Geologiyasi


Jinslarning litologik tavsifi va ularning stratigrafik xususiyatlari



Yüklə 1,78 Mb.
səhifə8/273
tarix30.12.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#166846
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   273
Geologiyasi (1)

Jinslarning litologik tavsifi va ularning stratigrafik xususiyatlari.
Jinslarning litologik tarkibi uning tashqi yuzasidan ― sirtidan kuzatib aniqlanadi
va quyidagi ma’lumotlar yoziladi:
a) gil jinslar uchun ― rangi, qatlanishi, qumliligi, zichligi, yopishqoqligi,
yog’liligi, karbonatliligi va sh.k.;
b) qum va qumtoshlar uchun ― donadorligi, bir xil tarkibliligi, zarralarning
silliqlanganligi,
zarralar
tarkibi,
zarralarning
sementlanganligi
yoki
sementlanmaganligi va ularning tavsifi, boshqa jins zarralarining aralashganligi,
gilliligi, karbonatliligi va sh.k. Qumlarning makroskopik donadorligi ko’z bilan
chamalab, panjalar bilan maydalab aniqlanadi. Mayin zarrali qumlar ezilganda ayrim
zarrachalar qo’lga ilashadi, lekin ularni ko’z bilan farqlab bo’lmaydi. Yirik zarrali
qumlarda ayrim zarrachalarni ko’z bilan farqlash mumkin.
v) karbonat jinslar uchun ― tarkibi; ohaktoshlar, dolomitlar, mergellar salmog’i
ularning tashqi belgilariga hamda suyultirilgan xlorid kislota tomizilganda karbonat
gazi ajralib chiqishi hisobiga jinsni «qaynashi»ga qarab aniqlanadi. Bunday reaktsiya
paytida ohaktoshlar kuchli, dolomitlar kukuni esa kuchsiz «qaynaydi».
Jinslar qatlanib yotsa ularning qatlanish yo’siniga, qalinligiga, mahsuldor
gorizontlar o’rganilayotganda qumli qatlamlarning qalinligiga e’tibor beriladi.
Jinslarning stratigrafik tavsifi konning u yoki bu stratigrafik gorizontiga xos asosiy
faunalariga yoki tashqi belgilariga ko’ra bayon qilinadi. Agarda qayd qilingan tashqi
belgilar
uchramasa,
u
holda
laboratoriyada
aniqlangan
mikrofaunalar
ma’lumotlaridan foydalaniladi.
Jinslarning kollektorlik xususiyatlari.

Mahsuldor qatlamlarning kollektorlik


xususiyatlari (g’ovakliligi, o’tkazuvchanligi) laboratoriyada kern namunalaridan
aniqlanadi. Bunday namunalar uchun alohida yorliqlar tuziladi. Namunalar soni
mahsuldor qatlam, gorizont, svitalarning qalinligiga va litologik tarkibiga (qumtosh,
gilli qumtosh, ohaktosh va sh.k.) mutanosib holda olinadi. Mahsuldor qatlam kesimi
bir xil tarkibli jinslardan tarkib topgan bo’lsa, namunalar bir me’yorda olinadi.
Agarda mahsuldor gorizont keskin farqlanuvchi har xil tarkibli jinslardan tuzilgan
bo’lsa, uning kollektorlik xususiyati ushbu gorizontni tuzuvchi har bir qatdan olingan
kern bo’yicha aniqlanadi.

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə