Geologiyasi


-bob  GAZ VA GAZ KONDENSATI KONLARIDAGI GAZ VA KONDENSAT



Yüklə 1,78 Mb.
səhifə261/273
tarix30.12.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#166846
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   273
Geologiyasi (1)

19-bob 
GAZ VA GAZ KONDENSATI KONLARIDAGI GAZ VA KONDENSAT 
ZAXIRALARINI HISOBLASH METODLARI 
Yer qobig’ida tabiiy gazlar erkin gaz to’plamlari, neftda erigan, suvda erigan va
toshko’mir qatlamlariga yutilgan (gidrat holatdagi gazlar ko’rib chiqilmaydi) tarzida
uchraydilar. Ulardan oldingi ikki guruhi eng muhim sanoat ahamiyatiga molikdir.
Yerosti suvlarida erigan gazlar miqdori kam bo’lsada, ularning mutlaq zaxiralari
katta bo’ladi, lekin shunga qaramay ulardan hech qaerda deyarli foydalanilmaydi.
Toshko’mir qatlamlaridagi gazlarni faqat 1975-80 yillarga kelib qazib ola
boshladilar. Bunday konlardan foydalanish usullari o’ziga xos va murakkab
bo’lganidan ularni ishlatish chegaralangan.
Toza gaz va gaz kondensati konlaridagi, gaz qalpog’idagi va neft konlaridagi
neftda erigan (yo’lakay) gazlarning joylashish sharoiti va zaxiralari turlicha
bo’lganligi sababli ularning zaxiralari alohida-alohida o’rganilishi va hisoblanishi
kerak.
Tabiiy gazlar turli uglevodorodlar aralashmasidan iborat bo’lib, yonuvchi gazlar
ularning asosiy va eng qimmatbaho tarkibiy qismi hisoblanadi; tabiiy gazlarda
ko’pincha uchraydigan geliy ham sanoat ahamiyatiga ega; azot va karbonat kislota
ballast (ortiqcha narsa) hisoblanib, ularning gaz tarkibida yuqori miqdorda bo’lishi
gazning kaloriyaliligini, demak, tabiiy gazning bahosini pasaytiradi; vodorod sulfid
o’zining zaharliligi va yuqori korroziyali xususiyatiga ko’ra zararli aralashma
hisoblanadi; argon yer qa’rining ushbu uchastkasining tabiiy gazlar bilan boyiganlik
darajasini ko’rsatuvchi eng muhim kimyoviy indikator vazifasini o’taydi.
Yonuvchi gazlarning zichligi, siqiluvchanligi, issiqlik chiqarish qobiliyati hamda
ulardan sanoat miqyosida frydalanish imkoniyati ularni hosil qiluvchi uglevodorodlar
tarkibiga bog’liq.
Tabiiy gazlarga davlat standartlari (GOST) o’rnatilmagan, shuning uchun ularni
tavsiflaganda metan, og’ir uglevodorodlar, vodorod sulfidi, karbonat kislota, azot,
argon va geliy gazlarining miqdori (hajmiy foizlarda) ko’rsatilgan kimyoviy tarkibini
berish zarur. Shuningdek, gaz zichligi va uning issiqlik chiqarish qobiliyati ham
ko’rsatiladi. Tarkibida katta miqdorda og’ir uglevodorodlari bo’lgan 1m
3
gazda
mavjud bo’lgan benzin miqdori (grammda), gaz kondensati konlari uchun esa, 1m
3
gazdagi kondensat miqdori (grammda) haqidagi ma’lumotlarni ko’rsatish zarur. Neft
va gaz konlaridagi gazning sanoat ahamiyatiga molikligi ularning sanoat miqyosidagi
tavsifiga, konni ishlatishning iqtisodiy sharoitlariga bog’liq bo’lib O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan hamda «O’zbekneftgaz» MXK
tavsiyasiga binoan o’rnatiladi.
Gazning zichligining kamligi va harakatchanligining yuqoriligi uning qatlamda
o’ziga xos joylashishini belgilab, g’ovaklarning bo’sh qismini to’la egallashini
ta’minlaydi. Gazning bunday xususiyatlari u qatlamda suv bilan birga
harakatlanganida g’ovakli jinslarning eng yuqori qismlarini to’ldirish imkonini



419
beradi, shuning uchun gaz-suv tutash yuzasi, odatda gorizontal holatda bo’ladi.


SHuning uchun gaz uyumining chegarasi odatda uyum joylashgan struktura
izogipsiga to’g’ri keladi. Gazlar joylashishining bunday o’ziga xos xususiyati uyum
chegarasini (mahsuldor qatlam strukturasi ma’lum bo’lganda) va kam sonli quduqlar
burg’ilanganda gaz-suv tutash yuzasi holatini belgilashga imkon beradi. Gaz
uyumining chegaralari va gaz-suv tutash yuzasi holati haqida olingan ma’lumotlar
gaz uyumi hajmini hisoblashni osonlashtiradi.
Ko’pincha gaz uyumidagi gaz chekka yoki qatlam osti suvlarining u yoki bu
bosimi ostida bo’ladi. Lekin ko’pincha suv bosimi sust bo’ladi, bunday hollarda gaz
uyumini ishlatish jarayonida uning hajmi deyarli o’zgarmaydi. Suv faol bo’lishi ham
mumkin, shunga ko’ra gaz uyumini ishlatish jarayonida gazlilik chegarasining
(chekka suvlar mavjud bo’lganda) yoki gaz-suv tutash yuzasining (qatlam osti suvlari
mavjud bo’lganda) siljishi sodir bo’ladi.
Gaz uyumidagi bosim ko’pincha bosimli suvlarning tazyiqidan paydo bo’ladi va
uning miqdori shu bosim qiymati bilan aniqlanadi. Gaz qalpog’i chegarasida
joylashgan quduqdagi bosimni va gaz-suv tutash yuzasi chegarasidan tashqarida
joylashgan quduqdagi suv bosimini bilgan holda gaz-suv tutash yuzasi holatini (8.8)
formula yordamida osongina aniqlash mumkin.
Shunday qilib, neftdan farqli o’laroq, gaz uchun uning engilligi va tez
harakatchanligi tufayli nisbatan kam sonli kuzatuvlar yordamida zaxiralarni
hisoblash uchun zarur bo’lgan bir qator muhim ko’rsatkichlarni aniqlash mumkin.
Lekin geologik-izlov ishlari ma’lumotlari va dala kuzatuvlari bo’yicha gaz
konlari borligini oldindan aytib berishning hozircha iloji yo’q. Ishonchli ma’lumotlar
to’plangan ayrim hollarda gaz-neft koni borligini taxmin qilish mumkin, lekin gaz
koni mavjudligini ajratib ko’rsatish ehtimoldan uzoqdir. Agar gaz to’planishiga qulay
strukturalar avvalroq topilgan strukturalarga asoslanib baholanadigan bo’lsa, u holda
gazliligi belgilangan provintsiyalarda bir nechta gaz uyumlari mavjudligini taxmin
qilish mumkin.
Hattoki, gazning tabiiy holda yer yuzasiga chiqib turgan joylari mavjudligi ham
zaminda sanoat ahamiyatiga molik gaz koni borligini isbotlovchi aniq ma’lumot
vazifasini hardoim ham o’tay olmaydi. Ko’pgina hollarda gaz chiqib turgan bunday
joylar sanoat miqyosidagi uyumlar bilan bog’liq bo’lmagan gaz oqimlari siljiyotgan
qatlamlar bo’lishi mumkin. Lekin ular ko’pincha gaz-neft konlarining darakchilari
bo’lib xizmat qiladi.
Gosinklinal oblastlarda, ayniqsa kesimning yuqori intervallarida toza neft
uyumlari ko’p uchraydi; toza gaz uyumlari hamda neft-gaz uyumlari esa 1000-1500
m intervallarda namoyon bo’la boshlaydi. Toza gaz uyumlari ko’pincha 1500-2000
m intervallarda, gaz kondensati uyumlari esa 2500-3000 m intervallarda ko’proq
uchraydi.
Platforma oblastlarida esa boshqacha manzara kuzatiladi, chunonchi: kesimning
yuqori intervallarida gaz uyumlari ko’proq uchraydi; 1000-1500 m intervallardan
boshlab esa neft uyumlari ko’proq bo’lib, undan ham chuqurroqda gaz uyumlariga
nisbatan ularning soni yanada ortib ketadi. Gaz kondensati uyumlari ayrim hollarda



420
1000-1500 m intervalda paydo bo’ladi, 2000-2500 va 2500-3000 m chuqurlikda esa


ularning soni yanada ortadi. Masalan, O’zbekistondagi Ko’kdumaloq konida gaz
kondensati rif majmuasi (yuqori yura davri korbonat formatsiyasi) kesimida
an’anaviy XV-NR (rif usti, 2830-2930 m intervalda ochilgan), XV-P (rif, 2930-3070
m), XV-PR (rif osti,3110-3200 m) gorizontlarida ochilgan. Gaz kondensati uyumida
qatlam bosimi 57,3-56,2 MPa, temperatura 110
0
S. Qayd qilingan taxminiy
qonuniyatlar gaz uyumlarini izlashda muhim hisoblanadi.
Geologik va geofizik tadqiqotlar asosida istiqbolli uchastkalarni ajratish va
razvedka burg’ilashi uchun qulay strukturalarni belgilash mumkin; ular chuqurlikda
toza gaz, gaz kondensati yoki gaz-neft koni borligi haqidagi masalaga oydinlik
kiritishi mumkin.
Metodik jihatdan to’g’ri tashkil qilingan geologik s’yomka, geofizik tadqiqotlar
va burg’ilash ishlari bir-birini to’ldiradi va gaz konining geologik tuzilishini to’la va
aniq yoritishga, gaz va kondensat zaxiralarini hisoblash uchun gaz yoki gaz
kondensati uyumining kerakli tavsiflarini olishga imkon beradi.
Magistral gazuzatgich korxonalarini loyihalashda hisoblangan gaz zaxiralari
asos qilib olinadi, shu sababli ularni hisoblash yo’riqnomalar talablariga rioya qilgan
holda bajariladi.


Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə