Geologiyasi


 QUDUQLARNI BURG’ILASH LOYIHASINI GEOLOGIK



Yüklə 1,78 Mb.
səhifə3/273
tarix30.12.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#166846
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   273
Geologiyasi (1)

4.2. QUDUQLARNI BURG’ILASH LOYIHASINI GEOLOGIK 
ASOSLASH (GEOLOGIK-TEXNIK NARYAD TUZISH) 

Quduqlarni burg’ilashda avval korxonaning geologiya bo’limi va burg’ilovchi-


mutaxassislar tomonidan geologik-texnik naryad tuziladi. Naryad burg’ilash
brigadasining asosiy hujjati hisoblanib, ishchilar burg’ilash jarayonida unga amal
qiladilar. Shuning uchun burg’ilashni boshlamasdan oldin brigada a’zolari naryad
mazmuni va quduq oldiga qo’yilgan vazifalar bilan batafsil tanishishlari lozim.
Burg’ilash jarayonida geolog-neftchi olingan daliliy ma’lumotlar asosida naryadga
tuzatishlar kiritib boradi.
Naryadning geologiya qismida quduqning loyihaviy kesimi ustuni beriladi,
burg’ilash chog’ida ochilgan jinslarning kesimi bo’yicha olingan daliliy ma’lumotlar
ushbu ustun yonida yozib boriladi. Undan so’ng jinslarning kutilayotgan yotish
burchagi, quduq konstruktsiyasi, loyihalangan kon-geologiyasi va kon-geofizikasi
ishlari majmui (grunt, shlam va burg’ilash eritmasi namunalarini olish chuqurligi,
geofizik o’lchovlar majmui va ularni o’tkazish intervallari) yoziladi. Naryadda



4
jinslarning qattiqlik toifasi (juda qattiq, qattiq, o’rtacha, bo’sh va x.k.); turli


murakkabliklar kelib chiqishi mumkin bo’lgan chuqurliklar (otqinlar, ag’darilmalar,
suyuqlik yutilishi, shtangani qisib qolishlar va sh.k.); gaz-neftli ob’ektlarning
joylashishi; burg’ilash chog’ida qatlam sinagichi yordamida qatlamning yoki
mustahkamlash quvurlari birikmasining perforatsiyalash oralig’ini tekshirish;
teshiklar soni, asosiy suvli gorizontlarning tavsifi, kutilayotgan qatlam bosimi
ma’lumotlari va sh.k. ham yoziladi.
Naryadning texnika qismida geologik ma’lumotlarga asoslangan holda
quyidagilar ko’rsatiladi: dolotoning tipi va o’lchami; burg’ilash rejimi; burg’ilash
eritmasi sifati; suvni berkituvchi kolonnaning sinash metodi va sh.k. Qiya
yo’naltirilgan quduqlarni burg’ilashda geologik-texnik naryadda vertikal quduqlarni
burg’ilashdagiga qaraganda quduq tanasining burchagi va azimuti tez-tez (25-50 m
da) o’lchab turiladi. Burg’ilangan quduqlardan kolonkali doloto yordamida olingan
namunalar yuviladi, agar uning hajmi kichraygan bo’lsa, u holda zarur o’lchamdagi
namuna yonlama namunaolgichdan foydalanib qayta olinadi .
Quduq burg’ilashni nazorat qilayotgan geolog-neftchi geologik-texnik naryadda
qayd qilingan hamma tadqiqotlarning bajarilishini tekshirib borishi zarur.
Tuziladigan geologik-texnik naryad namunasi 4.1-jadvalda keltirilgan, unda qayd
etilgan ishlar turi quduqni burg’ilash texnologiyasi talablaridan kelib chiqqan holda
to’ldirilishi va o’zgartirilishi mumkin.

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə