Geologiyasi


 BURG’ QUDUQLARI KESIMINI GEOLOGIK VA GEOKIMYOVIY



Yüklə 1,78 Mb.
səhifə4/273
tarix30.12.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#166846
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   273
Geologiyasi (1)

4.3. BURG’ QUDUQLARI KESIMINI GEOLOGIK VA GEOKIMYOVIY 
METODLAR BILAN O’RGANISH 

Quduq kesimini o’rganish quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:


1)quduqda ochilgan tog’ jinslarining stratigrafik ketma-ketlikda joylashishini
o’rganish va uni tabaqalarga ajratish;
2) ochilgan jinslarning litologik tarkibini, hamda ayrim svita, gorizont, pachka
va qatlamlarning qalinligini aniqlash;
3) quduq kesimida neft yoki gazga to’yingan qatlamlarning bor-yo’qligini
belgilash, ularning qalinligi va joylashish chuqurligini aniqlash;
4) mahsuldor qatlamlarning kollektorlik xususiyatlarini aniqlash;
5) jins-kollektorlarning neft, gaz va suvga to’yinganlik darajasini o’rganish;
6) quduqni burg’ilash va sinash chog’ida neft, gaz va suvlardan olingan
namunalarning fizik-kimyoviy xususiyatlarini aniqlash;
7) ochilgan mahsuldor gorizontlarning konchilikka oid (debiti, bosimi va b.)
parametrlarini o’rganish.
Bizga ma’lumki, burg’ilash jarayonida ochilgan qatlamlarning belgilangan
intervallaridan kern olinadi, shu sababli ularning ayrim qismlaridagi jinslargina
batafsil o’rganiladi, kesimni to’la va mufassal o’rganish uchun esa turli metodlar
majmuasidan foydalaniladi. Ularga: kern olish, burg’ilangan jins zarralari (shlam)dan
namuna olish, quduq devoridan namuna olish va ularni o’rganish hamda mahsuldor
yoki mahsuldorligi taxmin qilinayotgan qatlamlarni sinash va b. kiradi. Qayd



5
qilingan bunday metodlardan tashqari quduq kesimini o’rganishning kon-geofizikasi


metodlari ham mavjud bo’lib, ular ochilgan tog’ jinslarining turli fizik xossalarini
aniqlashga asoslangan.
4.1-jadval
Namunali geologik-texnik naryad 
Maydon―
Quduq № ―
Quduq toifasi ―
Burg’ilashdan maqsad ―
Loyihaviy chuqurlik ―
Loyihaviy gorizont ―
Burg’ilash usuli ―
Burg’ilash boshlanishi ―
Burg’ilash tugashi ―
Burg’ilash tezligi ―
Burg’ilash qurilmasi―
Burg’ilash minorasi―
Lebyodka uzatmasi quvvati (kVt)―
Nasoslar (turi, soni) ―
Tasdiqlayman:
Boshqarma bosh
muhandisi
F.I.O.
«__»_________2010y
.
Boshqarma bosh
geologi
F.I.O.
«__»_________2010y
.
Burg’ilash quvuri
diametri, po’lat markasi
Burg’ilash oralig’i, m
Burg’ilash quvurlarini
mustahkamlikka sinash
va nuqsonini aniqlash
(chuqurlikda), m
Opressovka
bosimi, MPa



6





7
Burg’ilangan (yoki burg’ilanayotgan) quduqlar kesimida mahsuldor gorizontlar
yoki qatlamlarni ajratish, jinslar tarkibida uchraydigan bitumlar miqdori va sifatini
aniqlash maqsadida ko’p hollarda geokimyoviy metodlar (lyuminestsent ―
bituminologik tahlil)dan foydalaniladi. Ma’lumki, hozirgacha quduq kesimini
o’rganishda turli neft-gazli rayonlar va geologik sharoitlarga yaroqli metodlar
majmuasi ishlab chiqilmagan. SHu sababli, geologik va kon-geofizikasi
korxonalarining asosiy vazifasiga quduqlar burg’ilanayotgan maydonning geologik
tuzilishi to’g’risida batafsil ma’lumotlar bera oladigan metodlar majmuasini ishlab
chiqish kiradi.
Quduqni burg’ilash jarayonida kern olish va uni o’rganish. 
Burg’ilanayotgan
jinslarning tavsifi va ularning joylashish ketma-ketligi to’g’risidagi dalillarni jins
namunalarini quduq kesimi bo’ylab to’liq olingandagina to’plash mumkin. Lekin,
kesim bo’ylab jins namunalarini yalpi olish iqtisodiy jihatdan o’zini oqlamaydi, shu
sababli bu usuldan ayrim hollardagina maxsus qaziladigan quduqlarda foydalaniladi.

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə