Geologiyasi



Yüklə 1,78 Mb.
səhifə6/273
tarix30.12.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#166846
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   273
Geologiyasi (1)

Kern olinadigan intervallarni tanlash
asosan o’rganilayotgan geologik
muammoning mazmuniga bog’liq. Burg’ilanadigan quduqlar vazifasiga ko’ra
tayanch, parametrik, izlash, razvedka, baholash va ishlatish quduqlariga bo’linadi.
Tayanch quduqlari 
chuqur quduqlar bilan izlanishlar olib borilmagan
maydonlarda qaziladi. Ushbu quduqlardan olingan ma’lumotlar asosida yirik
struktura elementlarining geologik tuzilishi va gidrogeologik sharoiti, neft va gaz
to’planishiga qulay bo’lgan tog’ jinslari yotqiziqlari majmuasining tarqalish
qonuniyatlari, neft va gaz konlarini topish uchun bajariladigan geologik-qidiruv
ishlarining istiqbolli yo’nalishlarini tanlash mumkin bo’ladi. Tayanch quduqlari
devoridan kern uzluksiz olinadi.
Parametrik quduqlar
katta chuqurlikdagi jinslarning geologik tuzilishini
o’rganish, neft-gaz to’planishi mumkin bo’lgan rayonlar va istiqbolli uchastkalarni
aniqlash uchun burg’ilanadi. Bunday quduqlardan kern kesimning belgilangan
qismidan bir me’yorda olinadi, shuningdek, geologik tuzilishi va litologik tarkibi
keskin farqlanadigan intervallardan ham olinadi.
Geologiyasi kam o’rganilgan, neft-gazliligi sanoat miqyosida aniqlanmagan
yangi maydonlarda qaziladigan birinchi
izlash quduqlaridan 
kern qatlamni
qalinligidan 3,5%i olinadi, ikkinchi va uchinchi izlash quduqlarida ham shunday
bo’ladi. Kern asosan aniq bir stratigrafik va litologik chegaralangan yoki istiqbolli va
sanoat miqyosida neft-gazli intervallardan olinadi. Keyinchalik burg’ilanadigan
izlash va razvedka quduqlaridan kern faqat neft-gazli gorizontlardangina olinadi.
Neft-gazli rayonlardagi yangi maydonlarda qaziladigan ikkinchi va uchinchi
izlash quduqlaridan kern belgili va mahsuldor gorizontlardan, keyinchalik
qaziladigan izlash va razvedka quduqlarida esa faqat mahsuldor gorizontlardan olish
tavsiya etiladi.
Ishlatish boshlanayotgan yangi uyumlarda va uzoq muddat beri ishlanayotgan
neft konlarida jinslarning qay darajada neftga to’yinganligini aniqlash va qoldiq
zaxiralarni baholash maqsadida
baholash quduqlari 
qaziladi. Bunday quduqlarda
mahsuldor qatlamning qalinligi bo’yicha 12,5% uzluksiz kern olinadi.
Ishlatish quduqlaridan 
odatda kern olinmaydi. Faqat hamma burg’ilanayotgan
quduqlarning 10%dan neft va gazli qatlamlar ochilganda mahsuldor jinslarning
kollektorlik xususiyatlarini o’rganish maqsadida kolonkali doloto yordamida kern
olinadi.
Shuningdek, haydash quduqlari burg’ilanganda mahsuldor gorizontlarning
qalinligi bo’yicha kern olinadi. Qatlamning kollektorlik xususiyatlari haqidagi
ma’lumotlar haydash quduqlarini o’zlashtirish, parametrlarini aniqlash va suv
bostirish jarayonini boshqarishda yordam beradi.
Quduqlardan olingan kernning bir qismi laboratoriyalarga o’rganish va tahlil
qilish uchun yuboriladi, qolgan qismi kern omboriga saqlab quyish uchun
topshiriladi. Kern ombori hamma burg’ilash korxonalarida tashkil qilinib, u yerda



10
kern qidiruv ishlari tugaguncha saqlanadi, so’ngra markaziy kern omboriga


o’tkaziladi.
Kern omborida kern solingan yashiklar bilan maxsus yasalgan so’ri (tokcha)lar
ustiga taxlanadi, yashikka yopishtirilgan yorliqda konning nomi, quduq va uchastka
nomeri, namuna olingan interval va stratigrafik gorizont chuqurligi, namuna olingan
muddat, chiqarib olingan kern uzunligi va uni olish usuli ko’rsatiladi.
Tayanch va parametrik quduqlardan olingan kern omborda doimo saqlanadi.
Umumlashtirilgan yoki etalon(namuna) kesimni tuzishda foydalanilgan kern va
shlam namunalari ham doimo saqlanadi. Izlash va razvedka quduqlaridan olingan
kern kon zaxirasi Davlat Zaxira komissiyasi tasdig’idan o’tgunga qadar saqlanadi.
Juda ko’p (10 va undan ko’p) burg’ilangan quduqlardan olingan kernni saqlash
maqsadga muvofiq emas. Shu sababli ochilgan jins yotqiziqlarini to’la ifodalay
oladigan biron-bir quduq kerni etalon (namuna) sifatida olinib, doimo saqlashga
topshiriladi, qolganlari esa tashlab yuboriladi. Agar bir quduqdan olingan kern etalon
sifatida qoldirishga yaramasa, u holda bir necha quduqlardan kern olib, turli
yashiklarga taxlab saqlab qo’yiladi.
Kesimning etalon namunalaridan tashqari quyidagi namunalar olinadi va saqlab
qo’yiladi: 1) tayanch (belgili) gorizontlardan olingan namunalar; 2) ayrim stratigrafik
majmualar tutash yuzalarini tavsiflovchi namunalar; 3) tektonik buzilishlar va
transgressiv nomuvofiqlik zonalaridan olingan namunalar; 4) fauna (jonzotlar
qoldig’i) bor jinslarning namunalari; 5) neftlilik belgilari bo’lgan jins namunalari; 6)
yuqori va o’ta yuqori radioaktivlikka ega bo’lgan jins namunalari; 7) etalon kesimda
qayd qilinmagan fatsiyali biron-bir gorizontni ochgan quduqdan olingan kern va sh.k.
Saqlanadigan namunalarning uzunligi 0,15-0,20 m dan kam bo’lmasligi kerak.
YAngi kern materiali hamda shlam ko’paysa, ular kesimni yanada to’liqroq ifodalay
olsa, u holda dastlab olingan namunalar yangisi bilan almashtirilishi mumkin.
Olingan kernlarni yo’q qilish masalasi burg’ilash ishlarini bajaruvchi tashkilotning
ilmiy-texnik kengashi qaroriga asosan hal qilinadi va yuqori tashkilotning geologiya
bo’limi yoki bosh geologi tomonidan tasdiqlanadi. Har bir quduq bo’yicha kernning
yo’q qilinishi maxsus dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi va quduqning geologik
hujjati jurnaliga tikib qo’yiladi.


Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə