacha boradi). Ana shu qatlamni nurash po‘sti (shvetsariyalik geolog A.Geym) deb ataladi.
Nurash jarayonlari uch guruhga ajratiladi: fizik, kimyoviy va biologik. Odatda ushbu nurash turlari - jarayonlari birgalikda sodir bo‘lsa-da, turli sharoitlarda ularning qaysilaridir faolroq ro‘y berishi mumkin.
Fizik yoki mexanik nurash sutkalik va yillik havo haro- ratidagi tafovutlar keskin farq qiiuvchi hududlarda ro‘y beradi.
Ushbu nurash turi yilning barcha fasllarida ham amalga oshaveradi.
Fizik nurashda tog‘ jinslari va minerallarning kimyoviy tarkibi o‘zgarmaydi, turli kattalikdagi bo‘laklarga parchalanadi hamda maydaianadi.
Turli mineral tarkibli tog‘ jinslari quyosh nuri issiqligi ta’sirida bir tekis qizimaydi. Chunki minerallaming issiqlik singdirishi, issiqlik o‘tkazishi va tarqatishi, issiqlik sig‘imi singari xususiyatlari har xil bo‘ladi.
Polimineral tog‘ jinsi - granit, monomineral tog‘ jinsi marmar- ga nisbatan tezroq parchalanadi va maydaianadi, chunki granitdagi minerallarning issiqlik ta’siridagi hajmiy kengayish koeffisiyenti turlicha.
Quyosh nuri ta’sirida kunduzi tog‘ jinslari va minerallaming sirtqi qismi ancha tez qizib, hajmi kengayganligidan jinsning qizi- gan ustki qismi ichki sovuq va hajmi uncha o'zgarmagan qismidan ajrala boshlaydi, kechasi aksincha, tog‘ jinsi va minerallaming sirti ichki qismiga qaraganda tezroq soviydi va hajmi kichrayadi. Bu xildagi hodisalarning ko‘p marta takrorlanishi sababli tog‘ jinslari va uiaming tarkibidagi minerallar orasida yorilish tezlashadi va kuchayib boradi. Natijada qattiq, zich va yaxlit holatdagi jinslar parchalanib maydaianadi va uvalanadi. Odatda tez qiziydigan qora rangli tog‘ jinslarda och tusli jinslarga nisbatan fizikaviy nurash tezroq boshlanadi. Tog‘ jinslarining fizikaviy nurashi iqlim sharoi- tiga ko‘ra o‘zgarib turadi. Issiq va sovuq keskin o'zgarib turadigan kontinental iqlimli zonalarda fizikaviy nurash boshqa joylarga nisbatan tezroq va kuchliroq bo'ladi. Masalan, Qizilqum, Qoraqum singari issiq iqlimli choTlarda tog‘ jinslarining yuzasi kunduzi 60- 80 °C gacha qiziydi, kechasi esa harorat keskin pasayib 10-15°, ba‘zan 0 °C ga tushib qoladi.

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə