Geologiyasi


 QUDUQLARNI BURG’ILASH JOYINI ANIQLASH, ULARNI



Yüklə 1,78 Mb.
səhifə2/273
tarix30.12.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#166846
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   273
Geologiyasi (1)

4.1. QUDUQLARNI BURG’ILASH JOYINI ANIQLASH, ULARNI 
QURISH VA BURG’ILASH UCHUN TAVSIYA ETISH 

Qaziladigan quduqlar o’rni geologik va texnik vazifalar mazmuniga va hal


qilinadigan masalalarning turiga qarab belgilanadi. Konda qaziladigan foydalanish,
haydash, chiqarish va boshqa turdagi quduqlarning joylashtirish tartibi o’quv
qo’llanmasining maxsus boblarida keltirilgan.
Quduqning qaziladigan o’rni belgilangandan so’ng geologiya xizmatidagi
xodimlar quyidagi ishlarni bajarishlari lozim:
1)topografiya xizmati xodimlariga quduqni xaritada belgilangan o’rnini quduq
qaziladigan yerga ko’chirishga ko’rsatma berish;
2) quduq burg’ilanadigan joy (nuqta)ni quduq qurishga tayyorlash;


3
3) quduqni burg’ilash uchun geologik-texnik naryad tuzishda qatnashish.


Konda yoki maydonda razvedka yoki foydalanish quduqlarini qazish avvaldan
tuzilgan reja asosida amalga oshiriladi. Quduqlarni maydonda joylashtirish loyihasi
geologik yoki struktura xaritasida ko’rsatiladi.
Quduqning burg’ilanadigan o’rni (nuqtasi)ni joyga o’tkazish ishlari topografiya-
geodeziya xizmati xodimlari tomonidan bajarilib, quduq og’zining o’rni va uning
mutlaq balandligi topiladi. Loyihalangan quduqni xaritadan joyga o’tkazish
burg’ilash ishlarini bajaruvchi tashkilot bosh geologining yozma ko’rsatmasiga
asosan amalga oshiriladi. Yozma ko’rsatmaga loyihalangan quduq tushirilgan
topografik xaritadan nusxa ko’chirib ilova qilinadi. Bu nusxada loyihalangan quduq
qizil rangda beriladi.
Loyihalangan quduqning joydagi o’rni (nuqtasi) belgi (temir quvur, qoziq) bilan
qayd qilinadi, uning yuqori qismiga loyihalangan quduq raqami va uning o’rnatilgan
muddati yoziladi. Loyihalangan qiya yo’naltirilgan quduq o’rni joyda uch stvorli
belgi (temir quvur, qoziq) bilan qayd qilinadi. Suv havzasida (akvatoriyada)
loyihalangan quduq o’rni suvga o’rnatilgan qalquvchi belgi (bo’y) bilan belgilanadi.
Loyihalashtirilgan quduqning joydagi o’rni dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Agar quduq o’rnini 5,0 m dan ko’proq masofaga ko’chirishga qaror qilinsa
dalolatnomada buning sababi ko’rsatiladi. Bunday hollarda yangi nuqta belgilanadi,
eskisi esa tugatiladi.
Burg’ilash boshlanishida quduq og’zining va rotor stolining, burg’ilash
nihoyasida esa shtangalar kolonnasi uchining koordinatalari va mutlaq balandliklari
yana bir bor qayta aniqlanadi. Burg’ilash minorasini o’rnatish uchun quduq o’rni
(nuqtasi)ni ish boshlanishidan ancha avvalroq tayyorlash va topshirish lozim.
Nuqtani topshirish korxonaning geologiya xizmati xodimlari tomonidan tuzilgan
maxsus dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə