Geologiyasi


 Belgili qatlamlarni, shlamni o’rganish va jinslarning granulometrik



Yüklə 1,78 Mb.
səhifə10/273
tarix30.12.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#166846
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   273
Geologiyasi (1)

4.3.2. Belgili qatlamlarni, shlamni o’rganish va jinslarning granulometrik 
tahlili 

Belgili qatlamlarni o’rganish.
Neft konlari kesimida ko’pincha belgili
qatlamlar uchraydi, burg’ilash chog’ida ularning joylashishini aniqlash geolog-
neftchining quduq kesimini kuzatib borishini osonlashtiradi. Masalan, Baku rayonida
akchagil yarusining pastki qismida vulkan kullari qati, G’arbiy Ukrainadagi konlarda
miotsen davri yotqiziqlarining tagida tuffit jinslari qati, Starogroznensk rayonida
quyi sarmat yarusidagi mergellar qati, O’zbekistonning Farg’ona neft-gaz regionida
paleogen davrining Turkiston qati ohaktoshlari, Surxondaryo neft-gaz regionida
paleogen davrining Buxoro qati ohaktoshlari, Buxoro-Xiva neft-gaz regionida o’rta
yura davrining terrigen yotqiziqlari, Ustyurt neft-gaz regionida yuqori yura
davrining karbonat jinslari qati va boshqalar
belgili
gorizont hisoblanadi.
Belgili qatlamlarning joylashish o’rnini aniqlash mahalliy ahamiyatga ega, lekin
ayrim hollarda regional ahamiyat kasb etishi ham mumkin (masalan,
O’zbekistonning platforma va orogen qismlaridagi neft-gazli regionalarini
o’rganishda).
Quduqlarni burg’ilash jarayonida olingan kern bo’yicha (yoki karotaj
diagrammasini izohlashda) belgili (qaytaruvchi) gorizont aniqlanishi zarur. Uning
quduq kesimidagi o’rnini aniqlash orqali kesimni to’laligicha yoki ayrim
intervallarini tasavvur etish va ayrim gorizontlarning o’rnini belgilash mumkin
bo’ladi. Qayd qilingan metoddan foydalanish quduq kesimini o’rganishda katta
yordam beradi.
Shlamni o’rganish.
Aylanma burg’ilashda maydalanayotgan jins zarralari va
parchalari (shlam) gil eritma oqimi yordamida yer yuzasiga chiqariladi. Ushbu
zarralar va parchalarni o’rganish orqali burg’ilanayotgan jinslar xususiyatini aniqlash
mumkin. SHu sababli bunday «parchalar metodi» 1931 yildan amaliyotda qo’llanila
boshladi.
Shlam olinadigan intervallar quduq kesimini o’rganish darajasiga qarab
belgilanadi. Kesimni mufassal o’rganish lozim bo’lganda kern uzluksiz olinadigan
intervallardan shlam namunalari har 5 m intervaldan, kern olinmaydigan
intervallardan esa shlam har 1-2 m dan olinadi. Shlamni olishda maxsus yashik
tayyorlanib, uning yuqorisiga diametri 1 mm dan 10 mm gacha bo’lgan elaklar
o’rnatiladi. Quduqdan chiqayotgan gil eritma yashik orqali o’tkaziladi. SHlam olish
jarayonida elaklar teshigini yopilib qolishdan asrash uchun burg’ilash eritmasiga suv
qo’shiladi. Shlam olish uchun yashik orqali 50 l burg’ilash eritmasi o’tkaziladi.



15
Elaklar ustida qolgan jins zarralari va parchalari suv bilan yuvib tozalanadi,


quritiladi, qog’oz xalta yoki probirkaga solinadi, yorliq yopishtiriladi.


Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə