Geologiyasi


-rasm. Quduq tanasining qiyshayishi



Yüklə 1,78 Mb.
səhifə9/273
tarix30.12.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#166846
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   273
Geologiyasi (1)

4.1-rasm. Quduq tanasining qiyshayishi
(M.A.Jdanov, 1981):



13
a – qatlarning yuqoriga ko’tarilishi bo’yisha (



); b – qatlarning pasayishi bo’yisha
(

);

- quduqning qiyshayish burshagi;

- jinslarning haqiqiy yotish burshagi;

-
jinslarning kerndagi yotish burshagi
Jinslarning strukturaviy xususiyatlari va joylashish sharoitlari.
Katta
chuqurlikdagi tog’ jinslarining yotish holati kerndagi jinslarining yotish burchagini
o’lchash va namunaning strukturaviy xususiyatini o’rganish orqali aniqlanadi.
Kerndagi jinslarning yotish burchagi tog’ kompasi bilan o’lchanadi, buning uchun
jins qatlanish tekisligi bo’yicha sindiriladi. Yotish burchagini o’lchashda kern
vertikal holda ushlanadi. Agar jinsni sindirib bo’lmasa yotish burchagi turli tarkibli
jinslarning qatlanishi bo’yicha o’lchanadi.
Kaltsit, gips va shu kabi jinslarning brekchiyasimon tuzilishi, ularda sirg’alish
yuzasi hamda tomir va yertomirchalarning bo’lishi jinslarning mo’’tadil yotishini
tektonik harakatlar ta’sirida buzilishidan darak beradi. SHunga ko’ra kesimning
kichik bir oralig’ida jinslarning yotish burchagi tez o’zgaruvchan bo’ladi.
Tektonik buzilishlar zonasida quduq qazilayotganda burg’ilash eritmasining
yutilishi, o’z navbatida eritma aylanishining buzilishi va yo’qolishi hamda quduq
devorida ag’darilishlar sodir bo’lishi kuzatiladi.
Jinslarning yotish sharoitini o’rganishda quduq tanasining qiyshayishini hisobga
olish zarur. Masalan, qatlamning yuqoriga ko’tarilish yo’nalishi bo’yicha qiyshaygan
quduqdan olingan kernda o’lchangan yotish burchagi haqiqiysidan doimo kam
bo’ladi (4.1-rasm, a). Bunday hollarda jinslarning haqiqiy yotish burchagi (

)
qiymati kernda o’lchangan yotish burchagi (

) plyus quduqning qiyshayish burchagi
(

) yig’indisiga teng bo’ladi. Agar quduq qatlamlarning pasayishi bo’yicha
qiyshaygan bo’lsa, kernda o’lchangan yotish burchagi qiymati haqiqiysidan
quduqning qiyshayish burchagi qiymatiga katta bo’ladi (4.1-rasm, b).
Lekin, juda qiya yotuvchi qatlamlarda yuqorida qayd qilingan qonuniyat
kuzatilmasligi mumkin. Bunday hollarda kerndagi jinslarning o’lchangan yotish
burchagi qiymati qatlam usti bilan quduq tanasi yo’nalishining tutashgan joyidagi
burchak qiymatiga bog’liq bo’ladi.
Kernni o’rganish natijalari jinslarni tavsiflash jurnaliga quyidagi tartibda
yoziladi: a) asosiy jinslar tavsifi - gil, qum, qumtosh, ohaktosh va sh.k.; b) interval
jinslar tavsifi - qumli gil, gilli qum, dolomitlashgan ohaktosh va sh.k.; v) turli tarkibli
jinslar tavsifi - gil bilan qatlangan qum, qumtosh bilan qatlangan gil va sh.k.
Kernni shu tartibda tavsiflash bilan bir qatorda jinslarning rangi, strukturasi,
qattiqligi, zichligi va sh.k. belgilari mufassal yoziladi. Masalan, qum ― kulrang,
mayda zarrali, gilli, glaukonit zarralariga boy; qumtosh ― to’q kulrang, o’rtacha
zarrali, ohakli, qo’ng’ir rangli, yupqa gil qatlari bilan qavatlangan va sh.k.
Kern tavsifi to’liq, mukammal va metodik jihatdan standartga muvofiq kelishi
lozim, bu o’z navbatida kesim (litologik kolonka) hamda jinslarning shartli
belgilarini tuzish, quduqlar kesimini solishtirish va ulardan foydalanishni
engillashtiradi.



14
Quduq kesimini o’rganishda qo’shimcha yoki yordamchi metodlardan ham


foydalanish mumkin. Bunday hollarda olingan natijalarning ishonchliligi va
standartga qanchalik javob bera olishi tekshiriladi. Bunday metodlardan foydalanish
quduqdan kern olinmaganda, bajarilgan geofizik tadqiqotlar natijasida olingan
ma’lumotlar etarli bo’lmaganda katta ahamiyatga ega.

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə