Geologiya va tuproqlar geografiyasi fanidan oraliq nazorat javoblari



Yüklə 1,67 Mb.
səhifə8/33
tarix08.05.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#109012
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33
geologiya edu print (1)

K.D.Glinka (1867-1927) Dokuchayevning shogirdi, yirik tuproqshunos olim, akademik. U aholini ko'chirish Bosh bosh- qarmasining tuproqlar tadqiqoti bo‘yicha rahbari bo‘lib, katta
hududlarda (Sibir, O‘rta Osiyo, Qozog^ston va Uzoq Sharq)da mayda masshtabdagi tuproq xaritalarini tuzish bilan shug‘ullangan. 4K.D.Glinka tomonidan tuproqshunoslikka bag‘ishlangan darslik nashr etilgan (1908). V.V.Dokuchayev nomidagi Tuproqshunoslik institutini tashkil etishda faol tashkilotchi bo‘lgan. .
L.LPrasolov (1875-1954) - geograf, tuproqshunos. 1898-yiIda Peterburg universitetining tabiiy fanlar fakultetini tamomlagan. U o‘z ishlarida tuproqni landshaft komponenti sifatida qaraydi, shu bois uning aksariyat ishlari tabiiy geografiyaning majmuali ma- salalari bilan chambarchas bog‘langan.
B.B.Polinov (1877-1952) - tuproqshunos, geokimyogar va ta­ biiy geograf. U O‘rmonchilik institutini tamomlagan. V.V.Dokucha­ yev nomidagi Tuproqshunoslik institutidagi ilmiy tadqiqotlarini Leningrad (Sankt-Peterburg) va Moskva universitetlaridagi peda- goglik faoliyati bilan qo‘shib olib borgan. 1946 yildan FAning haqi- qiy a’zosi. Elementar landshaftshunoslik va landshaftlar geokimyosi bo'yicha yetuk mutaxassis.
AQSHda yirik masshtabli tuproq xaritalarini yaratish 1899-yil- dan boshlangan, biroq ular asosan agronomik xarakterga ega bo‘lgan.
V.V.Dokuchayevning genetik tuproqshunoslikka oid g‘oyalari endi sekin-asta G‘arbiy Yevropa va Amerika geografiyasi va kar- tografiyasiga kirib bordi hamda XX asming 20-30-yillariga kelib. sohaga oid holat o;zgara boshladi. Mazkur g‘oyaga tayanilib dunyo
geografiyasi va xaritashunosligida: Romann, Shtreme (Germaniya), Murochi (Ruminiya), Novak (Chexiya), Zigmandi. Treyts, Sabolch (Vengriya), Marbut, Kellog, lyenni (AQSH), Robinzon (Angliya), Pereskott (Avstraliya), Ellis (Kanada) qator ishlarni amalga oshirdilar.


7.Minerallar va tog’ jinslari

Tog‘ jin Yer sharining yuza tosh qobig‘i - litosfera yoki yer po‘sti man- tiyadan Moxorovichich yuzasi bilan ajralgan, uning quruqlikdagi qalinligi 30-40 km, tog4li o‘lkalarda esa 70-80 km ni tashkil etadi.


Yer po‘sti - yer tashqi qatlamlarining majmuasidan iborat bo'lib, uchta qatlamdan: 1) qalinligi 10 km gacha bo‘lgan qavat - cho‘kindi jinslardan tuzilgan yuqorigi qoplam; 2) shartli ravishda granitli deb ataluvchi (10-15 km) qatlam; 3) bazalt qatlam bo‘lib, qalinligi 15-35 km gacha boradi.
Yer po‘sti - litosferaning kimyoviy tarkibi asosan 8 ta elementdan tashkil topgan, (%) hisobida: О - 47,08; Si - 29,5; Al - 8,05; Fe - 4,65; Ca - 2,96; Na - 2,50; К - 2,50; Mg - 1,87.
Mendeleyevning kimyoviy davriy jadvalidagi qolgan elementlar esa, b o r-y o ‘g‘i 0,97 % ni tashkil etadi.
Yer po'stida uchraydigan o'ziga xos fizik xususiyatlar va ma’lum kimyoviy tarkibga ega bo‘lgan tabiiy jinslar minerallar deb ataladi. Kimyoviy jihatdan minerallar qator sinflariga bo‘linadi: I sinf. Sof elementlar; II sinf. Oltingiigurtli birikmalar (sulfidlar); III sinf. Galloidlar; IV sinf. Oksid va gidroksidlar; V sinf. Karbonatlar; VI sinf. Sulfatlar; VII sinf. Volframatlar; VIII sinf. Fosfatlar; IX sinf. Nitratlar; X sinf. Silikatlar.
Yer po‘stida keng tarqalgan bir va birqancha minerallar birikmasidan tashkil topgan tabiiy jismlarga tog4 jinslari deyiladi.
Shu tufayli monomineralli va polimineralli tog‘ jinslari ajratiladi.
Tog4 jinslari kelib chiqishiga ko‘ra uchta guruhga: magmatik (otqindi),- metamorfik va cho‘kindi tog4 jinslariga bo'linadi.
Quruqlikning yuza qismida (ko'proq tekisliklarda) cho'kindi tog‘
jinslarining salmog‘i yuqori (75 %), qolgan guruhdagilarniki biroz kam (25 %).

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə